Germaniya davlati va huquqi


Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining


Download 205 Kb.
bet2/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

2. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining
muqaddas Rim imperiyasi» (X-XIII asrlar)

Germaniya davlati XI-XII asrlarda nisbatan yagona davlat bo`lib turgan. XII asrdan e`tiboran bu yerda ham siyosiy tarqoqlik jarayoni boshlandi. Biroq bu jarayon boshqa mamlakatlardan, jumladan, Fran-siyadan farqli o`laroq, orqaga qaytmas xarakter kasb etgan. Buning esa qator tarixiy-siyosiy shart-sharoitlari mavjud edi. Ularning ichida tashqi siyosiy omillar muhim o`rin tutgan. German feodallarining asosiy yo`na-lishda - sharqda slavyanlar va vengerlarga qarshi, janubda Italiyaga qarshi olib borgan bosqinchilik yurishlari german gersogliklarining sun`iy (no-miga) birlashishlariga olib kelgan.


M
German millatining muqaddas Rim imperiyasi” ning tashkil topishi
a`lumki, Germaniyada X asrlarda xuddi Fransiyadagi singari bir necha musta-qil davlatlar (viloyatlar) tashkil topib, ular faqat rasmiy jihatdangina qirol hokimiyatini tan olar edi. Zero, qirollar bu vaqtda hali urug`doshlik tuzumi davridan beri odat huquqi asosida saylanib qo`yilar edi. Faqat Otton I davri (936-973 yillar)dan boshlab bu tartib o`zgargan. Otton I otasi Genrix I ning qirol hokimiyatini mustahkamlash siyosatini davom ettirdi. U, dastavval boshqa gersoglar ustidan nazoratni kuchaytirdi, buning uchun nikoh va boshqa qarindoshlik aloqalaridan foydalandi. Qirol ta`sirini butun mamlakatga yoyishning ikkinchi bir usuli yepiskoplik tizimi bo`ldi. Otton cherkov bilan do`stona aloqa bog`ladi. U yepiskoplarga keng miqyosda immunitet huquqlar berdi va ularga juda ko`plab yerlar ulashdi. Shu bilan birga, u yepiskoplarni ham o`zi tayinlardi. Cherkov yerlaridan keladigan daromadlardan qirol xazinasiga ko`pdan-ko`p hissalar ajratildi. Shunday qilib, Germaniyada cherkov manfaatlari bilan davlat manfaatlari bir-biriga chatishib ketdi. Germaniyaning turli viloyatlaridagi yepiskoplar mahalliy knyazlarga-gersoglarga e`tibor bermay, bevosita qirolga bo`ysun-dilar. Shu bilan bir vaqtda yepiskoplarning qirolga tobeligi ularning Rim papasiga deyarli bo`ysunmay qo`yishiga olib keldi.

Otton I ham otasi kabi agressiv tashqi siyosat yuritib, slavyanlar va vengerlarni o`z ta`siriga oldi, ularni xristianlashtira boshladi. Lekin u aso-siy e`tiborni Italiyaga qaratgan edi, chunki Italiya german imperatorlari-ning «dunyoga hokim bo`lish» rejalarida asosiy o`rin tutar edi. Otton I dastlab 951 yilda Italiyaning Paviya shahrini bosib oldi, shimoliy Italiya knyazlaridan bir nechtasini tor-mor qilib, Provans bilan Italiya qiroli Lo-tarning beva qolgan xotini qirolicha Adelgeydaga uylandi. Germaniyaning shimoliy Italiyaga ta`siri va german qirolining Italiya siyosati ham shundan boshlandi.
961 yilda Otton Italiyaga yana yurish qildi. Bu safar Ottonni papa Ioann XIIning o`zi yordamga chaqirgan edi, chunki papaga uning vas-sallari - rim baronlari xavf solayotgan edi. Karl Buyuk o`lgandan keyin ku-chaygan va IX asrning o`rtalarida diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyat-dan ustun turadi37 degan nazariyani ko`tarib chiqqan papalikning o`zi endi Italiyada feodallashuv jarayonining yanada kuchayishi munosabati bilan qattiq inqirozga uchrab, qirol hokimiyatining yordamiga muhtoj bo`lib qolgan edi. Otton I Rim feodallarini bostirib, papani taxtga o`tkazdi. Bun-ga minnatdorchilik bildirib papa 962 yilning boshida Ottonga imperatorlik tojini kiygizdi. Shunday qilib, yangi «imperiya tiklandi». Shu narsa xarak-terliki, ilgari Karl Buyuk bo`lgani singari, bu safar Otton ham Rim impera-tori deb e`lon qilindi. Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim imperiyasi» deb nom berildi. Shundan keyin german imperatorlari o`zlarini rim sezarlari (imperatorlari)ning vorislari deb hisoblay boshladilar. Faqat keyinroq bo-rib, XII asrdagina bu iboraga ikki so`z qo`shilib, «German millatining mu-qaddas Rim imperiyasi»38 deb ataladigan bo`ldi va bu nom 1806 yilgacha saqlanib qoldi. «Muqaddas» deb atalishining asosiy sababi shunda ediki, davlatning tepasida rasman imperator va papa turgan. Amalda esa butun hokimiyat imperator qo`lida to`plangan edi.
German imperatorlari aslida ana shu vaqtdan e`tiboran dunyoga hukmronlikni da`vo qila boshlaganlar. Hatto ayrim huquqshunoslar ger-man imperatorlarini «jahon hukmronlari» deb atab, bunday da`voni naza-riy jihatdan asoslashga harakat qilganlar. Masalan, Boloniya huquq mak-tabidan Fridrix Barbarossa Germaniyadan boshqa Yevropa mamlakatlari-ning qirollari saltanatning bo`laklarigagina hukmronlik qilishlari mumkin deb da`vo qilgan. Bu tarixiy an`anadan keyinchalik, ikkinchi jahon urushi arafasida fashistlar o`zlarining jahonga hukmron bo`lish haqidagi rejalarida foydalandilar.
X

Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling