Davlat tuzumi
-XII asrlarda Germaniya nisbatan yagona davlat hisoblangan. Feodalizmning kuchsiz rivojlanishi, tashqi xavf va dastlabki german qirollarining faol markazlash-tirish siyosati natijasida qirol hokimiyati vaqtincha mustahkam bo`lib turdi, ilk feodal monarxiyasi tashkil topdi. Dastlab qirol saylab qo`yilsa ham, lekin keyinchalik (Otton I davridan) u imperator unvonini qo`lga kiritdi va butun oliy hokimiyat tanho uning qo`lida to`plandi.
Mamlakatda oliy davlat hokimiyatining markazi qirol saroyi bo`lgan. Bu davrda davlat apparati saroy-votchina boshqaruv tizimidan iborat edi. Qirol saroyida qirolning oila a`zolari, ularning xizmatchilari, ministrlari va erkin xizmatchilar bo`lib, ular hukumat apparatini tashkil etardi. Bu xizmatchilar va qirolning shaxsiy xizmatkorlari o`rtasida aniq farqlar yo`q edi. Ularning vazifalari, funksiyalari qisman qo`shilib ketgan edi.
Qirol saroyida cherkov va dunyoviy feodallarning kattagina qismi doimiy xizmatda turardi. Ularning orasida ayniqsa saroy dasturxonchisi, kamerariy, marshal, kapellan, saroybon, kansler va boshqalar ajralib turardi. Kansler - asosiy mansabdor shaxs bo`lib, u deyarli barcha bosh-qaruv ishlarini yuritgan. Saroybon (mayordam) ham muhim ahamiyatga ega bo`lib, saroy ishlarini yuritardi.
Mamlakatda xizmatchilar tabaqasi ministrlardan iborat tarkibda bo`lib, ularning funksiyalari faqat saroy xizmatlari bilan cheklanmas edi. Madomiki, davlatda boshqa ijroiya hokimiyat organlari bo`lmagan ekan, ministrlar hukumat ishlarini yuritishgan. Asta-sekin ular chinovniklarni ikkinchi o`ringa siqib chiqara borgan.
Mamlakatning siyosiy hayotida feodallarning s`yezdlari juda katta rol o`ynagan. Feodallarning s`yezdlarida eng muhim ichki va tashqi siyo-siy masalalar hal qilinardi. Ular mustaqil organ sifatida ba`zan qirollarni hokimiyatdan chetlashtirardilar. Ularda qirolning vakolatlari belgilangan, qonunlar chiqarilgan, papa bilan muzokaralar olib borilgan, oliy davlat mansabdorlari tayinlangan, lenlar taqdim qilingan va hokazo. Aynan ana shunday feodallarning s`yezdlaridan oqibatda reyxstag kelib chiqqan edi. Bunday s`yezdlarda hal qiluvchi kuch eng yirik feodallar - knyazlar edi.
XI asrning boshida qirol huzurida yirik zadogonlar vakilidan iborat kengash - goftag (qirollik kengashi) tashkil etilgan. U imperator bilan birgalikda ancha muhim davlat ishlarini hal qilardi.
Germaniya mahalliy boshqaruvi tizimidagi o`ziga xos hususi-yatlardan biri shunday ediki, bu yerda uzoq vaqt davomida alohida qabilaviy gersoglar mavjud bo`lib turadi. X-XI asrlarda feodal yer egaligining o`sishi va mamlakat aholisining etnik jipslashuvi natijasida ilk feodal tashkilotlar tizimi yemirildi. Gersogliklar yopiq siyosiy tashkilotlar bo`lmish hududiy knyazliklarga aylandi. Knyazlar deyarli to`la suvere-nitetga ega edi va faqat nomigagina qirolga itoat etardilar. Feodallarning knyazlarga aylanishi ularning o`z hududlari doirasida butun yerlarga nisbatan oliy huquqlarining o`rnatilishi va immunitet va imtiyozlarni qo`lga kiritishi yo`li bilan amalga oshirildi.
XI asr oxiriga kelib monarxiyaning saylov tamoyillari tantana qildi. Qirollar knyazlar tomonidan saylab qo`yiladigan bo`ldi. Kimda-kim qirolni saylashda ishtirok etmasa, u o`zini qirol hokimiyatidan mustaqil deb hisoblagan.
Imperiya qurolli kuchlari ikkiga: imperiya armiyasi va knyazliklar qo`shinlari ajralgan. Qirollik (imperatorlik) qo`shini uning vassallari tomo-nidan taqdim qilinadigan jangchilardan iborat edi. Dunyoviy va diniy knyazlar tomonidan taqdim qilinadigan jangchilar sonini imperator o`rnatgan. Shu bilan birga harbiy yurishlarda ishtirok etish shartlari feodal odatlar va feodallar s`yezdlarining qarorlari bilan ham belgilangan.
Armiyaning oliy bosh qo`mondoni imperator bo`lgan. Feodallar, shuningdek, imperiya shaharlari qirolga harbiy xizmat o`tash majburiya-tiga ega edilar. Qo`shinlar feodal egaliklar bo`yicha joylashtirilgan va feodallar qo`mondonligi ostida bo`lgan. Bu asosan graflar va yuzboshilar orqali amalga oshirilardi. Og`ir qurollangan kavaleriya (ritsarlar) armiyada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan.
XII asrga qadar mamlakatga tashqaridan hujum bo`lgan paytlarda dehqonlar ham armiyaga xalq lashkarlari sifatida chaqirilib turilardi. Biroq, umuman, Germaniya armiyasi german imperatorlarning «dunyoga hokim bo`lish» rejalarini amalga oshirishlari uchun xizmat qilgan.
Germaniyaning sud tizimi korolinglar monarxiyasidan meros qilib olingandi. Imperator oliy sudya hisoblangan. Lekin uning sud hokimiyati qisqarib borgan. Knyazlik boshqaruvining shakllana borishi bilan impera-torning sud hokimiyati qisqarib, dunyoviy va diniy knyazlarning sud hoki-miyati kengayib borgan, sud tizimi tobora murakkablashgan va ko`p bos-qichli xarakter kasb eta boshlagan. Feodallar dastlab o`z krepostnoy deh-qonlari ustidan sud qilish huquqiga ega edilar. Endi esa ularning yurisdik-siyasi (sud qilish huquqi) ularga qarashli yerlarda yashovchi barcha aholiga tarqaldi. Germaniyada «tenglar sudi» tamoyili asosida harakat qiluvchi tabaqa sudlari: knyazlik, graflik, sheffen sudlari va boshqalar mavjud edi. Feodallarning sudlari oliy va quyi pog`onaga bo`lingan. Shu-ningdek, cherkov sudlari ham mavjud edi. Shaharlar ham o`z yurisdik-siyasiga ega bo`lgan. Feodallarga qaram bo`lgan shaharlarda sud senorlar-ning vakillari qo`lida edi. Erkinlik xartiyalarini qo`lga kiritgan shaharlarda esa shahar huquqi normalari asosida harakat qiluvchi shahar sudlari ayni vaqtda shahar huquqining yanada rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Germaniyada joylarda o`zini o`zi sud qilish va mushtumzo`rlar sudi keng tarqalgan edi. Vassallar o`z nizolarini qurol yo`li bilan hal qilishlari mumkin edi. 1285 yilda Fridrix II o`zini o`zi sud qilishni faqat sud qaroridan qanoatlanmagan taqdirdagina qonuniy ekanligini o`rnatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |