Germaniya davlati va huquqi


Download 205 Kb.
bet17/20
Sana23.04.2023
Hajmi205 Kb.
#1388127
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Germaniyada bolalarning huquqqiy vakolatlari

Shahar huquqi
`rta asrlar huquqi shaharga «korporatsiya» - fuqarolarning yagona, bir butun yig`indisi statusini va shu tariqa yuridik shaxs huquqini bergan. Germaniyaning shahar huquqi to`plamlarida uning nufuzli ekanligi va qirollikdan kelib chiqqanligi ta`kidlanadi, chunki qirol «savdogarlarga huquq bergan, bunday huquqqa qirolning o`zi doimo o`z saroyida ega bo`lgan». Shu sababli savdo maydonidagi krest (xoch) va osib qo`yilgan qirol qo`lqopi shaharning ramzi bo`lib qolgan, zotan «bu joyda qirollik tinchligi va qirol xohish-irodasi harakatda ekanligi ko`rinib turishi» lozim edi.
Germaniyaning shahar huquqi dastlab umumdavlat va len huquqlarining prinsiplari va institutlariga asoslangan. Bu ayniqsa nikoh-oila va meros munosabatlari sohasida ko`zga yaqqol tashlanadi. Biroq, german shaharlari mustaqilligining kuchayib borishi jarayonida shahar huquqining o`z xususiy prinsiplari va normalari borgan sari ko`payib, mazmunan boyib bordi. Bozorlar va yarmarkalarni tartibga solish, mulkni tasarruf qilish va qarzlarni undirish masalalariga alohida e`tibor berila boshlandi. Germaniya shaharlarida yarmarkalarga oid qonunlar va veksel ustavlari juda erta qabul qilingan edi. Ularda oldi-sotdi, qarz, garov, ssuda, topshiriq kabi shartnomalar juda batafsil huquqiy tartibga solingan edi. Shahar huquqidan asta-sekin ajralib chiqa boshlagan savdo huquqida veksel va savdo shirkati institutlari yanada rivojlandi.
Shaharlik o`z xususiy mablag`iga sotib olgan mol-mulkni tasarruf etishda to`la erkin edi. U uch shillingdan ortiq mulkni faqat bitta shart - «sog`lom holatda bo`lishlik» sharti bilan erkin ravishda vasiyat qilib qoldirishi mumkin edi.
Germaniyaning o`rta asrlardagi huquqi, jumladan, shahar huquqi ham qarzdorlarga nisbatan juda shafqatsiz bo`lgan. Agar javobgar sud qarori asosida da`vogarga qarzini va sudga jarimani to`lay olmasa, uning mol-mulki musodara qilingan yoki uning qarzini to`lash istagini bildi-ruvchi shaxs topilguniga qadar qamoqqa olingan. Bundan tashqari, qarz beruvchi o`zining ta`sir ko`rsatish usullaridan foydalanishi, masalan, qarzdorni ozgina ovqat bilan kishanda saqlashi mumkin bo`lgan. Lekin bunda qarzdorga «azob berish kerak emas» deb qo`shimcha shart qo`yilgan edi. Germaniyaning shahar huquqi qarz masalalarida len huquqi hamda cherkov huquqidan farqli o`laroq, boshqa o`ziga xos prinsipni ham mustahkamlagan. Bunga ko`ra, o`g`il o`lgan otasining qarzini to`lashdan ozod etilgan. Albatta, bunda «qonun bo`yicha talab qilinadigan qarz haqida xabar qilinmagan bo`lishi» kerak edi.
Shahar jinoyat huquqi «shahar tinchligi»ni muxofaza qilib, jazolarning juda oddiy turlarini belgilagan. Odam o`ldirish yoki o`limga sabab bo`luvchi tan jarohati yetkazish, zo`rlab nomusga tegish, birovning uyiga bostirib kirish kabi jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarning boshi kesilgan. Birovga boshqacha tan jarohati yetkazganlik uchun qo`lni kesish jazosi tayinlangan. Og`irlashtiruvchi holatlarsiz oddiy o`g`irlik uchun, shuningdek, savdo qoidalarini buzishlik uchun sharmanda qiluvchi jazolar (sochini qirqib tashlash va qamchi bilan savalash) nazarda tutilgan. Bundan tashqari, savdo sohasidagi qoidalarni buzgan shaxslar ratman-larning49 maxsus roziligisiz savdo faoliyati bilan shug`ullanish huquqidan mahrum etilgan. Shahar hayotiga xos bo`lgan boshqa jinoyatlar - birovning mulkini egallab olish, yer egaligini buzish, sheffenni haqorat qilish, topshiriqni buzish kabilar uchun jarima nazarda tutilgan. Birovning mulkiga ataylab «insofsizlik» bilan tajovuz qilish - kechasi o`g`irlik qilish, uxlab yotgan kishiga nisbatan o`g`irlik qilish paytida qo`lga tushib qolgan jinoyatchiga nisbatan osib o`ldirish va uyini buzib tashlash kabi jazolar tayinlangan.
Germaniya shahar huquqida sud ishlari yuritishni tashkil qilish, isbotlash va jarayon qoidalarini belgilash masalalari o`ziga xos puxta va atroflicha ishlab chiqilganligi bilan ajralib turadi.
Shahar sudiga shaharning senori tomonidan tayinlanadigan
Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling