Germaniya davlati va huquqi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
Meros huquqi
eros olish uchun merosxo`r meros qoldruvchi bilan teng (yoki yuqori) huquqiy holatga ega bo`lishi lozim edi. Agar len huquqi bo`yicha len faqat o`g`illardan bittasiga o`tkazilgan bo`lsa, umumdavlat huquqi bo`yicha esa merosni barcha o`g`illar yoki boshqa qarindoshlar teng hissada olishgan. Meros olishga qarindoshchilikning yettinchi darajasiga-cha bo`lgan qondosh qarindoshlar chaqirilgan. Bunda aka-ukalar opa-singillari oldida ustunlik huquqiga ega bo`lishgan. Asosiy merosxo`rlardan tashqari «hissa oluvchilar» ham bo`lib, ular ma`lum mulkdan birinchi navbatda o`z hissalarini olardilar. Bularga beva yoki tul qolgan xotin, yaqin qarindosh, harbiy aslaha-anjomlar olgan shaxs kabilar kirgan. Germaniyaning o`rta asrlardagi umumdavlat huquqi faqat qonun bo`yicha merosni haqiqiy deb hisoblagan. Biroq, nikoh-oila munosabatlariga kanonik huquqning ta`siri kuchayishi oqibatida hadya ko`rinishida niqoblangan vasiyat shakli o`rnatilgan. Bundan tashqari, mulkni cherkov foydasiga taqsimlashda «o`lgan kishining hissasi» ajratila boshlangan. German huquqida qonuniy merosxo`rlarning majburiy hissasi saqlangan holda vasiyat bo`yicha meros instituti rim huquqining andoza qilinishi munosabati bilan paydo bo`lgan. «Sakson zertsalosi» ko`p sonli bitimlar - oldi-sotdi, ssuda, shaxsiy ijara, saqlash va hokazolarga oid normalarni belgilaydi. Lekin umuman shartnoma majburiyatlari savdo-sotiq uncha rivojlanmaganligi sababli bo`sh darajada ishlab chiqilgan edi. Mulkni o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan bitimlar odatda sud tomonidan guvohlantirilgan. Qonunlarda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar ancha batafsil tartibga solingan edi. Bu sohadagi normalar asosan yer egaligining himoya qilinishiga, unga yetkaziladigan zararlarni, ekinlarning payhon qilinishini, chegaralar buzilishini oldini olishga va boshqalarga qaratilgan edi. Zarar yetkazilganlik uchun zararni qoplash va jarima to`lash nazarda tutilgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi asta-sekin yangi fuqarolik-huquqiy normalarining, institutlarining qaror topishiga, andoza qilib olingan rim huquqi normalaridan foydalanishga olib kelgan. Yer uchastkalarini «majburiyatlar bilan» mulk qilib o`tkazishning yangi shakli paydo bo`lgan. Yer uchastkasining bunday tartibda sotilishi natijasida sotib oluvchi va mulkni undan keyin egallab olishi mumkin bo`lgan kishilar mulkning dastlabki egasiga yer uchastkasidan olingan daromadning bir qismini to`lashi lozim edi. Harakatdagi ashyolarning oldi-sotdi bitimida halol egalarning huquqlarini himoya qilish nazarda tutila boshlandi. Bunda rim huquqiga nisbatan ashyo egasining huquqi ancha chegaralandi. Agar mulkdor o`z ashyosini birovga ishonib topshirsa, u bu mulkni uchinchi shaxsga sotsa, mulkdor sotib oluvchiga nisbatan da`vo qilish huquqidan mahrum bo`lgan. Mulkdor faqat undan o`g`irlangan ashyoni talab qilishi mumkin edi. Bu prinsip german huquqida «qo`l qo`lni asrashi (tanishi) lozim» degan qoidada ifodalangan. Umumdavlat huquqi tinchlik statutlaridan ancha og`ir jinoyatlar tarkiblarini qabul qilib olgan. Biroq, bu jinoyatlar ma`lum tizimga solinmagan edi hamda qasd va «shafqatsizlik» bilan sodir etilganda, asosan murakkab shakldagi o`limga mahkum etish bilan jazolangan. Ehtiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyatlar uchun o`limga mahkum etish va tan jazolari berilishi mumkin emas edi. Buning uchun vergeld to`lash talab qilingan. Vaqt o`tishi bilan alohida german o`lkalarida jinoiy jazoga loyiq huquqbuzarliklar turlarining yanada ko`payishi sodir bo`ldi. Qisman bu fuqarolik huquqbuzarliklar bilan jinoyatlar o`rtasidagi farqlarning ancha aniq ajratila borishi bilan bog`liq edi. Jinoyatlarni «haqiqiy» va «nohaq» jinoyatlarga yangicha bo`lish joriy qilindi. Masalan, oddiy odam o`ldirish yoki og`ir tan jarohati yetkazish «haqiqiy» jinoyatlar deb, o`g`irlik, davlatga xiyonat, firibgarlik esa - «nohaq» jinoyatlar deb hisoblangan. Shunga qarab «nohaq» jinoyatlarda aybdor bo`lgan shaxslar ancha og`ir jazo - qiynab o`ldirish jazosiga mahkum etilgan; «haqiqiy» jinoyatchilar esa zararni qoplash yoki surgun bilan jazodan qutilishi mumkin edi. XVI asrdan boshlab jinoyat huquqi va umuman yuridik ta`limot ham Germaniyaning turli knyazliklarida «Karolina»ning prinsiplariga asos-langan. Uning yanada taraqqiy etishi jazolarga ko`proq jinoyatchini tuzatish vositasi, jumladan, majburiy mehnatga jalb qilish yordamida tuzatish vositasi sifatidagi qarashlarning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan. Shu munosabat bilan jazolarning majburiy ishlarga jalb qilish, sharmanda qilish va axloq-tuzatish uylariga qamash kabi turlarini qo`llash o`sgan. «Sakson zertsalosi» davridagi umumdavlat huquqi fuqarolik ishlari bo`yicha ham, jinoiy ishlar bo`yicha ham tortishuvchilik jarayonini nazarda tutgan. Har kim buzilgan huquqining tiklanishi haqida da`vo qo`zg`ashi va javobgarni sudga chaqirishi mumkin edi. Da`vogar va javobgar sud jarayonida odatda o`z vakillari («gapiruvchilari») orqali qatnashardilar. Vakillar sudda protsessual formulalarni bayon qilganlar. Agar ular so`zlaridan yanglishsalar ishda yutqazganlar. Tomonlar sudga qonuniy asossiz kelmasalar ham ishda yutqazgan hisoblanganlar. Sudga kelmaslik uchun faqat quyidagi to`rtta holat: qamoqqa olinganlik, kasallik, imperiya xizmatida bo`lish va salib yurishda ishtirok etish qonuniy sabab bo`lgan. Sudda guvohlarning ko`rsatmalari va qasam asosiy dalillar bo`lib hisoblangan. Jinoiy ishlar bo`yicha sheffenlarning roziligi bilan sudda yakkama-yakka olishuv ko`rinishidagi «xudo sudi»ga yo`l qo`yilgan. Sudda yakkama-yakka olishuvning tayinlanishi tabaqa tengligi prinsipi, shuningdek, «Sakson zertsalosi»da batafsil bayon qilingan ma`lum protsessual qoidalar bilan cheklangan. Yakkama-yakka olishuv natijasiga qarab mag`lub bo`lgan javobgar odatdagi sudda jinoyat uchun aybdor sifatida javobgarlikka tortilgan, g`olib chiqqan javobgar esa aybdan, jarima to`lashdan va da`vogar hamda sudga keltirilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etilgan. Agar yakkama-yakka olishuvda tomonlardan biri uch marta chaqirilganda (taklif qilinganda) «maydon»ga chiqmasa, ishda yutkazgan deb topilgan va ishi sudga o`tkazilgan. «Sakson zertsalosi» sud jarayonida tomonlarning dalillariga katta e`tibor bergan, aybdorning tegishli darajada fosh qilinishi lozimligini talab qilgan. Aks holda sudning jazo berish haqida qaror chiqarishi taqiqlangan. Umumdavlat huquqida «qarorga e`tiroz bildirish»ning o`ziga xos qiziq instituti mavjud edi. Qarorga e`tiroz bildiruvchi kishi buni o`rnidan turib, tabaqaviy teng maslahatchilar bilan yuzma-yuz holda amalga oshirishi lozim edi. E`tiroz bildiruvchidan tomonlar uchun birmuncha adolatli ko`rinadigan boshqa qaror chiqarish uchun taklif berish so`ralgan. Lekin agar e`tiroz bildiruvchi shaxs o`z talablarini qanoatlantirilishiga erisha olmasa, u kimning qaroriga e`tiroz bildirgan bo`lsa, o`shanga badal to`lashi, shuningdek, jarima va sud harajatlarini ham to`lashi lozim edi. XV-XVI asrlarda tortishuvchilik jarayonining o`rniga inkvizitsion jarayonning kelishi mutlaqo yangi shakl va qoidalarning o`rnatilishiga olib keldi. (Bu haqda yuqoriroqda «Karolina» misolida aytib o`tgan edik). Shunday bo`lsa-da, XVIII asrning ikkinchi yarmidan e`tiboran sudlarda qiynoqlarning qo`llanilishi cheklana boshladi. 1768 yilgi «Tereziana»da qiynoq anjomlari ko`rsatilgan. Ularni faqat o`lim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar bo`yicha oliy jinoiy sudlarning roziligi bilan, ayblanuvchi aybini tan olmasa va boshqa dalillar bo`lmasa, qo`llash mumkin edi. Qiynoqlardan kasallar, nogironlar, keksalar va yosh bolalar, shuningdek, agar sodir etgan jinoyatlari uncha og`ir bo`lmasa, oliy tabaqaga mansub shaxslar ozod etilganlar. Sud jarayonida qiynoqlarning qo`llanishi 1764 yil Prussiyada, XVIII asrning 20-yillarida boshqa bir qator mayda german knyazliklarida batamom bekor qilingan edi. Ma`lumki, ruhoniylar tabaqasi o`z huquq normalariga -cherkov huquqiga amal qilganlar. Cherkov huquqi shuningdek barcha tabaqalarning oila va meros huquqiy munosabatlarini ham tartibga solgan. «Sakson zertsalosi» bo`yicha har bir xristian bir yilda uch marta cherkov sudida va, shuningdek, yiliga uch marta dunyoviy sudda ishtirok etishi lozim edi. Germaniyaning bir qancha knyazliklarida ko`pgina german zodagonlarining vakillari ham dunyoviy, ham cherkov yurisdiksiyasini o`z qo`llariga olgan edilar. Lekin shunga qaramay, cherkov huquqi Germaniyada ancha tor doirada qo`llanilgan va umumdavlat huquqining rivojlanishiga uncha ta`sir ko`rsatmagan. O Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling