Germaniya davlati va huquqi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
Len huquqi
`rta asrlarda Germaniyadagi yerga oid munosabatlar boshqa g`arb «feodal davlatlari»dagi kabi prinsiplar asosida qurilgan edi. Biroq, Germaniyaning len huquqida ma`lum o`ziga xos xususiyatlar mavjud bo`lgan. Shu narsani alohida ta`kidlash joizki, Germaniyada monarx imperiya lenlarini erkin tasarruf qilish huquqiga ega emas edi. Ancha faxriy imperiya lenlarini knyazlarga «majburiy hadya qilish» prinsipi imperatorning bo`shagan lenlarni taqdim qilish va ularni o`z domeniga qo`shib olish huquqidan mahrum qilardi. Shuningdek, ma`lum okrug aholisining ustidan sud qilish huquqiga ega bo`lgan lenlarning maxsus turi ham mavjud edi. Imperator tomonidan berilgan «sud leni»ni olgan len egalari, knyazlar va graflar qirol buyrug`i bilan, ya`ni qirol nomidan sud qilish huquqini ham qo`lga kiritardilar. Germaniyadagi len huquqining xususiyatlaridan biri shunda ediki, unda len olishni «kutish» huquqi mustahkamlangan. Bir kishi lenga egalik qilish huquqini olgan, boshqa kishi (yoki bir necha kishilar) esa xo`jayindan ushbu lenning qonuniy egasi vafot etganda va uning qonuniy merosxo`ri bo`lmaganda o`sha lenga nisbatan da`vo qilish huquqini olishlari mumkin edi. Yana shuni ta`kidlash joizki, Germaniyada vassal tomonidan olingan lenning begonalashtirilishini taqiqlovchi qoida ancha uzoq vaqt harakatda bo`lgan. Lenni sotish, garovga qo`yish faqat xo`jayinning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin edi. Germaniya len huquqida egalik instituti katta ahamiyatga ega bo`lgan. «Egalik qilish huquqi» maxsus huquq hisoblangan. U yerni haqiqatda ushlab turishdan farq qilgan va xuddi Angliya va Fransiyadagi sezina singari maxsus da`volar bilan himoya qilingan. Bu huquq odatda egalik qilishga kirishishning ramziy marosimi (investitura) natijasida qo`lga kiritilgan, lekin ba`zan lenga haqiqiy egalik qilib turish muddati (bir yilu bir kun xo`jayinning e`tirozisiz egalik qilib turishi) bo`yicha ham vujudga kelishi mumkin edi. Len huquqi bo`yicha majburiyatlar asosan vassallik munosabatlarini tartibga soladigan va deyarli butun Yevropa mamlakatlari uchun umumiy bo`lgan feodal odatlar bilan belgilangan. Len egasi xo`jayinga sodiqlik haqida qasam ichib, «uning odami» sifatida ma`lum «majburiyat»larni zimmasiga olgan. U avvalo xo`jayinga harbiy xizmat o`tab berishi lozim edi. Xo`jayin «Germaniya o`lkalari» doirasida harbiy yurish uyushtirmoqchi bo`lsa, bu haqda vassaliga olti hafta oldin ikkita guvoh ishtirokida ma`lum qilgan. Bundan tashqari, len egasi o`z senorining sud majlisida ishtirok etishi shart edi. O`z navbatida, senor vassal qaramlikni qabul qilishni rad etishi va len egasini o`z egaligidan mahrum qilishi mumkin bo`lmagan. Chunki «Sakson zertsalosi»ga binoan, «agar sud tomonidan tortib olinmagan bo`lsa, hech kim yer egaligidan mahrum qilinishi mumkin emas» edi. Agar xo`jayin vassalidan yerni asossiz ravishda tortib olsa va len ajratishni adolatsizlik bilan rad etsa, len oluvchi yuqori turuvchi (katta) senorga shikoyat qilishi mumkin bo`lgan. Katta senor kichik senordan bu masalani tegishlicha adolatli hal etishni talab qilgan. Aks holda bunday yer egaligi va vassallik sud orqali yuqori turuvchi senor ixtiyoriga o`tkazilishi mumkin edi. O Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling