Germaniya davlati va huquqi
O`rta asrlarda Germaniyada huquqning asosiy belgilari
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakson zersalosi”
5. O`rta asrlarda Germaniyada huquqning asosiy belgilari
V Huquq manbalariga umumiy tavsif asrdan XI asrgacha bo`lgan davrda sharqiy franklarning arxaik «xalq» huquqi qabilaviy xarakterga ega edi va uning asosida quyidagi qator prinsiplar: urf-odatlarning muqaddasligi, qarin-dosh-urug`larning umumiy «diyonati» va birgalikdagi javobgarligi, qonli qasos olish (bu asta-sekin pul jarimasi bilan almashtirilib borgan), «xudo sudi»ni qo`llash orqali kollektiv odil sudlovning amalga oshirilishi, ya`ni ordaliyaning qo`llanishi, qasamxo`rlik va boshqa ramziy odatlarning saqlanib qolishi kabi prinsiplar yotardi. Germaniyada qirol hokimiyatining vujudga kelishi va so`ngra uning tamomila zaiflashib ketishi bu yerda butun o`rta asrlar mobaynida huquqiy partikulyarizmning mavjud bo`lib turishiga shart-sharoit yaratgan edi. Rasmiy nuqtai nazardan Germaniyada XII-XIII asrlardan boshlab, agar alohida masalalar bo`yicha imperator qonunlarini hisobga olmaganda, «umumgerman huquqi» mavjud bo`lmagan, turli hududiy birliklar va shaharlarning huquqi bo`lgan. Bundan tashqari, Germaniyaning o`rta asrlardagi huquqiy tizimi len huquqi deb nomlanuvchi oliy feodal tabaqaga taalluqli huquqiy normalar kompleksining yaqqol ajratilishi bilan tavsiflanadi. Agar Angliya va ma`lum darajada Fransiyada XIII asrdan boshlab vassalliklenlik munosabatlarini tartibga soluvchi huquq normalari boshqa huquq normalari bilan mustahkam aloqada harakat qilgan bo`lsa, Germaniyada esa huquqning zemstvoga oid huquqqa (yerlar, hududlar huquqi) va len huquqiga bo`linishi an`anaviy bo`lib qolgan edi. Germaniyada len huquqi, zemstvo huquqi, shahar huquqi, kanonik huquq ayni paytda bir xil muno-sabatlarni (yerga oid, mulkiy, nikoh-oila, meros munosabatlarini) turlicha tartibga solgan. Bunda huquq sub`yektlarining qaysi tabaqaga yoki hudud-ga taalluqliligiga qaralardi. Bu ko`pincha sud tomonidan aniqlanardi. Umuman o`rta asrlar huquqida, xususan german huquqida sud tartibotiga o`ta sodiqlikni yaqqol ko`rish mumkin edi. Sud ishlarini yuritish chog`ida inson «o`z huquqini izlashi» mumkin. Germaniyada shunday umumiy huquqiy prinsiplar va institutlar ishlab chiqilgan ediki, kelajakda ular Germaniyaning «umumiy huquqi» asosini tashkil etgan. Bunday prinsiplar germanlarning odat huquqi univer-sal normalari bazasida va XII-XIII asrlardagi german imperatorlarining qonunchilik faoliyatida shakllangan edi. XII-XIII asrlarda imperatorlar va reyxstag tomonidan vaqti-vaqti bilan chiqarilib turgan «tinchlik statut-lari»da shaxs mulkini va hayotini qo`riqlashga va o`g`rilarni, o`t qo`yuv-chilarni, odam o`ldiruvchilarni va boshqa «tinchlikni buzuvchilarni» turli jazolar bilan qo`rqitishga qaratilgan me`yorlar mavjud edi. 1103 yildan 1235 yilgacha bo`lgan davr oralig`ida ana shunday «tinchlik statutlari»dan 20 tasi chiqarilgan edi. Ularning orasida 1235 yilgi Maynts statuti ancha mashhur bo`lgan. Unda butun Germaniya aholisi uchun «o`rnatilgan huquq»ning ba`zi umumiy prinsiplari e`lon qilingan edi. Masalan, unga binoan Germaniyada sudsiz jazolash odati bekor qilinib, majburiy sud tartibi joriy qilingan edi. German huquqining rivojlanishida odat huquqining mahalliy tizimlashtirilishi ham muhim rol o`ynagan. Bunda imperiya qonunlari va sud amaliyoti qoidalari ham hisobga olingan, albatta. Bularga misol tari-qasida «Sakson zertsalosi», «Shvab zertsalosi», «Frankon zertsalosi» va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Bu to`plamlarning normalari va prinsiplari ko`pincha o`z huquqiy doirasidan ancha chetga chiqib, huquqning birxillashtirilishiga ko`maklashgan. 1 “Sakson zersalosi” 220 yilda sheffen Eyke fon Repgau tomonidan yozilgan ushbu qonunnomada odat huquqining ancha keng tarqalgan normalari va Germaniyaning shimo-liy-sharqiy qismida qo`llanib kelgan sud amaliyoti o`z aksini topgan. Qonunnoma ikki qismga bo`lingan. Birinchi qism zemskiy (umumdavlat) huquqiga, ikkinchi qism esa len huquqiga bag`ishlangan. Birinchi qismda odat huquqi normalari bilan bir qatorda umumdavlat sudlarida «razil, qabih, past» erkin kishilarga nisbatan qo`llaniladigan imperator qonun-chiligi ham mustahkamlangan. Len huquqi47 «olijanob, aslzoda» erkin kishilar o`rtasidagi lenga oid vassallik munosabatlarining tor doirasini tartibga solgan. Qonunnomada rim huquqiga, shahar yoki savdo huquqiga mutlaqo murojaat qilinmaydi va, shuningdek, unda huquq va boshqa yerliklarning huquqi normalari kamdan-kam hollarda eslab o`tiladi. «Sak-son zertsalosi»da fuqarolik, jinoyat, protsessual va qisman davlat huquqi normalari belgilangan. « Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling