Germaniya davlati va huquqi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
Imperator hokimiyati juda kuchsiz edi. Imperator doimiy umum-imperiya mablag` va vositalariga ega emasdi. Unda hech qanday real hoki-miyat: na umumimperiya qo`shini, na umumimperiya soliqlari, na marka-ziy sud va ma`muriy apparat bor edi. Ilk feodal qirolliklarda bo`lganidek, imperator o`ziga teng boshqa yirik feodallar o`rtasida avvalgicha birinchi feodal, qirolni saylash va yiqitish huquqiga ega bo`lgan knyazlar kon-federatsiyasining boshlig`i bo`lib qolaverdi.
Mamlakat ichida bo`lib turadigan doimiy nizo va g`alayonlar knyazlar va imperiya shaharlarini imperator Maksimilian davrida (1493-1519 yillar) Germaniyada imperator hokimiyatini mustahkamlash chora-larini ko`rishga majbur etdi. Xususan, Maksimilian butun Germaniya ustidan markaziy hokimiyatni kuchaytirmoqchi bo`ldi. U Germaniyada ham markaziy muassasalar tuzib, hamma tabaqalarni, shu jumladan yirik feodallarni ham bu muassasalar hokimiyati ostiga olishga urindi. 1495 yilda Vormusda chaqirilgan reyxstagda uchta muhim qarorlar qabul qilingan edi. Ularga binoan yerliklar o`rtasida abadiy tinchlik o`rna-tilgan, ya`ni xususiy urushlar man etilgan; armiya va ma`muriyatni ushlab turish maqsadida imperiya ehtiyojlari uchun soliq joriy qilingan (bu impe-riya pfennigi deb atalardi); reyxskamergerixt - imperiya sudi ta`sis etilgan. Lekin bu qarorlar o`z maqsadiga erisha olmagan. Imperatorning doimiy soliq («imperiya puli») joriy qilish va imperiyaning doimiy armiyasini tuzish yo`lidagi urinishlari natija bermadi. 1495 yilda to`plangan reyxstag umumimperiya sudini tuzish lozim deb topdi. Bu sud tarkibida knyazlar ko`pchilikni tashkil qilishi kerak edi. Knyazlar harbiy ishlar sohasidagi islohotni ham shunday o`tkazmoqchi bo`ldilarki, mo`ljallangan doimiy umumimperiya qo`shini islohot natijasida knyaz-larga tobe bo`lib qolishi kerak edi. Pul yetishmasligidan Maksimillian Italiyada harbiy harakatlarni boshlab yubora olmadi, shu tufayli fransuzlarning XV asrning 90-yillari oxiridagi harbiy yurishlari muvaffaqiyatli bo`lib chiqdi. Imperator Maksimilian I ning nabirasi Karl V (1519-1555 yillar) ham, garchand ayni vaqtda bir yo`la bir necha mamlakat (Ispaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va boshqalarning) qiroli bo`lsa ham, imperator hokimiyatini kuchaytira olmagan. Chunki bunday sharoitda Germaniyada markazlashgan siyosiy hokimiyat o`rnatish qiyin edi. Karl V ko`proq jahon davlati tuzish rejasi hamda Fransiya qiroli Fransisk I ga qarshi kurashish masalasi bilan band bo`lganligi tufayli Germaniyaning ichki ishlariga ko`p e`tibor berolmas edi, shuning uchun u imperiya hokimiyatining obro`sini mustahkamlay olmadi, aksincha, imperator-ligining so`nggi yillarida o`z obro`sini ancha pasaytirib qo`ydi. Xullas, bu davrda Germaniyada reyxstag va reyxskamergerixt (imperiya sudi) kabi umumimperiya organlarining mavjudligi imperiya-ning birligini ta`minlay olmadi. Imperiyaning doimiy armiyasi yo`q edi. Ma`lumki, Germaniya ko`p davlatlardan (knyazliklardan) iborat edi. Har bir alohida davlatda ham bir qancha tabaqalar (dindorlar, ritsarlar va shaharliklar) hamda tabaqa-vakillik organlari - lantaglar vujudga kelgan edi. Lantaglar knyazliklarda knyazlarning hokimiyatini biroz cheklab turgan. Ba`zi knyazliklarda mazkur tabaqalar majlislariga (lantaglarga) erkin dehqonlarning vakillari ham kirar edi. Lantaglarda odatda tabaqalar uchta palatani tashkil etganlar, lekin ba`zi yerlarda palatalar ikkita bo`lgan - ruhoniylar va dvoryanlar birgalikda majlislar o`tkazishgan. Vakillar o`z saylovchilaridan majburiy mandatlar xarakteriga ega bo`lgan yo`l-yo`riqlar (instruksiyalar) olishardi. Agar vakillar bunday instruksiyalardan u yoki bu masalani hal etish uchun ko`rsatmalar topa olmasalar, u holda yana o`z saylovchilariga tegishlicha ko`rsatmalar olish uchun murojaat qilardilar. Lantaglarning kompetensiyasi turli davrlarda turlicha bo`lgan. Lan-tag knyazlikda maxsus sudlarning tashkil etilguniga qadar oliy sud hisob-langan. Keyinroq, maxsus sudlar tuzilganidan so`ng lantaglarning yuris-diksiyasi ushbu sudlarning ixtiyoriga o`tgan va lantaglar qator knyazliklar-da bunday sudlarga nisbatan appelyatsion instantsiya bo`lib qolgan. Lan-tag, shuningdek, sudlarning kompetensiyasiga kirmaydigan masalalarni (masalan, siyosiy masalalarni) ham hal qilgan. Lantaglar knyazliklar kengashlari tarkibini tuzishga va yuqori chinovniklarni tayinlashga ta`sir ko`rsatib, davlatni boshqarish ishlariga ham aralashganlar. Lantaglarning kompetensiyasiga hukmron sulolalarda uzilish bo`lib qolgan hollarda davlat boshlig`ini saylash, tashqi siyosat sohasida ba`zi funksiyalarni amalga oshirish (masalan, qator german knyazliklarida urush e`lon qilish uchun lantaglarning roziligi talab qilinardi), ba`zi diniy ishlar, politsiyachilik vazifalari (tanga-chaqa pullar chiqarishining sifatliligini kuzatib turish, o`rmonlarni qo`riqlash va h.k.), harbiy ishlar kirgan. Soliq-larni ovoz berib tasdiqlash lantaglarning eng muhim huquqi bo`lgan. Dav-lat ehtiyojlarining o`sishi va knyazlar domenlarining kamayishi darajasiga qarab knyazlarning lantaglarga tobora tez-tez subsidiya43 so`rab murojaat qilishlariga to`g`ri kelgan. Lantag qo`shinni ushlab turish uchun pul mablag`lari ajratardi. Bu unga armiyani boshqarishda, qal`alar qurishda va boshqalarda ishtirok etishiga imkoniyat yaratardi. Shunday qilib, lantaglar ma`lum darajada knyazlarning hokimiyatini cheklab turgan va o`z mohiyati bo`yicha reyxstagga qaraganda ko`proq ta-baqa-vakillik organi bo`lgan. Demak, Germaniyada tabaqa-vakillik monar-xiyasi butun imperiya miqyosida emas, alohida knyazliklar doirasida rivojlangan. Germaniyada shaharlar katta rol o`ynagan. Shaharni boshqarish uning huquqiy holati bilan belgilangan. Imperiya shaharlari ancha katta mustaqillikdan foydalanganlar. Erkin shaharlar imperiya shaharlariga yaqin huquqiy holatga ega edi. Knyazliklarning shaharlari kam huquq-lardan foydalangan. XIII-XIV asrlarda bir qancha shaharlar siyosiy erkin-liklarni qo`lga kiritgan va o`zini o`zi boshqaradigan bo`lgan. Shaharlarda qonun chiqarish hokimiyati shahar xo`jaligining alohida tarmoqlari bo`yicha komissiyalardan iborat tarkibdagi kengash tomonidan amalga oshirilardi. Ijroiya hokimiyat bir yoki bir necha burgomistrlar boshchiligidagi magistratga tegishli edi. Kengash a`zolari va burgomistrlar xizmatlari evaziga davlatdan (budjetdan) maosh olmasdilar. Dastlab butun shahar boshqaruvi patritsiat44 qo`lida to`plangan. XIV asrda bir qancha shaharlarda patritsiylarga qarshi hunarmandlarning chiqishlari («sex inqiloblari») bo`lib o`tgan. Ba`zi shaharlarning g`olib chiqqan hunarmand-lari shahar tuzumida u yoki bu o`zgarishni amalga oshirishga erishganlar. Hunarmandlar shahar kengashlari tarkibiga kirganlar yoki ilgarigi kengashning tarkibida maxsus kollegiya tuzganlar. Ba`zi shaharlarda shahar qurilishi asosiga sex tuzumi qo`yilgan. XIV asrning ikkinchi yarmida shaharlarning mayda ritsarlar va knyazlar tomonidan siqib qo`yilishiga qarshi kurashish zaruriyatidan shaharlarning ittifoqlari vujudga kela boshlagan. F Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling