Germaniya davlati va huquqi


Download 205 Kb.
bet14/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

Umumdavlat huquqi
III asrdan e`tiboran knyazliklarda umumdavlat huquqi - butun erkin aholi uchun umumiy bo`lgan huquq normalari faol rivojlana boshladi. Uning manbalarini asosan knyazliklar «davlat» organlarining huquq ijodkorligi, XII-XIII asrlardagi umumdavlat tinchligi haqidagi mahalliy qarorlar, shuningdek, graflik sudlarining qarorlari tashkil etgan. Aynan umumdavlat huquqida fuqarolik, oila va boshqa «noommaviy» huquq sohalari rivojlangan.

XIII asrga oid «Zertsalolar»da umumdavlat huquqi ancha batafsil yoritilgan. Ularda umumdavlat huquqiga bag`ishlangan maxsus bo`limlar mavjud bo`lgan. Masalan, «Sakson zertsalo»sining umumdavlat huquqiga bag`ishlangan birinchi qismida «imperiya konstitutsiyasi», tabaqalarning huquqiy holati, qarindoshlik, oila va meros huquqiy munosabatlari, jinoyat huquqi va jarayoni masalalariga taalluqli normalar belgilangan.
Imperiya tashkil etilishining «konstitutsiyaviy» prinsipi, «Sakson zertsalosi»dan kelib chiqib aytish mumkinki, huquqning ustunligi (oliyligi) va «ikkita qilich» doktrinasi bo`lgan. Huquqning ustunligi uning ilohiy kelib chiqqanligi («Xudoning o`zi huquq») natijasi edi. Bu oqibatda har qanday qonunsiz va adolatsiz hokimiyatga qarshilik ko`rsatish prinsipining e`lon qilinishiga olib kelgan. XII asrda cherkov mafkurachilari tomonidan e`lon qilingan «ikkita qilich» doktrinasiga binoan, diniy «qilich» (hoki-miyat) papaga, dunyoviy «qilich» esa - imperatorlarga tegishli bo`lgan. Diniy va dunyoviy hokimiyat bir-biriga yordam berardi va bir-birini qo`llab quvvatlardi. Agar kimdir «papaga qarshilik ko`rsatsa», dunyoviy sud yordamida itoat etishga majbur qilinishi lozim edi.
Feodallarning xizmat zinapoyasidagi «birinchi daraja» imperatorga tegishli edi. Imperator «Zertsalo» mualliflarining fikricha, yer osti boylik-lariga egalik qilish, «hamma yerda» oliy sud qilish, monetalar chiqarish, soliqlar undirish huquqiga ega edi. Biroq, tabiiyki, imperator har doim «hamma yerda bo`la olmas va har vaqt barcha jinoyatlarni sud qila olmas edi». Shu sababli u o`zining grafliklardagi vakolatlarini knyazlarga o`tkazgandi.
Imperator knyazlar tomonidan saylanishi lozim edi. U mahalliy yepiskoplar taqdimidan keyin qirollik hokimiyati va unvonini, papaning taqdimidan keyin imperatorlik huquqlarini olgan. Imperator quyidagi uchta holat: haqiqiy e`tiqodiga «shubha»ning mavjudligi, qonuniy xotinini tash-lab ketishi va ibodatxonani buzishi, vayron qilishidan tashqari cherkovdan ajratilishi mumkin emas edi.
Inson huquqiy holati uning tabaqaviy mansubligiga qarab belgilan-gan. «Sakson zertsalosi»da yozilishicha, «hech kim tug`ilishi bo`yicha xos bo`lgan huquqlardan tashqari, boshqa huquqlarga ega bo`lishi mumkin emas». Shu bilan birga unda krepostnoy huquq qoralanadi, uningcha, «kimdir boshqa birovning mulki bo`lishi kerak emas». Krepostnoylik holati, uning fikricha, adolatsiz hamda nikoh odatlaridan kelib chiqqan va huquqqa kiritilgan.
Umumdavlat huquqida oila va meros huquqiy munosabatlari ma-salalari muhim o`rin tutadi. German huquqi oilada va mulkni meros qilib qoldirishda ayollarning kamsitilgan holatini o`rnatuvchi eski an`analarni davom ettirdi. Nikoh tuzishda ayollar erkaklar bilan teng huquqlarga ega emas edilar. Bunda yerning boyliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan. Bolalar huquqiy holati past darajadagi ota-onasining mulkini meros qilib olganlar. «Sakson zertsalosi» er va xotin mulkining umu-miyligi prinsipini tasdiqlaydi. Biroq, bu mulk to`liq erning ixtiyori va boshqaruvida edi. Erning roziligisiz xotin hech qanday mulkni boshqara olmasdi. Er xotinining qonuniy homiysi hisoblangan. Shu bilan birga oila mulkidan ma`lum qismi ajratilishi va bunday mulkning xotin tomonidan alohida meros qilib qoldirilishi ham hisobga olingan. Bularga xotinning shaxsiy foydalanishiga oid mulklar, uy jihozi va pardoz-andoz buyumlari («ayollar hissasi»), ajralish yoki erining o`limi hollarida ayollarni umrbod boqish uchun ajratiladigan mol-mulk, ayollarning sep-sidirg`asi, shuning-dek, erning xotiniga tuhfa sifatida bergan to`y sovg`alari kabilar kirgan. Nikoh bekor qilinganda xotin unga eri tomonidan taqdim qilingan mol-mulk, «xotinning hissasi» va sep-sidirg`adan umrbod foydalanishi mumkin bo`lgan. Eri o`lgan xotin esa to`y sovg`alari, «xotinning hissasi» va umrbod boqish uchun taqdim qilingan mulkini o`zida saqlab qolgan, zero «xotinning hissasi» faqat ayollar liniyasi bo`yicha meros qilib qoldirilgan. Bolalar mulkka egalik qilish huquqiga faqat otasining roziligi bilan va oiladan ajralib chiqib ketgandan keyin ega bo`lganlar.
Prinsiplari yerlarni erkak kishilarning qo`lida saqlanib qolishi vazifa-siga bo`ysundirilgan va, shuningdek, tabaqaviy xarakterga ega bo`lgan.
M

Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling