Germaniya davlati va huquqi


Download 205 Kb.
bet3/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

Ijtimoiy tuzumi
-XII asrlarda Germaniya iqtisodiy jihatdan Yevropa mamlakatlari ichida qoloq davlatlardan biri edi. Bu yerda feodal munosabatlar Fransiyaga nisbatan ancha kech - XI asrdan rivojlana boshladi. Feodalizmning rivojlanishi turli german gersoglik-larida juda notekis suratda kechdi. Ayni paytda urug`doshlik tuzumining qol-diqlari mustahkam saqlanib qoldi. Masalan, Saksoniyada aholi eski qabila-chilik odatlariga qattiq amal qilardi. Germaniyada jamoalarga-markalarga uyushgan erkin dehqonlar uzoq vaqtgacha o`z mustaqil-liklarini saqlab kel-dilar. Krepostnoylashtirish yo`lidagi urinishlarga deh-qonlar katta qo`zg`o-lonlar ko`tarish bilan javob berdilar. Shunday katta qo`zg`olonlardan biri, masalan, 841-842 yillardayoq Saksoniyada bo`lib, u «Stelling» degan nom bilan mashhur bo`lgan edi. Bu qo`zg`olon dehqon jamoalarining ittifoq bo`-lib, eski majusiylik bayrog`i ostida ish ko`rgan edi. Bu ittifoq ham kelgindi frank zodogonlariga, ham mahalliy saks zodogonlariga qarshi qaratilgan edi.
Rim ta`sirini o`tkazishning, jumladan, xususiy mulkchilikning va yerga birkitib qo`yib shaxsiy qaram qilishning yangi shakllarini kiritish Reynning narigi tomonida ancha sekin amalga oshirilmoqda edi. Biroq, XI asrlarga kelib bu yerda ham feodallashuv jarayoni ancha muvaffaqiyat qo-zondi. Marka, ya`ni jamoa tushkunlikka yuz tutdi. Katta dunyoviy va cher-kov yer egalari tobora ko`p yerlarni o`z qo`liga ola bordi. Xususiy mulk-chilikning rivojlanishi natijasida yer qo`ldan-qo`lga o`ta boshladi. Dehqon-larning bir qismi o`z yeridan ajralib, feodal yer egalariga qaram bo`lib qol-di. Kommendatsiya, ya`ni o`zini qudratli qo`shnisining, yirik yer egasining homiyligiga topshirishi, immunitet, ya`ni yer egasining davlat funksiyala-rini olib borishi va birinchi navbatda tevarak-atrofdagi aholini sud qilishi, Reyn bo`yidagi cherkov yerlarida (asosan Frankoniyada) juda ham avj olib ketgan prekariylik munosabatlari X-XI asrlarda Reynning narigi tomonida tobora tez-tez uchraydigan bo`ldi. Bu jarayonlarning hammasi shuni ko`rsatadiki, yuz-ikki yuz yil ilgari g`arbiy Frank davlatida feodal muno-sabatlar qanday avj olgan bo`lsa, Germaniyada ham, garchi kechikib bo`lsa-da, shunday avj oldi. Germaniyada katta yer egaligining avj olishida qirol xazinasiga qarashli yerlarning talon-taroj qilinishi katta rol o`ynaydi. Karoli-nglarning keyingi kuchsiz qirollari bu yerlarni o`z qo`lida saqlab qololmadi.
XI-XII asrlarda Germaniyada jamiyatning asosiy tabaqalari shakl-langan. Jamiyat ikkita asosiy tabaqa: harbiy-ritsarlar hamda o`lpon va soliqlar to`laydigan dehqonlarga ajralgan.
Germaniyaning ko`p sonli urushlar olib borishi harbiylar - ritsarlar tabaqasining jipslashuviga ko`maklashgan. Ritsarlarning yuqori qismini turli xil nasliy va xizmatchi aristokratik elementlar tashkil etgan. Ulardan birinchisi gersoglar - qabilaviy knyazlar bo`lib, yirik yer egalariga aylan-gan edilar. Ikkinchi turkumdagi yirik yer egalari asosan mansabdor aristo-kratlar - graflar darajasidagi shaxslar bo`lib, ular ma`muriy okruglarda (grafliklarda) muhim dunyoviy va cherkov mansablarini o`z qo`lida to`p-lagan edilar. Shuningdek, qirol chinovniklari - fogtlar ham yirik yer egala-ri bo`lib, ular cherkov votchinalarida harbiy va sud funksiyalarini amalga oshirardilar. Germaniya jamiyatining feodallasha borishi bilan XI-XII asr-lar bo`sag`asida bu yuqori tabaqalarning jipslashuvi yuz berdi. Ular endi-likda kuchli markaziy hokimiyatdan manfaatdor bo`lmagan va ajralib chi-qishga intilayotgan kuchlarning qudratli ittifoqini tashkil eta bordilar. Ularning hududiy knyazlar tabaqasiga qo`shilib ketishi sodir bo`ldi. Unga yirik cherkov magnatlari - «cherkovlarning knyazlari» ham kiradi. Ruho-niy va dunyoviy knyazlarning maxsus tabaqasi XIII asrning o`rtasiga kelib batamom rasmiylashdi.
O`rta va mayda ritsarlar tabaqasi mayda yer egalari - dvoryanlardan va erkin dehqonlarning yuqori qismidan shakllandi. Germaniyada tabaqa-larning tashkil topishida Genrix I Qushboz (919-936 yillar)ning islohotlari muhim o`rin tutadi. Genrix I slavyanlarga va vengerlarga qarshi muvaffa-qiyatli kurash olib borish maqsadida erkin dehqonlarning yuqori tabaqala-ridan, qisman ministrlardan olinadigan ritsarlar sonini ko`paytirishga harakat qildi. Uning harbiy islohotiga ko`ra, ot minib urusha oladigan har qanday erkin kishi harbiylar (ritsarlar - chavandozlar) tabaqasiga kiritildi, boshqa kishilar esa o`lpon to`laydiganlar tabaqasiga kiritilgan.
Davlatdagi barcha boshqaruv va harbiy ishlar ritsarlar qo`lida to`pla-nib bordi, XIII asrga kelib ritsarlik yopiq tabaqaga aylandi va nasldan-naslga meros tariqasida o`ta boshladi. Ritsarlar o`zlarining mol-mulki, mansabiga qarab rang (martaba, daraja)larga bo`lindi. Masalan, Saksoniya viloyati sharqiy qismining odat huquqi to`plami - «Sakson zertsalosi»da (XIII asrning 20-yillarida tuzilgan) xuddi shunday yettita harbiy darajalar (ranglar) ajratib ko`rsatilgan. Unga ko`ra, birinchi darajada qirol (impera-tor) turgan, ikkinchi darajaga imperatorning vassallari - oliy martabali ruhoniylar (yepiskoplar, abbatlar), uchinchi darajaga imperatorning bevo-sita dunyoviy vassallari - knyazlar, graflar, gersoglar, markgraflar, land-graflar, to`rtinchi darajaga knyazlarning vassallari, beshinchi darajaga «ozod janoblar» - graflarning vassallari, oltinchi darajaga «ozod janob-lar»ning vassallari va nihoyat, yettinchi darajaga oltinchi darajadagi ritsarlarning vassallari kirgan (3-modda, 2-band).39 Oxirgi darajadagi ritsarlar o`z vassallariga ega bo`lmagan.
Bu vaqtda Germaniyada o`lpon to`laydiganlar tabaqasini asosan dehqonlar tashkil etib, ular XIII asrda ikki toifaga: ozod dehqonlar va qaram dehqonlarga bo`lingan.
«Sakson zertsalosi»da ko`rsatilishicha, «ozod dehqonlar uch turda bo`lishgan: sheffen kishilar, chinsh to`lovchilar va ko`chmanchilar». Bu-larning barchasi dunyoviy sudlarda teng darajada ishtirok etishlari lozim edi. Sheffen kishilar Franklar davlatidagi skabinlarning avlodlari bo`lib, qirol buyrug`i bilan har 18 xaftada graf sudida qatnashishlari shart edi. Chinsh to`lovchilar hukmdorlar yerlarini ushlab turib, ma`lum pul maj-buriyatlari (chinsh) to`lardilar. Ular ham ikkiga bo`lingan: ulardan ba`-zilari yerlarni meros qilib qoldirish, sotish huquqlariga ega bo`lsa, bosh-qalari esa bunday huquqlardan foydalana olmaganlar. Ko`chmanchilar aso-san ijarachi dehqonlar bo`lib, ular o`z yerlariga ega bo`lmaganlar va yer egalaridan yerlarni vaqtincha ishlab turish uchun ijaraga olganlar.
Qaram dehqonlarga yarim ozod litlar, batraklar va shaxsan qaram krepostnoy dehqonlar kirgan.
Germaniyada salb yurishlari boshlanishi bilan Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi singari, feodal krepostnoylik qaramligining zaiflashishi yuz berdi. Dehqonlarning bir qismi muayyan yillik chinsh to`lash evaziga shaxsiy majburiyatlar o`tashdan tamomila ozod bo`ldi. Boshqa dehqonlar qaram dehqonlar bo`lib qolaverdi, lekin ular o`taydigan barshchinalar kamaytirildi, eng og`ir obroklar («o`lim» solig`i va boshqalar) haq to`lab qutilishga yoki belgilangan ma`lum badallarga almashtirildi. Uzoq-uzoq joylarga yurishlar qilish bilan band bo`lgan german feodallari, odatda, xo`jalik bilan o`zlari shug`ullanmay, domenlarini ijaraga (arendaga) berardilar. Domenlarning ko`pchilik qismi yirik bo`laklarga bo`linib, so`ng ijaraga berilardi. O`rta asr Germaniyasida bunday yirik ijara meyer ijarasi deb atalardi, chunki hammadan avval sobiq krepostnoy oqsoqollar - meyerlar ijarachi bo`lardilar. Shimoliy-G`arbiy Germaniyada (Vestfaliya-da) eng ko`p tarqalgan meyer ijarasi badavlat, qisman qoloq dehqonlar tabaqasining tashkil topishiga imkon berdi. Ammo qishloqning boshqa tomonida kam yerli dehqonlar maydonga kelib, ular boy hamqishloqlari uchun ishlaydigan batraklarga aylandilar.
XI-XII asrlarda shaharlar rivojlanib, ozod kishilarning maxsus taba-qasi - shaharliklar paydo bo`ldi. Ular alohida huquqlardan va avtonomiya-dan foydalanishgan. Masalan, ular soliqlarni jamoa bo`lib to`lashgan.

X


Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling