Germaniya davlati va huquqi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari Reja: Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» (X-XIII asrlar). Germaniyada kurf-yuristlar oligarxiyasi va tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII-XVII asrlar)da ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o`zgarishlar. «Knyazlik absolutizmi» davrida (XVII-XVIII asrlarda) Germaniya. O`rta asrlarda Germaniyada huquqning asosiy belgilari. 1. Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari 843 yilda Verden shahrida bo`lgan taqsimotga muvofiq «Sharqiy Frank yerlari» - bo`lg`usi Germaniya hududi Ludovik Nemisga o`tdi. Aslida bu yerlar bir necha qabilaviy knyazliklarning yerlari edi. Bu vaqtda mamlakatning milliy birligi to`g`risida so`z ham bo`lishi mumkin emas edi. Gersogliklar shimoldan janubga qarab quyidagicha tartibda joylashgan edi: Saksoniya, Frankoniya, Shvabiya (ilgarigi Allemaniya), Bovariya. Birmuncha keyinroq borib g`arbda joylashgan beshinchi bir gersoglik - Lotaringiya Fransiyadan tortib olindi va Germaniya tarkibiga kiritildi. Shuningdek, qator fransuz, italyan va slavyan yerlari - Burgundiya, Shimo-liy Italiya, Bogemiya, Avstriya va boshqalar ham tez orada Germaniyaga qo`shib olindi. Shu tariqa vaqtincha nisbatan yagona Germaniya qirolligi tashkil topdi. Dastlab bu qirollik «Sharqiy franklar qirolligi», X asr o`rtalarida esa Tevtonlar davlati deb atalgan. Bu davlat keyinroq - XI asrdan Germaniya deb yuritila boshlandi. O`rta asrlarda Germaniya davlati va huquqining tashkil topishi va rivojlanishida, shuningdek, german feodalizmining o`ziga xos bir qancha xususiyatlarini ajratib ko`rsatish mumkin34: Germaniya davlati urug`doshlik tuzumining yemirilishi natijasida paydo bo`lmasdan, balki o`rta asrlarda feodalizmni o`z boshidan kechi-rayotgan davlat - franklar davlatining inqirozi (bo`linib ketishi) natijasida, uning bir qismida tashkil topdi. Germaniyada jamoa - marka slavyanlar va franklardagiga nisbatan ancha turg`un bo`lib, dehqonlarni qaramlikka tashlash jarayoni ancha uzoq vaqtga cho`zilgan. Germaniyada tovar-pul munosabatlarining barvaqt rivojlanishi ishlab chiqarishning natural xarakterini birdaniga buzib tashlamadi. Ger-man knyazliklarining notekis iqtisodiy rivojlanishi sezilib turdi. Lekin bu yerda feodalizm sust rivojlangan bo`lsa-da, XI-XII asrlarda jamiyatning feodallashish jarayoni nihoyasiga yetib, asosiy sinflar - yer egalari va ular-ga qaram dehqonlar shakllangan edi. Ijtimoiy tuzumi bo`yicha Germaniya aholisi juda tabaqalashib ketgan edi. Masalan, hukmron tabaqa - ritsarlarning35 o`zi 7 ta darajada turardi. XIV asrga kelib, agarda Angliya va Fransiya davlatlarida siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashuv ro`y berayotgan bo`lsa, Germaniyada buning teskari jarayoni - siyosiy tarqoqlik kuchayayotgan edi. Buning asosiy sababi Germaniyada o`ziga xos tabaqa-vakillik hokimligining vujudga kelganligida edi. O`rta asrlarda Germaniya davlatining tashkil topishi va rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko`rsatish mumkin: Ilk feodal monarxiyasi davri (X-XIII asrlar). Kurfyurstlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV-XVII asrlar). German qirolliklari absolutizm davri (XVII-XVIII asrlar). Biroq, davlat va huquq tarixi fanida ba`zi olimlar o`rta asrlarda Germaniya davlati tarixini boshqacharoq tarzda ham davrlarga bo`lib o`rganadilar. Jumladan, moskvalik huquqshunos olim S.V.Chirkin uni quyidagicha ikkita katta davrga bo`lib o`rganishni tavsiya etadi: 1. Germaniya imperiyasi doirasida nisbatan markazlashgan ilk feodal monarxiyasi davlatining tashkil topishi va rivojlanishi davri (X-XII asrlar). 2. Germaniyada hududiy tarqoqlik va german knyazliklari - dav-latlarining rivojlanishi davri (XIII asr-XIX asrning boshi)36. Bizningcha, o`rta asrlarda Yevropa davlatlari rivojlanishining umu-miy qonuniyatlarini, xususan ularda monarxiyaning rivojlanish bosqich-larini hisobga olganda Germaniya davlati tarixini yuqoridagicha uch davrga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir. Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling