Germaniya davlati va huquqi
Umumimperiya qonunchiligi
Download 205 Kb.
|
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari
Umumimperiya qonunchiligi
uqorida ta`kidlanganidek, XII-XIII asr-larda imperiya markaziy organlarining qarorlari asosan «umumdavlat tinchligi»ni saqlab turish funksiyasini bajargan. Shunga muvofiq, umumimperiya huquqi an`anaviy tarzda asosan jinoiy-huquqiy normalarni belgilagan. Dastlab tinchlikni saqlab turish mexanizmi shundan iborat bo`lganki, ularga zo`ravonliklar qilmasliklari haqida majburiyat (qasam orqali) yukla-tilgan edi. Keyinchalik qabul qilingan statutlarda fuqarolarning hayoti va mulkini himoya qilish to`g`risidagi normalar qasamyodlardan mustaqil, imperativ xarakter kasb etgan va ancha keng darajadagi munosabatlarni qamrab ola boshlagan. Masalan, Maynts statutida cherkov yurisdiksiyasiga bo`ysunmaslik, noqonuniy tarzda yo`l haqi va boshqa yig`imlar undirish, fuqarolar va chet elliklarning bexatar erkin ko`chib yurishiga to`sqinlik qiluvchi g`ayriqonuniy soliq va o`lponlar olish, fuqarolarning turli huquq-larini poymol qiluvchi asossiz da`vo (homiylik huquqida va h.k.) arizalarni berish kabilar tinchlikni buzish hisoblangan va bular uchun jazolar belgi-langan. Unda, shuningdek, qalbaki pullar yasash, garovga olingan shaxsni egallab olish, odam o`ldirish (ayniqsa o`z otasini o`ldirish), davlatga xiyonat qilish kabi jinoyatlar uchun ham og`ir jazolar nazarda tutilgan. Tinchlik statutlariga muvofiq, jabrlanuvchilar o`zboshimchalik bilan, o`z hollaricha sud qilmasliklari lozim edi va bunda «o`lkalarning oqilona odatlariga asosan adolat bo`yicha» ishlarni hal qilish uchun sudga muro-jaat qilishlari kerak edi. Bu prinsip jabrlanuvchi yoki sudya tomonidan buzilsa, ularga kamida jarima solingan, chunki «qayerda huquqning hokimiyati tugasa, o`sha yerda shafqatsiz o`zboshimchalik hukm suradi». Sudga murojaat qilmay, g`ayriqonuniy qasos olish, sud oldida tuzilgan yarashish ahdini buzish, qarzni undirish maqsadida sudyalarning ruxsatisiz birovning mulkini egallab olish qonunga xilof hisoblangan. Bunday xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslar - aybdorlar «qonundan tashqari» deb e`lon qilinishi mumkin edi. Lekin, shu bilan birga ba`zan, agar tomonlar sud qaroridan qanoat hosil qilmasalar, ma`lum qoidalarga rioya etgan holda sudsiz jazolash, urish-kaltaklashga yo`l qo`yilgan. Statutlarda sudlarning tashkil etilishi va faoliyati prinsiplariga alohida e`tibor berilgan. Sudyalik mansabini faqat adolatli kishilar egal-lashi zarurligi e`lon qilingan, mavqei bo`yicha yuqori yoki teng guvohlar ishtirokidagi tenglar sudi prinsipi o`rnatilgan. Imperator yo`qligida sud ishlariga boshchilik qiluvchi yustitsiariy o`z shaxsiy sifatlari bilan man-sabiga loyiq bo`lishi, erkin kishilar tabaqasiga mansub bo`lishi va man-sabida «o`zini yaxshi tutsa», kamida bir yil ishlab berishi lozim edi. Fuqarolarning «huquqlari va mulklari»ga taalluqli sud majlislari yakshan-ba va bayram kunlaridan tashqari har kuni o`tkazilar edi. To`g`ri, knyazlar va boshqa yuqori martabali shaxslarning huquqlari yoki mulkiy manfaat-lari bilan bog`liq sud majlislari bundan mustasno edi. Juda muhim ishlar bevosita imperator tomonidan ko`rib hal qilinardi. Yystitsiariyning huzuri-da dunyoviy kishilardan tanlab olingan maxsus notarius mansabdorlarining bo`lishi nazarda tutilgan edi. Notarius ariza va shikoyatlarni qabul qilib olish va saqlash, imperatorlik sudida bayonnomalarni yuritish va qarorlarni yozish bilan shug`ullanishi lozim edi. Ayniqsa, nizoli masalalarni odat huquqiga asosan hal qilinishi mumkin bo`lgan joyini ko`rsatgan holda yozib qo`yilishi tavsiya qilingan. Shunday qilib, ishlarni «umumiy» german huquqi asosida hal qilish imkonini beruvchi sharoitlar yaratila boshlandi. Shu maqsadda sud qarorlarini saqlash, tizimga solish va o`rganish uchun doimiy devonxona tuzishga harakat qilingan. Jazo prinsiplari jinoyat va jinoyatchining xarakteri bilan belgilangan. Jinoyatning «qo`polligi», shuningdek, retsidivligi (qayta sodir etilganligi) hisobga olingan. Mulkiy huquqbuzarliklar uchun asosan yetkazilgan zararni undirish ko`zda tutilgan. Jinoyat ishtirokchilari teng darajada jazolanganlar. «Podshoning g`azabiga uchrash» - imperator tomonidan kishining «qonundan tashqari» deb e`lon qilinishi alohida ta`kidlangan. Bunday shaxslar obro`-e`tibori va barcha huquqlaridan mahrum etilgan. «Qonun-dan tashqari» deb e`lon qilingan kishini bila turib yashirgan kishilarga ham u bilan teng jazo berilgan. Agar shunday jinoyatchini shaharda yashirgan bo`lsalar, shahar ham jinoiy ta`qib ostiga olingan va devorlari buzilgan. Tinchlik statutlari imperatorlik huquqining bir qismi bo`lib, imperiyaning shaxsan german hududlari uchun mo`ljallangan edi. Italiya uchun esa ancha keng va chuqur ishlab chiqilgan qonunlar to`plami chiqarilgan edi. Imperator qonunchiligining turli huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga jazo berish haqidagi an`anasi XVI asrda «Karolina» nomli huquqiy hujjat chiqarilishi bilan qayta tiklandi. «Karolina»da jinoyat huquqining ba`zi umumiy prinsiplari, shuningdek, jinoyatlar va jazolarning katta ro`yxati berilgan. Bu qonun sheffenlar uchun sud ishlarini yuritish bo`yicha amaliy qo`llanma bo`lib hisoblangan. Unda jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi normalari aniq tizimga solinmagan va bir-biridan ajratilgan tarzda joylashtirilmagan edi. «Karolina»da jinoyat huquqiga oid qasd va ehtiyotsizlik, javob-garlikni istisno qiluvchi, yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlar, ishtirokchilik kabi umumiy tushunchalar o`z aksini topgan. Biroq, bu tushunchalar hamma holatlar bo`yicha aniq ifoda etilmagan edi va faqat alohida turdagi jinoyatlar va jazolarga nisbatan bayon qilingandi. «Karolina» bo`yicha, jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik, odatda ayb - qasd yoki ehtiyotsizlik mavjud bo`lganda kelib chiqqan. Lekin, o`rta asrlardagi Germaniya huquqi ko`pincha aybsizlik holatida, boshqa shaxslarning aybi uchun («ob`yektiv ayblash») ham javobgarlik o`rnatgan. Bundan tashqari, aybni o`rnatish usullarining qo`llanilishi ko`pincha aybsiz kishini javobgarlikka tortilishiga olib kelgan. «Karolina»da jazoni istisno qiluvchi holatlar odam o`ldirish jinoyati misolida batafsil bayon qilingan. Masalan, zaruriy mudofaa holatida, ya`ni «uchinchi shaxsning hayoti, tanasi va mulkini himoya qilish» hollarida, xizmat burchi bo`yicha jinoyatchini qo`lga olayotganda va boshqa ba`zi holatlarda odam o`ldirish uchun javobgarlik kelib chiqmasdi. Agar bir kishi boshqa bir kishiga o`ldiradigan qurol bilan hujum qilsa va jabrlanishi mumkin bo`lgan shaxs boshqacha tarzda himoyalanishi mumkin bo`lmay, hujum qilgan shaxsni o`ldirsa, bu - zaruriy mudofaa hisoblanib, jinoiy javobgarlik keltirib chiqarmagan. Jinoyatchini qo`lga olish uchun qilingan «qonuniy hujum» natijasida u o`ldirib qo`yilsa, bu - zaruriy mudofaa emas, qonuniy chora sifatida jinoiy javobgarlik uchun asos bo`lmagan. Biroq, hujum qilishni to`xtatib, niyatidan qaytgan shaxsni ta`qib qilib o`ldirish ham zaruriy mudofaa hisoblanmagan va bunday holatda odam o`ldirgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin edi. «Karolina»da zaruriy mudofaaning har bir holatini chuqur va atroflicha qunt bilan tekshirib chiqish zarurligi ko`rsatilgan. Bunda zaruriy mudofaaning qonuniy ekanligini odam o`ldirgan shaxsning o`zi isbotlashi lozim edi. Agar u buni isbotlay olmasa, jazolangan. «Karolina»da aybni yengillashtiradigan ba`zi holatlar ham nazarda tutilgan. Bularga qasdning yo`qligi («qo`pollik», «mulohazasizlik», «yen-giltaklik» va «kaltabinlik» oqibatida odam o`ldirish), jinoyatni «g`azab va nafrat» natijasida sodir etish kabilar kirgan. O`g`rilik jinoyati 14 yoshga to`lmagan shaxslar tomonidan yoki «bevosita ochlik, yetishmovchilik» natijasida sodir etilgan bo`lsa, bular aybni yengillashtiruvchi holatlar hisoblangan. Qonunnomada ko`proq aybni og`irlashtiruvchi holatlarga e`tibor beriladi. Jinoyatni ochiqdan-ochiq (oshkora), qo`pol tarzda, «buzuq niyatda», «tahqirlovchi» xarakterda, shuningdek, qayta sodir etilishi, yetkazilgan zararning katta miqdorda bo`lishi, jinoyatchining «yomon nom chiqargan»ligi, jinoyatning bir guruh shaxslar tomonidan qilinganligi, o`z xo`jayiniga nisbatan sodir etilganligi va boshqalar aybni og`irlashtiruvchi holatlar qatoriga kiritilgan. «Karolina» jinoyat sodir etishning alohida bosqichlarini bir-biridan ajratib ko`rsatadi. Jinoyatga suiqasd qilish jinoyatchining istak-irodasiga qarshi amalga oshmay qolgan va qasddan qilingan xatti-harakat sifatida ko`rilgan. Jinoyatga suiqasd uchun beriladigan jazolar odatda tugallangan jinoyatlar uchun beriladigan jazolar bilan teng darajada bo`lgan. Qonun-nomada ishtirokchilik masalasida ko`proq sheriklik to`g`risida eslatiladi. Bunda asosan uch turdagi sherikchilik ajratib ko`rsatiladi. Bular: jinoyat sodir etilgunga qadar yordam berish, jinoyat sodir etilayotgan joyda yor-dam berish va jinoyat sodir etilgandan so`ng yordam berishdir. Oxirgi holatda jinoyatga «g`araz maqsadda hamkorlik» qilish va jinoyatni «rahm-dillik bilan yashirish» bir-biridan farqlangan, ya`ni keyingi holda yen-gilroq jazo nazarda tutilgan. «Karolina»da jinoyat tarkiblari tasniflashtirilmagan, lekin har qalay ularning ba`zi ko`proq yoki kengroq guruhlari alohida-alohida joylash-tirilgan holda sanab o`tilgan. Unda avvalo dinga qarshi jinoyatlar - dinni, xudoni tahqirlash, muqaddas joylarni tahqirlash, jodugarlik bilan shug`ul-lanish, qasamni buzish, shuningdek, xristian axloqi bilan sig`isha olmaydi-gan jinoyatlar - tuhmat qilib yozilgan xatlarni tarqatish, monetalar, huj-jatlar, og`irlik o`lchovlari, savdo ob`yektlarini qalbakilashtirish kabilar ko`rsatilgan. Ularga axloqqa qarshi jinoyatlar: er yoki xotinning bir-biriga nisbatan xiyonat qilishi, ikki nikohlilik, yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilish, qo`shmachilik, nomusga tegish, xotin va qizlarni o`g`irlash jinoyatlari ham qo`shilgan. Davlatga qarshi jinoyatlar tarkibiga davlatga xiyonat, hokimiyatga qarshi isyon ko`tarish, «o`lka tinchligi»ni buzishning turli-tuman ko`ri-nishlari: dushmanlik va qasos, bosqinchilik, o`t qo`yish, buzuq niyatda darbadarlik qilish va boshqalar kirgan. Qonunnomada imperator hazrati oliylarini haqorat qilish uchun javobgarlik haqida ham qisman eslab o`tiladi. Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar guruhida turli ko`rinishlardagi odam o`ldirish jinoyatlari, shuningdek, jinoyatchining o`zini o`zi o`ldirishi alohida ajratib ko`rsatiladi. Agar jinoyat sodir etgan shaxs o`z joniga suiqasd qilsa, ya`ni o`zini o`zi o`ldirsa uning merosxo`rlari merosdan mahrum qilinishi mumkin edi. Mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlarga turli ko`rinishlardagi bir qancha o`g`irliklar, ishonib topshirilgan mulkni noinsoflik bilan boshqa-rish kabilar kirgan. Qonunnomada cherkovdagi o`g`irlik, shuningdek, asosan aholining kam mulkli tabaqasi tomonidan sodir etiladigan o`g`ir-liklar, ya`ni birovning meva va hosilini, baliqlarini, o`rmonini kesib, daraxtlarini o`g`irlash haqida maxsus ko`rsatib o`tilgan. Nihoyat, sudlovga qarshi ba`zi jinoyatlar ham eslab o`tiladi. Masalan, yolg`on guvohlik berish, qo`riqchi tomonidan mahkumning g`ayriqonuniy suratda ozod qilinishi, qiynash asosida nohaq so`roq qilish kabilar Qonunnomaga binoan jinoiy javobgarlik keltirib chiqargan. Shuni alohida ta`kidlash joizki, «Karolina»ning preambulasida garchand «kambag`al va boylar»ning sud oldidagi tengligi haqida gapirilgan bo`lsa ham, ammo uning ko`p moddalarida buning teskarisini kuzatish mumkin. Xususan, Qonunnomaning bir qancha moddalarida jazo tayinlashda jinoyatchi va jabrlanuvchi shaxsning qaysi tabaqaga mansub-ligi hisobga olinishi zarurligi ta`kidlangan. Masalan, 160-moddada ko`rsa-tilishicha, sudya o`g`irlik uchun jazo tayinlayotganda o`g`irlangan ashyoning qiymatini va boshqa holatlarini, ayniqsa «o`g`irlik sodir etgan shaxsning unvoni va mavqeini hisobga olishi lozim». Shuningdek, 158-moddada aslzoda shaxs o`g`irlik uchun jinoiy javobgarlikka emas, balki «fuqarolik-huquqiy jazoga» tortilishi mumkinligi nazarda tutilgan. «Umumdavlat tinchligi»ni buzishlik qonunga binoan qattiq jazolangan. Lekin yetkazilgan ozor uchun yoki o`z xo`jayinining dushmanidan qasos olishga imperatordan ruxsat olgan shaxslarning «umumdavlat tinchligi»ni buzishi butunlay qonuniy hisoblangan. Aslzoda bo`lmagan, kambag`al kishilar jinoyat sodir etganda ularga nisbatan boshqacha jazolar berilgan. To`g`ri, Qonunnomada kunduz kuni uncha katta bo`lmagan miqdorda yoki «bevosita ochlik-nochorlik ehtiyoji»dan o`g`irlik sodir etish jinoyati uchun faqat mulkiy javobgarlik nazarda tutilgan. Biroq kambag`al kishilarning mulkiy zararni to`lashi nihoyatda og`ir bo`lgan. Bundan tashqari, kambag`al kishilar birovning hosilini, baliqlarini, o`rmonidan daraxtlarini kechasi o`g`irlasa, ularga nisbatan jazolar yoki sudyalarning xohishiga qarab va mahalliy odatlar bo`yicha boshqacha jazolar ham berilishi mumkin edi. Qonunnomada, ayniqsa, shubhali bo`lib ko`ringan daydi va gadoylar «mamlakat uchun xavfli zulmkorlar» sifatida zudlik bilan va shafqatsiz jazolanishi lozimligi ko`rsatilgan(39-, 128-moddalar). Sudyalar sud ishlarini yuritishda va jazolar tayinlashda keng imko-niyatlarga ega bo`lganlar. Ularning bunday imkoniyatlari faqat bitta ko`r-satma bilan cheklangan edi, xolos. Qonunga binoan, eng oliy jazo belgi-lash huquqi rasman imperatorga tegishli edi. Sudlar o`z xohishlari bo`yi-cha tavsiya etilgan jazolardan bittasini yoki bir nechtasini tayinlashlari, mahalliy odatlarni qo`llashlari, mushkul hollarda esa qonunshunoslarning tushuntirishlariga murojaat qilishlari mumkin bo`lgan. Jazolar tizimining asosiy maqsadi - qo`rqitish edi. «Karolina»da jazolarning quyidagi asosiy turlari nazarda tutilgan: o`lim jazosi, tana a`zolaridan mahrum etish (tilini, quloqlarini va tananing boshqa a`zolarini kesish) jazolari, tan jazolari (xipchin bilan savalash), sharmanda qiluvchi jazolar (huquqidan mahrum etish, temir bo`yinbog` qo`yish, tamg`a bosish), haydab yuborish, turmaga qamash, yetkazilgan zararni undirish va jarima. Qonunnomada o`lim jazosini anchagina jinoyat uchun qo`llanilishi mumkinligi to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatib qo`yilgan edi. U ko`p hollarda murakkab shaklda - yoqib yuborish, to`rt bo`lakka bo`lib tashlash, charx-palakka tortib o`ldirish, suvga cho`ktirish, ayollarga nisbatan - tiriklayin ko`mish kabi ko`rinishlarda amalga oshirilgan. Tan jazolari va tana a`zo-laridan mahrum qilish jazolari firibgarlik va o`g`irlik uchun tayinlanishi mumkin edi. Turmaga qamash, haydab yuborish va sharmanda qilish jazolari ko`proq qo`shimcha jazo sifatida qo`llanilgan. Shuningdek, mol-mulkni musodara qilish, qatl etishdan oldin qizigan ombur bilan siqib qiynash va qatl etish joyiga sudrab borish kabilar ham xuddi shunday qo`shimcha jazolar edi. Shu bilan birga Qonunnomada «niyati buzuq» va «kelajakda jinoyat qilishga qodir» shaxslar noma`lum muddatga turmaga qamalishi ko`rsatilgandi. «Karolina» jinoyat jarayonining yangi turi o`rnatilganligidan guvohlik beradi. Germaniyada ilk feodalizm davrida sud ishlari yuritish-ning ayblov (tortishuvchanlik) jarayoni qo`llanilgan. Fuqarolik jarayoni jinoyat jarayonidan ajratilmagan edi. XIII-XIV asrlarda ta`qib qilishning xususiy huquqiy prinsipi ommaviy hokimiyat nomidan ayblash va jazo berish bilan to`ldirila boshlandi. Dalillar tizimi o`zgargan. XIII asr oxirida sud dueli qonunan bekor qilindi. Biroq, Germaniyada yangi, tergov-qidiruv (inkvizitsion48) jinoyat jarayonining butunlay o`rnatilishi rim huquqining andoza (retsepsiya) qilinishi bilan bog`liq bo`lgan. «Karolina» ayblov jarayonining ba`zi belgilarini saqlab qolgan edi. Jabrlanuvchi yoki boshqa da`vogar jinoiy da`vo qilishi, ayblanuvchi esa - ushbu da`voga e`tiroz bildirishi va uni asossiz ekanligini isbotlashi mum-kin bo`lgan. Tomonlarga hujjatlar va guvohlar taqdim qilish, yuristlarning xizmatidan foydalanish huquqi berilgan. Agar ayblov tasdiqlanmasa, da`vogar «yetkazilgan zararning, sharmandalikning o`rnini to`ldirishi va sud harajatlarini to`lashi» lozim edi (13-modda). Biroq tomonlarning bu huquqlari ko`pdan-ko`p rasmiy cheklovlar bilan bog`liq bo`lgan, ayblanuvchi esa juda kamsitilgan ahvolda edi. «Karolina»da ko`rsatilishicha, jinoiy ishlarni ko`rishning asosiy shakli - inkvizitsion jarayon (zulmga, qiynashga asoslangan qidiruv-tergov jarayoni) bo`lgan. Ayblov «xizmat vazifasi bo`yicha» davlat kishisi tomonidan sudyaga taqdim qilingan. Tergov sud tashabbusi bilan olib borilgan va ma`lum muddatlar bilan chegaralanmagan. Gumondor shaxsga nisbatan jismoniy ta`sir etish vositalari keng qo`llanilgan. Bu vaqtga kelib sud ishlarining to`g`ridan-to`g`ri, oshkora yuritilishi o`rniga yashirin va asosan yozma tarzda olib borilishi joriy qilingan. Inkvizitsion jarayonning asosiy bosqichlari: surishtiruv, umumiy tekshiruv va maxsus tergov bo`lgan surishtiruvning vazifasi jinoyat sodir etilganlik faktini va bunda gumon qilinuvchi shaxsni o`rnatish hisob-langan. Buning uchun sudya jinoyat va jinoyatchi haqidagi dastlabki maxfiy ma`lumotlarni yig`ish bilan shug`ullangan. Agar sudya kimnidir «umumiy ovoz bilan (ko`pchilik fikriga ko`ra-H.M.) yoki boshqa ishonarli dalillar, gumonlar va isbotlar bilan aybdor deb hisoblagan» bo`lsa, u qamoqqa olingan. Umumiy tekshiruvda qamoqqa olingan shaxs ish holat-lari haqida, jinoyat haqidagi ba`zi ma`lumotlarni aniqlash maqsadida dastlabki qisqacha so`rov qilingan. Bunda gumonlanuvchi shaxsning «aybsizlik prezumpsiyasi» prinsipi harakatda bo`lgan. Nihoyat, yuqoridagi tekshiruv ishlari amalga oshirilib bo`lingach, maxsus tergov o`tkazilgan. Bunda jinoyatchi va uning sheriklarini batamom fosh etish va mahkum qilish uchun ayblanuvchi va guvohlar batafsil so`roq qilingan, dalillar yig`ilgan. Maxsus tergov inkvizitsion jarayonning hal qiluvchi bosqichi hisoblangan va hukm chiqarish bilan tugagan. Bu tergov rasmiy dalillar nazariyasiga asoslangan. Dalil qonun bilan mufassal va bir xil ma`noda tartibga solingan. Har bir jinoyat uchun «to`liq va asil dalillar, isbotlar va gumonlar» turlari sanab ko`rsatilgan. Shu bilan birga umumiy qoida bo`yicha, barcha dalillar, isbotlar va gumonlar to`la va oxirgi hukm chiqarilishiga olib kelishi mumkin emas edi. Hukm faqat ayblanuvchining shaxsan tan olishi va guvohlantirilishi asosida chiqarilishi mumkin edi (22-modda). Modomiki, ayblanuvchilar aybini har doim ham ixtiyoriy ravishda tan olavermaganligi sababli ular ko`pincha qiynash-azoblash yo`li bilan so`roq qilinardilar. Inkvizitsion jarayonning mohiyati ham ana shunda edi. Shunday qilib, butun dalillar yig`ishning maqsadi haqiqatda qiynoq qo`llash uchun sabablar qidirish bo`lib qolgan edi. Qiynoqlar qo`llash rasman bir qator shart-sharoitlar bilan bog`liq bo`lgan. Masalan, agar ish bo`yicha yetarlicha dalillar topilmagan bo`lsa, shuningdek, jinoyat u yoki bu shaxs tomonidan sodir qilinganligi «gumon» qilinayotgan bo`lsa, qiynoqlar qo`llanilishi mumkin emas edi. Qiynash asosida so`roq qilish uchun yetarlicha dalillar to`plangan bo`lishi lozim edi. Masalan, ikkita asl guvohlarning ko`rsatmalari qiynoq-azoblash yo`li bilan so`roq qilishga yetarli dalil bo`lgan. Agar bunda faqat bitta guvoh bo`lsa, bu yarimta dalil va «gumon» hisoblangan. Faqat bir nechta «gu-monlar»ning mavjudligi sudyaning xohishi bo`yicha qiynoqlar qo`llashga olib kelishi mumkin edi. Shu narsa xarakterliki, «gumonlar» orasida, shuningdek, insonning «oqibatini o`ylamay ish tutishi va yomon ot chiqar-ganligi», jinoyat sodir etishga «layoqatligi» ko`rsatilgan (25-modda). Qiynash ostida tan olishlik, shuningdek, ma`lum shartlar mavjud bo`lgan-da ham haqiqiy hisoblanardi. Masalan, qiynash vaqtida emas, undan keyin, kamida bir kun o`tgach kameradan tashqarida qaytadan qiynash paytida olingan va yozilgan hamda ish bo`yicha tegishli boshqa ma`lumotlarning tan olinishi haqiqiy deb topilgan. «Karolina»da qiynash ostida so`roq qilishning barcha shartlariga rioya qilish talab qilinadi. Agar sudya bu shartlarga rioya qilmasa va g`ayriqonuniy so`roq qilsa, jazolanishi va yetkazilgan zararni to`lashi lozim edi. Biroq, bu yuqorida ko`rsatilgan cheklashlar uncha muhim ahamiyat-ga ega bo`lmagan. Birinchidan, qiynoqni o`lim jazosi nazarda tutilgan jinoyat sodir etilish fakti aniqlangandan keyin darhol qo`llash lozimligi ko`rsatilgan. Bundan tashqari, davlatga xiyonat qilishda hatto ozginagina gumon qilingan shaxsni qiynoq yo`li bilan so`roq qilish mumkin edi (42-modda). Ikkinchidan, agar ayblanuvchi o`z aybiga avvaliga iqror bo`lib, so`ngra uni inkor qilsa yoki bu «iqror»lik boshqa ma`lumotlar bilan tasdiqlanmasa, sudya qiynoq asosida so`roq qilishni qayta tiklashi mumkin bo`lgan. Natijada sudyalarning qiynoqni «g`ayriqonuniy» ravishda qo`l-laganligini amalda isbot qilib bo`lmas edi. Shuningdek, «Karolina»da ko`rsatilishicha, agar ayb tasdiqlanmasa, sudya va da`vogar qiynoq qo`llanganligi natijasida yetkazilgan zararni to`lash majburiyatiga ega bo`lmaganlar. «Karolina»da qiynoq qo`llash tartibi va usullari haqida hech qanday normalar belgilanmagan edi. Unda faqat qiynoq ostida so`roq qilish sudya, ikkita sud maslahatchilari va sud kotibining ishtirokida amalga oshirilishi ko`rsatilgan. Qiynoqning muayyan usullari haqidagi ko`rsatmalar qonun-shunoslarning sharhlarida berilgan. Shu narsa ma`lumki, Germaniyada XVI asrda qiynoqlarning 50 dan ortiq turi qo`llanilgan. Sud majlisi sud jarayonining yakunlovchi bosqichi bo`lgan. Lekin u haqiqatda sud jarayonining mustaqil bosqichi hisoblanmagan. Madomiki, sudning o`zi tergov olib borish, ham ayblovchi, ham oqlovchi dalillarni yig`ish ishlari bilan shug`ullanar ekan, oxirgi hukm tergov davomidayoq aniqlab qo`yilgan. Sudya va sud maslahatchilari maxsus tayinlangan «sud kuni» oldidan tergov bayonnomalarini ko`rib chiqqanlar va ma`lum shakldagi hukmni tuzganlar. Shunday qilib, «sud kuni»da asosan hukm e`lon qilingan va ijro etilgan. Hukm omma oldida qo`ng`iroq chalib e`lon qilingan. Bundan ko`zda tutilgan asosiy maqsad qo`rqitish edi. Hukmlar ayblovchi, gumon ostida qoldiruvchi va oqlovchi bo`lgan. X Download 205 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling