Germaniya davlati va huquqi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
burggraf va uning o`rinbosari (shultgeys) boshchilik qilardilar. Ular qirol yoki knyaz buyrug`i bilan sud ishlarini yuritishgan. Burggraf sud ishlarini bir yilda uch marta ko`rishi lozim edi. Uning yo`qligida bu ishlarni shultgeys bajargan. Bundan tashqari, burggrafning yurisdiksiyasiga, agar aybdor jinoyat ustida ushlab olingan bo`lsa, zo`rlik, ta`qib qilish, uyiga bostirib kirish haqidagi barcha ishlar, shuningdek, burggrafning rasmiy sud ishlari boshlanishiga qadar «14 kecha oldin» vujudga kelgan barcha ishlar taalluqli bo`lgan. Tayinlab qo`yiladigan sud amaldorlaridan tashqari ikkita toifadagi sudyalar - shahar sheffenlari (umrbod muddatga) va ratmanlar - maslahatchilar (bir yilga) saylab qo`yilgan. Ratmanlar asosan «donish-mandlar maslahati bo`yicha» shahar savdosi qoidalarining buzilishi haqi-dagi ishlarni ko`rib hal qilish uchun chaqirilgan. Shunday qilib, eng ko`p ishlar shaharning sheffenlar hay`ati tomonidan ko`rib hal etilgan. Ushbu sheffenlar hay`ati shaharliklar va chet elliklarga nisbatan umumiy yuris-diksiyaga (sud qilish huquqiga) ega bo`lgan. Bunda shaharliklarning faqat shahar sudi sudlovligiga taalluqli ekanligi qayd qilingan. Ular shahardan tashqarida sudga murojaat qilishlari mumkin emas edi.
Har qanday darajadagi sudyalarning, ratmanlardan tortib shultgeys-largacha sud majlisini to`xtatib (uzib) qo`yishi, sudga kelmasligi ishda qatnashuvchi tomonlar singari jarima to`lashiga olib kelgan. Shahar sudiga faqat quyidagi uchta qonuniy sabablar bo`lganda: kasal bo`lsa, asirga tushib qolsa va mamlakat tashqarisida davlat xizmatida bo`lsa kelmasligi mumkin edi. Shahar protsessual huquqi ayblanuvchi huquqlarining kafolatlariga, jumladan, ishlarning qisqa muddatda hal qilinishi, dalillarning ob`yektiv-ligi, sudsiz jazolashga yo`l qo`yilmasligi kabilarga alohida urg`u beradi. Javobgar yoki ayblanuvchi, agar sheffenlar yoki ratmanlar hay`ati ishni ko`rib chiqmagan bo`lsa, burggraf yoki shultgeys sudida, agar burggraf yoki shultgeys bo`lmasa, joylardagi shaharliklar tomonidan saylangan har qanday sudya tomonidan ishni zudlik bilan ko`rib chiqilishini talab qilish huquqiga ega bo`lgan. Shaharlik va begona yerlik kishilar o`rtasidagi sud ishlari kechiktirilmasdan zudlik bilan ko`rib chiqilishi va ular bo`yicha o`sha kunning o`zidayoq qaror chiqarilishi lozim edi. Jinoyat sodir etilgan joyda qo`lga olingan shaxsning aybini yoki o`zini aybdor emas deb e`lon qilgan shaxsning aybsizligini oltita guvoh yordamida va «o`zim yettinchi» tamoyili asosida bir ovozdan tasdiqlovchi ko`rsatmalar asosida isbot qilish talab qilingan. Jinoyat sodir etilganligini ko`p hollarda guvohlarning ko`rsatmalari bilan bir qatorda boshqa dalillar asosida ham isbotlash talab etilgan. Agar shunday dalillar mavjud bo`lsa, ularni qasam bilan inkor qilish mumkin bo`lmagan. Agar bunday dalillar bo`lmasa, shahar huquqi, hatto guvohlar bo`lsa ham, ayblanuvchini oqlash zarur deb hisoblagan. Bundan tashqari, jinoyatchini jinoyat sodir etgan joyda qo`lga olinsa ham, uni sudsiz jazolash mumkin emas edi. Shuningdek, ayollarga nisbatan aybni isbotlashning ancha yengil qoidalari joriy qilingandi. Agar ayol kishi jinoyat ustida qo`lga tushmasa, u o`zining aybsizligi haqida qasam ichib javobgarlikdan qutilib ketishi mumkin edi. 34 Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling