Germaniya davlati va huquqi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
Sud tuzilishi
ranklar imperiyasining yemirilishi va feodalizmning rivojlanishi yer egalarining pomestyelarida feodal sudlarning tuzilishiga olib keldi. Dastlab yer egasi faqat o`z krepostnoy dehqoni ustidan sud qilish huquqiga ega edi. Biroq keyinchalik uning yurisdiksiyasi o`z yerida yashovchi barcha aholiga tarqatilgan. Feodal sudlar XVI asrga qadar tashkil topgan. Feodal sudlar bilan bir qatorda cherkov sudlari ham mavjud edi. Bunday sudlarning yurisdiksiyasi ma`lum doiradagi kishilarga (ruhoniylar va ba`zi darajadagi dunyoviy kishilarga) hamda ma`lum darajadagi ishlarga (nikohlar, diniy vasiyatlar va boshqalar haqidagi ishlarga) tadbiq qilingan. Uchinchi xil ko`rinishdagi sudlarni shahar sudlari tashkil etgan. Shahar sudlarining tuzilishi alohida shaharlarda turlicha bo`lgan. Ba`zi shaharlarda sud sudyalar va maslahatchi-sheffenlar tomonidan, boshqa shaharlarda esa shahar kengashlari tomonidan amalga oshirilgan. Ko`pchi-lik shaharlarda sudyalarni shahar jamoasi saylardi. Knyazlik hokimiyatining mustahkamlanishi bilan knyazlikda oliy sud tashkil etilgan. Okrug boshqaruvchilari -atamanlar ham sud funksiya-lariga ega bo`lishgan. Bundan tashqari, okruglarda turli-tuman kompetensiyalarga ega bo`lgan quyi sudlar ham mavjud edi. Vestfaliyada femlar sudi deb nomlanadigan maxsus sudlovlilik keng tarqalgan edi. Bu yerda erkin aholining keng qatlamlari saqlanib qolgan bo`lib, oqibatda sud ishlari «erkin graflar» va «erkin sheffenlar» tomonidan amalga oshirilardi. Ular bunday vakolatni feodal knyazlardan emas, bevosita imperatordan olar edilar. Sud ishlari asosan ochiq majlislarda o`tkazilgan. Lekin maxsus hollarda uning majlislari yopiq bo`lgan. Ba`zi sud ishlari bo`yicha tergov harakatlari ham olib borilar edi. Hukm odatda ayblanuvchini sudga cha-qirmay chiqarilardi. Femlar sudlarida ko`pincha o`lim jazosi tayinlanardi. Hukm sud a`zolaridan bittasi tomonidan ijro etilgan. Bunday sudlar Vestfaliya bilan birga boshqa german davlatlarida ham paydo bo`lgan edi. Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling