Germaniya davlati va huquqi
Germaniyada kurfyuristlar oligarxiyasi va
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
3. Germaniyada kurfyuristlar oligarxiyasi va
tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII-XVII asrlar)da ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o`zgarishlar X
III-XIV asrlardan Germaniya iqtisodiy yuksa-la boshladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar ko`zga ko`ri-narli darajada o`sdi. Ayni zamonda, Germaniyada shaharlarning rivojlanishi bu asrlarda juda avj oldi. Savdo-sanoat taraqqiy eta boshladi. Biroq, mamlakatda tovar xo`jaligi rivojlana boshlanishiga qaramay, Germaniya har qalay tarqoq va qoloq feodal mamlakat bo`lib qolmoqda edi. Gersogliklarda ham boshqa dunyo-viy va ruhoniy knyazliklar soni ko`paymoqda edi. Imperator boshqa yirik feodallar orasida syuzeren, ya`ni oliy senor bo`lib qolmoqda edi. Yirik feodallar bu vaqtda uzil-kesil voris hududiy knyazlarga aylanib bormoqda edi. Mahalliy tovar aloqalarining rivojlanishi ularning mahalliy hokim sifatidagi rolini kuchaytirardi. Markaziy qirollik-imperatorlik hokimiyati esa shaharlar bilan zaif bog`langan edi. Ma`lumki, Fransiya va Angliyada shaharlarning qirol hokimiyati bilan siyosiy ittifoqi mavjud bo`lgan. Germaniyada esa shaharlarning qirol hokimiyati bilan bunday siyosiy ittifoqi yuzaga kelmadi. Germaniya qirollari, jumladan, shaharlarning mahalliy feodallarga qarshi olib borgan kurashida shaharlarga biror-bir jid-diy ko`mak berganlari yo`q. Qisman bunga sabab shuki, nemis shaharlari siyosiy sahnaga keyinroq chiqdi. Bir qancha hollarda ichki savdoga nisbatan tashqi, qisman tranzit savdo-sotiqning ustunligi ham bu yerda ma`lum rol o`ynaydi. Biroq Germaniyada qirol hokimiyatining shaharlar bilan ittifoqining yo`qligiga asosiy sabab - german imperatorlarining agressiv tashqi siyosat olib borishlari edi. Italiyadagi urushlar, boy italyan shaharlarining ekspluatatsiya qilinishi, «dunyoga hokim bo`lish» rejalari, Sharqiy Yevropadagi va Yaqin Sharqdagi bosqinchiliklar - mana bularning hammasi qirollar - imperatorlarni Germaniyadagi ichki siyosat vazifalari-dan chetga chalg`itib, ularni nemis shaharlari taqdiriga befarq qaraydigan qilib qo`ygandi. Ayni vaqtda tugalmas urushlar imperatorlarni yirik va mayda feodallarga (knyazlar va ritsarlarga) tamomila qaram qilib qo`ydi. Chunki imperatorning harbiy resurslari ana shu yirik va mayda feodal-larning o`z zimmalaridagi vassallik majburiyatlarini bajarishlariga butkul bog`liq edi. Germaniyada krepostnoy huquqning zaiflashishi muvaqqat hodisa bo`ldi. XIV asrning ikkinchi yarmidan e`tiboran feodallar reaktsiyasi maydonga kela boshlab, u pomeshchiklarning barshchinani qaytadan tiklash hamda har qanday natural va pul yig`imlarini kuchaytirish yo`lidagi urunishlarda ifodalandi. Ayni vaqtda feodallar jamoa yerlari (almenda)ni bosib olaverdilar va shu tarzda dehqon xo`jaligi resurslariga qattiq putur yetkazdilar. Elba daryosining sharq tomonidagi kolonizatsiya qilingan slavyan yerlarida istiqomat qiluvchi nemis dehqonlarining ahvoli ancha qulay edi. Dehqon - kolonistlarning katta chek yerlariga ega bo`lishi va mahalliy hududiy knyazlarga belgilab qo`yilgan to`lovlarnigina to`lashi Elba daryosining bu tomonidagi dehqonlarga iqtisodiy mustaqillikni va shaxsiy erkinlikni uzoq vaqtgacha saqlab qolish imkoniyatini berdi. Biroq dehqon-lar bilan bir qatorda ularning qo`shnisi - pomeshchik (ritsar yoki dvoryan-lik unvonini olgan shults40) yashar va xo`jalik bilan shug`ullanardi. Shuls qishloqqa asta-sekin o`z ta`sirini kuchaytira bordi. Pomeshchiklar dehqonlardan soliqlar undirish huquqini knyazlardan sotib olardilar, kam quvvat dehqonlarning xo`jalik (ro`zg`or) qiyinchilik-laridan foydalanar va turli yo`llar bilan o`z yer-mulklarini ko`paytirardilar. Dastlabki paytda 4-6 dehqon gufiga teng keladigan ritsarlik chek yeri XV asrga kelganda o`rta hisobda 20 gufgacha edi. Shu tariqa Elba daryosining bu tomonida ham krepostnoy huquqning avj olishi uchun shart-sharoit yaratildi. Germaniyada tabaqa-vakillik monarxiyasi davrida joylarda knyazlar-ning mavqei juda oshib ketdi va ular imperatordan deyarli mustaqil bo`lib qoldilar. O`rta hol dvoryanlar kamayib ketdi. Ularning bir qismi knyazlar-ning mavqeigacha ko`tarildi, bir qismi xonavayron bo`ldi, boshqa bir qismi knyazlarga yoki imperatorga feodal qaramlikka tushib qoldi. O`q otish qurolining paydo bo`lishi va harbiy ishlarning takomillashib borishi natijasida ritsarlar (chavandozlar)ning ilgarigi ahamiyati yo`qoldi. Feodallar tabaqasining o`zgalar uchun bekiqligiga chek qo`yildi. Ruhoniylar holatida ham katta o`zgarishlar ro`y bergan. Shahar aholisi ancha tabaqalashib ketdi. Dehqonlarning ahvoli juda yomonlashdi. Feodalizmning rivojlanishi jamiyatning tabaqa-sinfiy tuzilishida o`zgarishlar yasadi. Yuqori tabaqalar - aristokratlar va quyida turuvchi dvoryanlar o`rtasida juda katta farq mavjud edi. Kam sonli dunyoviy va ruhoniy feodallar - kurfyurstlar jamiyatning yuqori tabaqasini tashkil etib, o`z qo`lida juda katta yer-mulklarni va boyliklarni ushlab turardi. O`rta hol dvoryanlar deyarli yo`qolib ketgandi. XIV asrdan boshlab quyi dvoryan-larning asosiy qismini ministrlar tashkil etgan. Ular hukmdorlarning xiz-matchilari sifatida ritsarlikka kirish huquqiga ega edilar. Shu tariqa ular erkin bo`lib qolar va dvoryanlik unvonini olardilar. Bu jarayon ritsarlik-ning rivojlanishiga mos kelgan. Bu vaqtda faqat dvoryanlardan kelib chiq-qan shaxslar ritsar bo`lishi mumkin degan qarash batamom rasmiylashdi. Keyinchalik, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan ritsarlar o`z ahamiyatini yo`qotgan, ko`pgina ritsarlar xonavayron bo`lgan. Bu davrda nemis shaharlari uch turga: 1) ilgari bevosita qirolning vassallari bo`lgan imperiya shaharlari; 2) soliqlar to`lamaydigan va to`la o`zini o`zi boshqarish huquqiga ega bo`lgan shaharlar; 3) knyazliklardagi va statusi knyazlar tomonidan belgilanadigan shaharlarga bo`lingan. Shaharlarning aholisi o`z ijtimoiy tarkibi bo`yicha bir xil emasdi. Shahar aholisining yuqori qatlamlari - patritsiatni savdogarlar va yer egalari tash-kil etgan. Ulardan keyingi pog`onada hunarmandlar turgan. Eng quyi zvo-nada esa plebeylar ommasi: shogirdlar, mardikorlar, yollanib ishlaydigan kishilar bo`lgan. Qishloq xo`jaligiga tovar-pul munosabatlarining kirib kelishi nati-jasida Germaniyaning ijtimoiy tuzumida muhim o`zgarishlar ro`y berdi. Bu avvalo, dehqonlarning krepostnoy qaramligi kuchsizlanganligida o`z ifodasini topdi. Ko`pgina dehqonlar shaxsiy qaramlikdan ozod bo`la boshladi. Ancha boyigan dehqonlar feodallardan yirik yerlarni ijarachiga olish va buning uchun ijara haqini to`lash imkoniyatiga ega bo`lishgan edi. Ijrachilar bunday yerlarning bir qismini o`zlarida xususiy xo`jalik yuritish uchun qoldirgan bo`lsalar, boshqa qismini kambag`al dehqonlarga ijaraga berganlar. Yirik ijarachilar vaqt o`tishi bilan mayda pomeshchiklar bo`lib qolishdi. Shular bilan bir qatorda dehqonlarning bir qismi erkin emas edi. Ular yer bo`yicha qaram va shaxsiy qaram dehqonlarga bo`lingandi. Yer bo`yicha qaram dehqonlar yerga biriktirib qo`yilgan bo`lib, yerdan foydalanganliklari uchun qat`iy o`rnatib qo`yilgan turli majburiyatlarni o`tab turishardi. Shaxsiy qaram dehqonlar zimmasidagi majburiyatlarning miqdori esa aniq o`rnatib qo`yilmagan edi. Bu xo`jayinlarining o`zboshimchaligi va «ishtahasi»ga bog`liq edi. X Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling