Germaniya davlatchilik taraqqiyotining asosiy bosqichlari


Vena kongressi va German ittifoqining tashkil topishi


Download 89 Kb.
bet2/8
Sana29.01.2023
Hajmi89 Kb.
#1138385
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
joni

Vena kongressi va German ittifoqining tashkil topishi. Fransiyaning mag‘lubiyatidan so‘ng 1814-yilda chaqirilgan Vena kongressi Germaniyaning parchalanib ketishini oldini olib, German ittifoqini tuzish borasida bir qator qarorlar qabul qiladi.
Yangi tuzilgan German ittifoqi (Muqaddas ittifoq) a’zoligiga nemis davlatlari va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismi kiradi.
Ittifoq 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shahar (Gamburg, Berman, Lyubek va Frankfurt-Mayn) dan tashkil topgan. Biroq, kongress barcha nemis davlatchiligini qaytadan tiklay olmaydi. G‘arbiy German o‘lkalarida fransuz burjua tartiblarining ta’siri va Napoleon kodeksi saqlanib qolgan.
Ittifoqda mustahkam o‘zaro aloqa, yagona tartib bo‘lmagan. Uning oliy organi «Ittifoq seymi» (Bundestag) deb atalgan. U hamma ittifoq a’zolarini birlashtirgan holda nemis podsholari vakillarining kengashi hisoblangan. Seym qarorlari suveren podsholar tan olgan taqdirdagina majburiy hisoblanadi.
Ittifoq kuchsiz konfedratsiyani eslatgan. Uni hududiy jihatdan kichik davlatlardan iborat shimoliy va yirik davlatlardan iborat janubiy Germaniyaga ajratish mumkin. Ittifoqda Avstriya hukumati yuqori mavqega ega bo‘lgan. Uning vakili ittifoqning doimiy vakili, elchixonasi binosi majlislar joyi bo‘lgan.
O‘z ahamiyati bo‘yicha Prussiya qirolligi ikkinchi o‘rinda turgan. U hududi, ichki tuzilishi, e’tiqodi, xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p sonli sharqiy va g‘arbiy provinsiyalarga bo‘lingan bo‘lib, mustahkam bo‘lmagan. Prussiya qiroli Fridrix-Vilgelm III provinsiyalar boshqaruvi bo‘yicha maslahat xarakteridagi toifa landtaglarini ta’sis etgan.
Sharqiy provinsiyalarda votchina yurisdiksiyasi yunkerlar qo‘lida edi. Bosib olingan polyak yerlari (Poznan va Sileziya) nemislashtirilib, zemstvo huquqi joriy etiladi. G‘arbiy yerlar, ya’ni uzoq vaqt fransuzlar tomonidan idora qilingan yangi provinsiyalar Reyn va Vestfaliyada krepostnoy qaramlikdan tugatilgan. Fransuz burjua tartiblari, demokratik qoidalar amal qilgan. Bu yerda g‘arbda amal qiluvchi pomeshchik yurisdiksiyasi allaqachon tugab ketgan.
Ittifoq shimoliy Germaniyasidagi mayda davlatlarning ko‘pchiligida (Meklenburg, Oldenburg, Braunshveyg, Gessen-Kassel) 1815 yildan keyin feodal tuzum mustahkamlangan. Tyuringiya gersogliklari (SaksenVeymar va Saksen-Meyningen)da yangi konstitutsiyaviy tartiblar joriy qilingan.
Janubiy Germaniyadagi 4 ta davlat (Bavariya, Vyurtenberg, Baden, Gessen-Darmshtadt)da Fransiya ta’sirida mahalliy burjuaziyaning talablariga muvofiq konservativ xarakterdagi konstitutsiyalar qabul qilinadi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling