Germaniya davlati va huquqi


Download 205 Kb.
bet12/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

Shahar huquqi
Sakson zertsalosi» ko`pgina german o`lkalari va shaharlarida tan olingan va 1900 yilga qadar o`z kuchini yo`qotmagan.
Yuqori darajadagi bir xillik germanlarning shahar huquqida vujudga kelgan. Bu yerda huquq bir qancha yetuk shaharlarning huquqidan o`zlash-tirib olingan edi. Masalan, Magdeburg qonunlari 80 dan ortiq shaharlarda, Frankfurt qonunlari 49 ta, Lubek qonunlari 43 ta, Myunxen qonunlari 13 ta shaharlarda amalda bo`lgan. Germaniyada shahar huquqining ikki asosiy «Oilasi» - lyubek huquqi va magdeburg huquqi tashkil topgan. Lubek huquqi Shimoliy shaharlarga va Boltiq bo`yi mintaqalariga, jumladan Novgorod va Tallinga tarqatilgan va Tamza ittifoqi doirasida hal qiluvchi, belgilovchi ahamiyatga ega bo`lgan. Magdeburg shahar huquqi ancha keng hududlarda - sharqiy o`lkalarda, shuningdek, Sharqiy Saksoniyada, Brandenburgda, Polshaning alohida viloyatlarida harakatda bo`lgan.
Magdeburg shahar huquqining 1261 yilda Breslauga jo`natilgan 63 ta moddasi va Gerlitsga 1304 yilda yuborilgan 140 ta moddasi ancha mashhur edi. XIV asrda muayyan tizimga solingan magdeburg-breslau huquqining 500 ta moddadan iborat 5 ta kitobi nashr qilingan. Birinchi kitob shahar sudyalariga bag`ishlanib, unda sudyalarning mansabga o`tirish tartibi, vakolatlari, huquq va majburiyatlari belgilangan. Ikkinchi kitob sud ishlarini yuritish masalalarini o`z ichiga olgan. Uchinchi kitob turli da`volarga taalluqli bo`lgan, to`rtinchi kitob oila va meros huquqiga, beshinchisi - boshqa kitoblarda nazarda tutilmagan turli masalalarni hal etishga bag`ishlangan.
Shahar huquqi doirasidan asta-sekin huquqning yanada umumiyroq tizimi - savdo huquqi, yoki «savdogarlar huquqi» ajralib chiqib, dastlabki vaqtlardanoq milliy xarakter kasb etgan. XIII asrdagi Lubek, Brigga shaharlarining, Ganza ittifoqi ishtirokchilari bo`lgan boshqa bir qator german shaharlarining statutlarida savdo huquqining bir qancha normalari mavjud edi. Boltiq bo`yining barcha mamlakatlarida XIV asrning o`rta-lariga mansub Visbi qonunlari juda katta nufuzga ega bo`lgan. Unda dengizda yuk tashish va dengiz savdosi masalalari tartibga solingan. Bu port shaharda german, shved, latviyalik va novgorodlik savdogarlar o`z assotsiatsiyalariga ega bo`lishgan, biroq Visbi huquqining rivojlanishiga hammadan avval Gamburg va Lubek shahar statutlari ko`proq ta`sir o`tkazgan.
German imperiyasining shimoliy-italyan o`lkalarida ham shahar hu-quqi ancha rivojlangan. Bu yerda Lombard ligasi deb atalgan uyushmaga birlashgan shahar kommunalari tashkil topgan edi. Unga Verona, Venetsiya, Bergamo, Milsi, Parma, Bolonya va boshqalar kirardi. Aynan shu yerda birinchi marta savdo odatlari muayyan bir tizimga solingan (1216 yilgi Milanning «Odatlar kitobi») va turli xil (dengiz, yarmarkaga oid va h.k.) dengiz sudlarining qarorlarini yozish amalga oshirilgan.
Germaniya savdo huquqining muhim manbalaridan biri xalqaro shartnomalardir. Bunday shartnomalar boshqa shaharlar bilan, ularning ittifoqlari bilan va hatto xorijiy monarxlar bilan ham tuzilishi mumkin edi. Ularda savdo ishlarini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar ta`minlanishi haqida kelishib olinardi. Masalan, Kyoln shaharlari bilan ingliz qiroli Genrix II o`rtasida xuddi shunday shartnoma tuzilganligi ma`lum. Unga binoan, qirol Kyoln savdogarlariga Angliyada savdo ishlari bilan shug`ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni va`da qilgan edi.
XIV-XVI asrlarda Germaniyada ma`lum darajada huquqiy birlikning o`rnatilishiga rim huquqining o`zlashtirib olinishi ko`maklasha boshlagan. XV asrning oxirida davr talabi bilan qayta ishlangan Yustinian Digestalari 1495 yilda tavsiya etilgan Oliy imperiya sudi uchun asosiy huquqiy manba sifatida tan olingan. XVI asrda rim pandekt huquqi butun imperiya doirasida asosiy huquq manbai bo`lib qolgan va 1900 yilgi Germaniya fuqarolik qonunnomasining qabul qilinishiga qadar Germaniyaning «umumiy huquqi» sifatida harakatda bo`lgan.
1
Karolina”
532 yilda Karl V ning jinoiy va jinoiy-protsessual qonunlari to`plami - «Karolina»ning nashr qilinishi jinoyat huquqining umumgerman prinsipini yaratishga muhim hissa bo`lib qo`shilgan. Umum imperiya qonuni sifatida chiqarilgan «Karolina» imperiya huquqini barcha o`lkalar huquqidan ustunligini, «joylardagi va o`lkalardagi» jinoiy sud ishlarini yuritishda «o`ylamasdan qilingan va yomon» odatlarini bekor qilinishini e`lon qilgan. Shu bilan birga u kurfyurstlar, knyazlar va tabaqalar uchun ularning «azaliy va adolatli odatlari»ning saqlanib qolishiga yo`l qo`ygan. Biroq qonunnoma knyazlikning yuqori tabaqalari siyosiy manfaatlariga to`la mos kelganligi, shuningdek, jinoyat huquqi va protsessining o`z davri talablariga javob berganligi sababli barcha o`lkalarda huquq manbai sifatida umumiy tan olingan. «Karolina» asosida umumgerman jinoyat huquqi tashkil topgan.

German huquqining bunday birxillashtirilishi jarayoniga qaramay, «umumgerman huquqi» normalari asosan tavsiya etuvchi (maslahat beruv-chi) xarakterga ega bo`lgan va ularning german o`lkalarida «tan olinishi» darajasiga bog`liq bo`lgan. Huquqiy tizimlar ko`proq alohida hududlar - Germaniya davlatlari bo`yicha shakllangan.
XIII asrdan Germaniya davlatlarida knyazlik qonunchiligi jadal rivojlana boshladi, odat huquqidan foydalanish cheklanib bordi. Knyazlik-larning qonunlarida jinoyat huquqi, meros va savdo huquqiga oid yangi normalar belgilandi. Bunday huquqiy normalar barcha erkin kishilarga qo`llaniladigan bo`ldi. Knyazliklar xususiy huquqiy tizimlarining rasmiy-lashishi jarayoni XVII-XVIII asrlarda, ya`ni «knyazlik absolutizmi»ning o`rnatilishi davrida mahalliy huquqning kodifikatsiya qilinishi bilan bog`liq bo`lgan. Masalan, XVIII asrning o`rtasida Bovariyada Fuqarolik kodeksi va jinoyat qonunnomasi qabul qilingan. Avstriyada 1768 yilda jinoyat qonunnomasi - «Tereziana» chiqarilgan, 1787 yilda esa shu yerda yangi jinoyat qonunnomasi qabul qilingan.
Ayniqsa, 1784 yilda chiqarilgan Prussiya umumdavlat qonunnomasi juda mashhur bo`lgan. Uning manbalarini «Sakson zertsolasi», rim huquqi, Magdeburg va Lubek huquqi, Berlin oliy sudining amaliyoti tashkil etgan. Qonunnoma ikki qismdan iborat bo`lgan. Birinchi qism fuqarolik huquqi-ga bag`ishlangan. Ikkinchi qismda asosan davlat huquqi va jinoyat huquqi normalari, shuningdek tabaqalarning huquqiy holati haqidagi, maktab va cherkovlar haqidagi normalar belgilangan. Ushbu «kodeks» «ma`rifatli absolutizm» ning hurmatini bajo keltirish sifatida mulkchilikning hozirgi zamon nuqtai nazaridan talqin qilishning ba`zi elementlarini va inson «tabiiy huquq» larining ayrim ko`rinishlarini o`zida aks ettirgan. Biroq pruss huquqida amalda boshqacha prinsiplar, jumladan, pruss qirolining cheklanmagan hokimiyati, ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini hech zaruriyatsiz tartibga solish, krepostnoy dehqonlarning huquqsizligi va dvoryanlarning imtiyozli holati kabi prinsiplar ustun turgan. Kodeks axloqiy qoidalarining serobligi, yuridik talqinlarining noaniqligi va kaltak bilan urush singari eskirib qolgan jazo choralari bilan ajralib turgan.
Y

Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling