Germaniya federativ respublikasi


Download 1.34 Mb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1193298
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу

Bunda ular shaharning turli qismlarini (rayonlarini)-sanoat rayoni, aholi yashovchi rayon, xizmat ko’rsatish rayonlarini oqilona joylashtirish sxemalarini ishlab chiqdilar V.Kristallerning «markaziy o’rinlar» modeli. 1-eng kichik aholi manzilgohi; 2-mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan markaz; 3-undan yuqori pog‗onada turuvchi shahar

a-xalqasimon; b-sektorli; v-ko’p yadroli; 1-markaziy ish yurituvchi rayon; 2-ulgurji savdo va yengil sanoat rayoni; 3-aholi massivlari (noqulay); 4- o’rtacha sifatli aholi uy-joylari; 5-obod shahar (qulay va shinam uy-joylar); 6-og‗ir sanoat rayoni; 7-tashqi ish yurituvchi rayon; 8-shahar atrofi aholi manzilgohlari; 9- shahar atrofi sanoati; 10-tebranma migratsiya zonasi.

B.Rodomanning «qutblashgan landshaft» modeli Hududning ekologik qutblashuvi: a) ob‘ektiv jarayon, b) istalgan yo’nalishdagi rekonstruksiya ishlari, v) modelni o’zgartirish g‗oyalari (Rodoman bo`yicha). 1-aholi manzilgohlari markazlari va transport tugunlari; 2-boshqa aholi massivlari (seliteb hudud); 3- qishloq xo’jalik uerlari; 4-foydalanilayotgan tabiiy landshaft; 5-foydalanilmayotgan landshaft. Yo’llar: A – inson tomonidan yaratilgan, V - tabiiy. I.Ilk dehqonchilik davrida aholi manzilgohi atrofida juda katta maydonlarda yovvoyi tabiat hukmron bo’lgan. II. Kichik sayyorada shahar va tabiiy landshaftni hamma yarim shar markazida polosa tarzida joylashtirish mumkin. III. Agar shahar kvartallari va shahar atrofi landshaftlari o’zaro almashsa, turar joy binolari tabiatga kirib boradi, shahar kvartallari yo’l bo’ylab joylashadi. IV. Hozirgi kunda shaharlar qo’shilib ketib, tabiiy landshaftlar orollar shaklidagina saqlanib qolmoqda. V.Tabiiy landshaftlarni yo’laklar orqali parklar bilan bog‗laymiz. VI. Shunday holatda ikki transport yo’llari-sun‘iy va tabiiy yo’llar kesishadi.

  • B.Rodoman shaharlarni joylashtirishda ―qutblashgan landshaft‖ modelini yaratadi (1970 y.). Unga ko’ra aholiga zarur bo’lgan ikki qarama-qarshi muhit- shahar va tabiat orasida o’zlashtirilish darajasi har xil bo’lgan, turli funksional zonalar: aholi massivlari, agrosanoat majmualari, shahar atrofi bog‗lari, turistik maskanlar va b. almashinib joylashishi lozim. Shunda tabiat shahardan oraliq zonalar orqali ajralib turadi va unga keskin zarar yetmaydi
  • Olimlar shaharlarning joylashuvi ma‘lum bir qonuniyatlarga asoslanishini aniqlab, optimal joylashtirish sxemalarini yaratishga harakat qilganlar. Ammo, bunday sharoitlarni hamma yerda ham topish qiyin va ular ―ideal‖ shahar ko’rinishida aks etgan. Aksariyat hollarda esa, shahar va qishloqlar areal, chiziq va tugunlar shaklida joylashgan (4-rasm).
  • Sobiq Ittifoq davrida dastlab shaharlarni geografik o’rganishga N.Baranskiy asos soldi. U shaharlarning vujudga kelishida iqtisodiy geografik o’rin konsepsiyasini yaratdi.
  • 1960-70-yillarda MDH davlatlarida sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi asosida shaharlashish jarayoni avj oldi. Uni o’rganishga bo’lgan qiziqish borasida ko’plab olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. Y.Saushkin, G.Lappo, E.Persik, V.Listengurt, X.Xorev, P.Polyan va boshqalar ushbu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.
  • O’zbekistondagi dastlabki geourbanistik tadqiqotlar XX asrning ikkinchi yarmiga to’g‗ri keladi. N.Smirnov tomonidan 1962-yilda ―Farg‗ona vodiysi shaharlari‖ nomli asarning yaratilishi bu boradagi ilk qadam bo’ldi. Z.Akramov, T.Raimov, O.Ota-Mirzaev, A.Soliev, E.Ahmedov, A.Qayumov va boshqalarning O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston shaharlarining rivojlanishiga oid ilmiy asarlari mamlakatimizda o’ziga xos urbanologlar ilmiy maktabining shakllanishiga asos bo’ldi. Hozirgi kunda respublikamizda o’nlab mutaxassislar ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
  • Shaharlar geografiyasining iqtisodiy va sotsial geografiya fani doirasidagi bunday yutug‗ining boisi nima? Avvalambor, ta‘kidlash lozimki, shaharlar xududiy birlikdir, ikkinchidan, ular murakkab sotsial-iqtisodiy kategoriya; uchinchidan, shaharlarda atrof - muhit, mazkur hududning ijtimoiy- iqtisodiy faoliyati, misli oynada aksini topgandek, yaxlit mujassamlanadi; to’rtinchidan, shaharlar har bir davlat, hudud, iqtisodiy va sotsial geografik tizimning tayanch nuqtalari, «ustunlari» bo’lib xizmat kiladi. Shaharlar – bizning o’tmishimiz, hozirgi kundagi qudratimiz va istiqbolda rivojlanish quvvati va imkoniyatimizdir
  • Global va mahalliy omillarning o‘zaro aloqasi natijasida turli urbanistik o‘zgarishlar kelib chiqadi.Shaharlarda 3 xil global o‘zgarishlar mavjud bo‘lib, ular:
  • Mahalliy, mintaqaviy, milliy va global miqyosda urbanistic tizimlarning o‘zgarishi.
  • Urbanizatsiyaning tarqalishi.
  • Urbanistik hududlarda ijtimoiy-hududiy o‘zgarishlar.
  • Шаҳарлар бошқа географик объектларга қараганда ўзининг яхлитлиги билан ажралиб туради. Иқтисодий географик хариталарда йўллар, қишлоқ хўжалиги ерлари, йирик саноат тугунлари билан бирга шаҳарлар ҳам аҳоли сонига қараб, бажарадиган вазифаларига кўра белгилар билан кўрсатилади. Шаҳарлар хариталарда яққол кўзга ташланади. Ҳар бир мамлакатнинг ижтимоий-иқтисодий, маданий ривожланиши кўрсаткичини улардаги шаҳарлар билан белгиланади. Ҳар бир мамлакатларнинг шаҳарлари, уларнинг устуни вазифасини бажаради, шу билан бирга, шаҳарлар ҳам сиёсий, ҳам маъмурий марказий вазифани бажаради. Шуни таъкидлаш лозимки, шаҳарлар ҳудудий бирликдир, шунингдек, улар мураккаб ижтимоий-иқтисодий категория, бундан ташқари шаҳарларда атроф-муҳит, мазкур ҳудуднинг ижтимоий-иқтисодий фаолияти акс этади ва шаҳарлар ҳар бир давлат, ҳудуд иқтисодий ва ижтимоий географик тузилишининг таянч нуқталари бўлиб хизмат қилади.
  • Шаҳарлар географияси фанининг вазифалари қуйидагилар ҳисобланади: шаҳар тушунчаси, шаҳарларнинг вужудга келиши ва ривожланиши, шаҳарлар ривожланишининг тарихий босқичлари, шаҳарларни иқтисодий географик ўрганиш, шаҳарларнинг иқтисодий географик ҳолати, урбанизация жараёнининг хусусиятлари, шаҳарларнинг функционал типлари, шаҳарларнинг аҳоли сонига қараб классификацияси, шаҳар агломерациялари, маятникли миграция, район планировкаси ва шаҳарсозлик масалалари ва бошқалар ҳисобланади.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling