Germaniya davlati va huquqi


Download 205 Kb.
bet10/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

Prussiya armiyasi o`sha vaqtda Yevropadagi eng ko`p sonli va intizomli edi. Fridrix II (1740-1786 yillar) davrida Prussiya armiyasi (186 ming soldat) Yevropada birinchi o`rinni olishga da`vo qildi, bu armiyani boqish uchun 13 million taler46, ya`ni butun davlat daromadlaridan uchdan ikki qismi ketib turdi.
Ko`ngildagidek dvoryanlar davlatida, - deb ta`kidlagan edi Fridrix II o`zining «siyosiy vasiyati»da, - hukumat shunday siyosiy tuzumni tutmo-g`i kerakki, unda hamma tadbirlar oldindan yaxshi o`ylangan bo`lishi hamda moliya, siyosat va harbiy ish o`sha bitta maqsadga - davlatni mus-tahkamlash va uning kuch-qudratini oshirishga qaratilgan bo`lishi lozim.
X
Avstriya
VIII asrda G`arbiy Yevropada Volter, Russo, Didro, Monteske va boshqalarning asarlarida asoslab berilgan ma`rifatparvar-faylasuflar eski ijtimoiy va davlat tuzumlarini sindirib tashlash zarurligini asoslab bergan edilar. Ma`rifatparvarlik ruhi-dagi adabiyotlar ta`siri ostida qator davlatlarning hukmdorlari o`z ijtimoiy va davlat tuzumlarini qisman yangilash maqsadlarida ba`zi islohotlar o`tkazdilar. Ma`rifatparvarlik g`oyalarining yoyilishi absolutizm davriga to`g`ri kelgan edi. Monarxlarning cheklanmagan hokimiyati bilan ma`rifat-parvar-faylasuflar tomonidan tavsiya qilingan ba`zi islohotlarni amalga oshirishga intilishlarining qo`shilib ketishi «ma`rifatli absolutizm» siyosati nomini olgan edi. Avstriya monarxlari tomonidan olib borilgan siyosat ana shunday «ma`rifatli absolutizm» siyosatining yorqin namunasi bo`ldi.

Knyaz Ventsel Anton Kaunits 1753 yildan boshlab kanslerlik lavozimida ishlab, Avstriyaning atoqli diplomati, degan nom bilan shuhrat qozondi va «ma`rifatli absolutizm» ruhida o`tkaziladigan islohotlar tarafdori bo`ldi.
Ma`rifatli absolutizm deb atalmish idora usuli XVIII asrda Yevropadagi, ayniqsa Yevropaning sharqidagi qoloq davlatlar uchun xos bir narsa edi. Bu nom shundan kelib chiqqan ediki, bu monarxiyalarning podsholari o`z islohotchilik faoliyatida fransuz burjua «ma`rifatchilari» tomonidan ilgari surilgan ba`zi g`oyalardan foydalangan edilar. Biroq bu monarxiyalarda mazkur g`oyalar xizmat qilgan maqsadlar fransuz ma`ri-fatli mafkurasining progressiv tomonlariga mutlaqo qarama-qarshi edi. Haqiqatda feodal monarxlar «ma`rifatchilar» mafkurasining konservativ tomonidangina mo``tadil burjuaziyaning (dehqon-plebeylar revolutsiya-sidan qo`rqib) «ma`rifatli» qirollarga ishonishidangina foydalandilar. Sharqiy Yevropadagi qoloq davlatlarda «ma`rifatchilik» mafkurasi absolut monarxiyani mustahkamlash vositasi bo`lib xizmat qildi, xususan kelib chiqishi juda murakkab va o`zi ko`p millatli bo`lgan Avstriya kabi monarxiya o`lkalari va viloyatlarining partikulyarizmiga asos bo`lgan mahalliy, toifaviy va korporativ imtiyozlarga qarshi kurash vositasi bo`lib xizmat qildi.
Absolut monarxlar o`rta asrlarda vujudga kelgan katoliklar cherkovi kabi muassasani ham davlatga bo`ysundirdi. Dinni davlatning quroliga aylantirishga qaratilgan bu intilishni absolut monarxlar «ma`rifatchilar»dan olingan diniy skeptitsizm bilan va hatto dinni to`g`ridan-to`g`ri mazax qilish bilan xaspo`shladi. XVIII asrda o`tgan yuqori martabali «erkin fikr yurituvchilar» dinni avom xalqdagi nodonlik va xurofotning namoyon bo`lishi deb bilar edi. Ammo, ular ma`rifatchilik bilan har qancha «erkin fikr yuritishlari»ga qaramay, dinga xalqni itoatgo`ylikda saqlash ishiga naf yetkazadigan narsa sifatida qarar edilar.
Shu bilan bir vaqtda «ma`rifatli» monarxlar kapitalistik xo`jalik rivojini rag`batlantirish, sexlarning o`rta asrlardan qolgan ba`zi imtiyozlarini bekor qilish yo`li bilan burjua oppozitsiyasining kuchini qirqib qo`ygan edilar. O`z-o`zidan ma`lumki, ular banday qilish bilan o`z daromadlarini ko`paytirishga intilgan edilar. Ular Avstriyada savdo-sotiq ishlarining va manufakturaning rivojini rag`batlantirdilar, hatto ba`zan dehqonlarni shaxsiy qaramlikdan ozod qildilar (kapitalistik sanoat uchun erkin ishchilar kerak edi), maktab va universitetlar ochib, o`zlarini fan bilan san`at homiylari deb e`lon qildilar. Ikkinchi tomondan, «ma`rifatli absolutizm» islohotlarining o`tkazilishiga ba`zan dehqonlar harakatining yuksalib, dahshat solishi sabab bo`ldi.
Avstriyada ayniqsa Iosif II faoliyati «ma`rifatli absolutizm»ning yaqqol namunasidir.
Avstriya ko`p millatli davlat edi. Bu yerda XVIII asrda kuchayib borayotgan Prussiyadan farqli o`laroq, murakkab vaziyat vujudga kel-gandi. Bu asosan toj-taxt uchun kurash bilan bog`liq bo`ldi. Karl VI o`limidan so`ng taxtga yagona voris Mariya-Tereziya edi. Lekin german qonunlariga binoan ayol kishi taxt vorisi bo`lolmasdi. Shu sababli Mariya-Tereziya Avstriya hukmdori bo`lib olgach, o`z islohotlarini avvalo harbiy sohaga qaratdi. Rekrut olish usullari keskin suratda o`zgardi, oqibatda armiyadagi oddiy askarlar tarkibi ham o`zgardi. Ilgarigi vaqtlarda keng rasm bo`lgan rekrut olish tizimi o`rniga harbiy okruglar bo`yicha alohida («konskriptsion») ro`yxatlar asosida quyi darajali rekrutlar olish joriy etildi. Dvoryanlar, ruhoniylar, amaldorlar, hatto badavlat byurgerlar ham rekrutlik majburiyatidan ozod qilindi. Harbiy xizmatning butun og`irligi kambag`al dehqonlar, manufaktura ishchilari, hunarmandlar ustiga tushdi. Rekrutlarning aksar qismi, elementar harbiy ta`lim olganidan keyin hukumatga ortiqcha tashvish tug`dirmasin deb, muddatsiz ta`til berilib, uyiga jo`natilar edi; ular chaqirilishi bilanoq harbiy qismga yetib borishlari kerak edi. «Muddatsiz ta`tildagilar»ning butun umri harbiy xizmatga chaqirilish xavfi ostida o`tar edi.
Bu konskripsion tizimdan hamma norozi edi: undan pomeshchiklar ham (ular xizmatkorlaridan ayrilib qolmoqda va hovli-joylariga zo`rlik bilan askarlar joylashtirilishi natijasida musibat tortmoqda edi), shahar magistratlari ham (armiya tuzish va uning ta`minoti uchun qilinadigan xarajatlar shu magistratlar ustiga tushayotgan edi) norozi edi.
Avstriya hukumati, shu yo`sinda Prussiyaga qarshi kurashni davom ettirishga tayyorgarlik ko`rayotib, 1749 yilda armiyani Prussiya armiyasi taxlitida qayta tashkil qilishga kirishdi; askarlar soni ko`paytirilib, avval 108 mingga yetkazildi, 80-yillarda esa 278 mingga yetkazildi. Ofitserlarni ishga tayinlashda ularning ijtimoiy kelib chiqishiga kam e`tibor berib, ko`rsatgan xizmatiga ko`p e`tibor beriladigan bo`ldi. Dvoryan va byurger-lardan ko`plab generallar yetishib chiqdi. Ofitserlardan polk ishlariga doimiy ko`z-quloq bo`lib turish, rekrutlar bilan kundalik mashg`ulotlar o`tkazish va hokazolar talab qilindi. Ofitser kadrlar tayyorlash uchun harbiy akademiya tashkil etildi.
Dehqonlar qo`zg`olonining kuchayib borishidan cho`chigan Avstriya hukumati XVIII asrning boshlarida bir necha farmon chiqarib, bu farmonlarda pomeshchiklarning dehqonlarga nisbatan qilib kelayotgan beboshligini cheklashga urindi, biroq bu farmonlar qog`ozdagina qolib, mutlaqo amalga oshmadi. Lekin Yetti yillik urushdan keyin yana katta qo`zg`olonlar ko`tarildi. Natijada 1771 yil 6 iyulda va 1775 yil 13 avgustda dehqonlar tomonidan o`taladigan barshchina va to`lanadigan obroklarning aniq me`yorini belgilovchi farmonlar chiqarildi. Barshchina ish kuni 10 soat bo`lishi sharti bilan haftada uch kun o`taladigan bo`ldi, ot-aravada yuk tashib berish majburiyati kamaytirildi, pomeshchiklarning votchina sudi hamda ularning dehqonlarga qarashli yer-suvlariga egalik qilish huquqlari cheklab qo`yildi, imperatorning yer-mulklaridagi krepost-noy huquq bekor qilindi.
Mariya-Tereziya chiqargan qonunlar qishloq xo`jaligidagi mavjud tartiblar negizini o`zgartirmadi. Yerga egalik qilish shakllariga, krepost-noylikka, butun agrar munosabatlar tuzumiga islohotlar oqibat-natijada uncha daxl qilmadi; dehqonlar yerga biriktirilganicha qolaverdi, barshchi-na hamda dehqonlar o`taydigan boshqa ko`pdan-ko`p majburiyatlar saqlanib qoldi, nihoyat, pomeshchiklarning mavqei, ularning dehqonlarga hukmronlik qilishi daxlsiz qoldi.
Mariya-Tereziyaning o`g`li Iosif II Germaniya imperatori etib saylangach, dehqonlar masalasini yumshatish tadbirlarini ko`rishda ancha ilgari ketdi. 1781 yil 1 noyabrda Chexiyada, Moraviyada va Avstriya monarxiyasining boshqa o`lkalarida krepostnoy tutqunlikni yo`qotish to`g`risida mashhur yorliq chiqarildi. Bu yorliqda dehqonlarning krepost-noy tutqunligi bekor qilinib, bu tutqunlik o`rniga yengil fuqarolik munosa-batlari o`rnatildi, bunday munosabatlar Avstriyaning o`z o`lkalarining bir qismida qadimdan hukm surib kelar edi. Fuqarolar shundan keyin ham pomeshchiklarga itoat qilishi kerak bo`lsa-da, lekin shaxsiy erkinlikka chi-qdilar. Dehqonlar endi o`z xohishicha uylana olar edilar, ular pomeshchik-larning yer-suvlarini o`z ixtiyorlari bilan tashlab ketish huquqiga ega bo`lib, o`zlari xohlagan kasb va hunarni o`rganishlari mumkin edi.
Fuqarolar xo`jayinning hovli ishini bajarish majburiyatidan ozod qilingan edilar. Biroq dehqonlar o`z chek yerlari uchun yer egalari foydasiga barshchina va boshqa majburiyatlarni o`tashda davom etishlari lozim edi. Dehqonlarning uchastkalari uchun «pomeshchiklar bilan fuqaro-larning (dehqonlarning) ixtiyoriy kelishuvi» asosida haq to`lanadigan bo`ldi, shu sababli dehqonlarning uchastkalari uchun haq olish keng yoyiladi. 1783-1789 yillarda hukumat dehqonlar o`taydigan majburiyat-larni birlashgan yer solig`i joriy qilish va yangidan yer ro`yxati tuzish yo`li bilan tartibga solishga urindi.
Hamma majburiyatlar pulga chaqib undiriladigan bo`ldi, keyin bu pul shunday bir hisob bilan olinar ediki, yalpi daromadning 70 foizi dehqonning o`zida qoldirilib, 12 foizchasi davlat solig`i uchun, qolgan 18 foizi esa yer egasiga - pomeshchikka to`lanardi. Iosif II qo`shimcha mahsulotni, ya`ni yer rentasini bunday qayta taqsimlash yo`li bilan davlat daromadini ko`paytirmoqchi va hukmron sinfni agrar revolutsiya xavfidan saqlab qolmoqchi bo`lgan edi. Shu tariqa, Iosif II krepostnoy huquqni bekor qildi.
Avstriya imperiyasi siyosiy taraqqiyot sohasida Yevropadagi boshqa davlatlardan juda ham orqada qolgan edi. Gabsburglar qo`l ostidagi o`lkalar Iosif II islohotlariga qadar xiyla darajada viloyatlar yoki «yerlar» yig`indisiligicha qolib ketmoqda edi.
Mamlakat ichida ko`pdan-ko`p boj chegaralari va bojxona bo`lishi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib yuborgan edi, bu boj chegaralari va bojxonalar ichki bozorning tashkil topishini juda ham qiyinlashtirib qo`y-gan edi. O`rta asr sexchilik tuzumi, ayrim viloyat, shahar va toifalarning imtiyozlari ham davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga va birlashuviga to`g`a-noq bo`lib kelmoqda edi. Shu sababli davlat qishloq xo`jaligi va sanoatni rivojlantirish choralarini ko`rdi, ko`pdan-ko`p ichki savdo poshlinalari tugatildi, tashqaridan keltiriladigan tovarlarga nisbatan poshlinalarning miqdori oshirildi, yangi sanoat korxonalari 10 yil muddatga soliqlardan ozod etildi.
Davlatni idora qilish ishining bir qadar bo`sh markazlashtirilishi katta yer magnatlaridan iborat hukmron to`dalarning manfaatlariga mos tushar edi, bu magnatlar o`rta asrlardagi feodallarning siyosiy an`analarini davom ettirar va davlatni mudofaa qilish manfaatlari yoki dehqonlarning qo`zg`olonlarini bostirish zarurati talab qilgan vaqtdan boshqa mahalda qirol hokimiyatining haddan tashqari kuchaytirilishiga qarshi edi.
Tabaqa-vakillik monarxiyasining qoldiqlari asosan mahalliy vakolatli muassasalar - lantaglarda yoki seymlarda saqlanib kelmoqda edi, bu muassasalarda to`rtta toifaning («darajaning»): 1) katoliklar cherkovining prelotlaridan iborat ruhoniylarning; 2) «xo`jayinlar», ya`ni oqsuyak feodal aristokratiyaning; 3) «ritsarlar», ya`ni asosiy feodallar ommasining va 4) «qirol shaharlari», ya`ni davlat boshlig`iga bevosita feodal qaram bo`lgan shahar jamoalarining vakillari bor edi. Bu shaharlarga birinchi ikki toifa (ruhoniylar va «xo`jayinlar») namoyondalari qo`l ostidagi shaharlar ham kirar edi. Krepostnoy dehqonlar yuqorida ko`rsatilgan toifalardan birortasiga ham kirmay, mutlaqo huquqsiz bir ahvolda edilar. Qirolning shaxsan erkin dehqonlari bundan mustasno bo`lib, ular mahalliy to`rtinchi toifa - shaharliklar tarkibiga kirar edilar. Viloyatlarning boshliqlari - noiblar bo`lib, ular toifalar tomonidan mahalliy yer egalaridan saylanar va qirol tomonidan tasdiqlanar edi. Ko`pincha bu noiblar haqiqatda markaziy hokimiyatning mahalliy vakili bo`lishdan ko`ra, ko`proq viloyat partikulyarizmini umumdavlat muassasalaridan himoya qilar edilar. Markazlashtirish kuchaya borgan sari, ayniqsa XVIII asrda, ular markaziy hokimiyatga tobora ko`proq tobe bo`la bordilar.
Juda katta xarajatlarga olib kelgan va dehqonlarga haddan tashqari og`ir soliqlar solinishiga sabab bo`lgan harbiy islohot moliya ishlarining tartibga solinishini talab etar edi. Shu maqsad bilan 1749 yilda ichki ishlarni va moliya ishlarini idora etuvchi markaziy organ sifatida Direk-toriya tashkil qilindi. 1760-1761 yillarda yuqori davlat muassasalari yana qayta tashkil etildi. Oltita a`zodan iborat Davlat kengashi tuzildi. Bu Kengash a`zolari «din, tartib va kreditni himoya qilishlari» kerak edi. Butun davlat idorasi shu oltita a`zo qo`lida edi. Byurokratik markaz-lashtirishni kuchaytirish tadbirlari amalga oshirildi.
Avstriyada sud tizimi tartibga solinmagan edi. Son-sanoqsiz sudlar (shahar sudi va zemstvo sudi, Vena shahar magistrati, gofmarshal sudi) bo`lib, ularning ish doirasi qat`iy belgilanmagan edi; sudda ko`riladigan bitta ish ko`pincha bir suddan ikkinchi sudga yuborilaverardi. Birgina shu narsa qat`iy ediki, u ham bo`lsa, sudlarning pastdan turib to yuqorigacha toifaligidir. Dvoryanlarni dvoryanlar sud qilar edi, shaharliklar shahar magistratida sud qilinar edi; sud sohasida faqat dehqongina hech qanday huquqqa ega bo`lmay, ularni pomeshchik o`z votchina-politsiyachilik hokimiyati bilan ezar edi. Sud ishlarini yuritish sohasida Iosif II ma`rifatchilarning talablaridan kelib chiqib bir qator qonunlar to`plamlarini tuzdi. Sudda qiynash tartibi bekor qilindi, o`lim jazosini qo`llash cheklandi.
Maktabdagi ta`limga dunyoviy yo`nalish berildi. Cherkov islohotlari katolik cherkov imtiyozlarini chekladi, din erkinligi haqida edikt chiqarildi. Amaldorlar to`g`ri soliqlarni qiyinchilik bilan arang yig`ib olar edi, bir qancha o`lkalarda egri soliqlar xususiy kishilarga sotilar edi. Bu sotish tizimi davlat daromadlarini kamaytirib yuborish bilan bir vaqtda aholini xonavayron qilardi.



Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling