Germaniya federativ respublikasi


Download 1.34 Mb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1193298
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу

SHahar tushunchasi

  • Shahar deb,-aholisining asosiy qismi (75% ortig`i) qishloq xo`jaligi bo`lmagan mexnat bilan band aholi manzilgohiga aytiladi

Shaharlik tushunchasi

  • qishloq xo`jaligi bo`lmagan mehnat bilan band aholiga-shaharlik deyiladi
  • Rus olimi Segida shaharlarga shunday tarif bergan: shahar bu ma’lum aholi soniga ega bo‘lgan, sanoat, tashkiliy-xo‘jalik, boshqaruv, madaniyat, transport va boshqa funksiyalarni bajaruvchi, aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan aholi punktlaridir
  • Rus olimi G.M. Lappo yozganidek, shaharlar ham tirik organizmdek tug‘iladi, ular ma’lum joyda va vaqtda paydo bo‘ladi hamda hayoti davrida bir necha funksiyalarni bajaradi. SHaharlar tabiiy ofatlar, urushlar yoki boshqa hodisalar tufayli yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, ba’zi shaharlar yana o‘z o‘rnida qad ko‘tarishi ham mumkin.
  • Dunyoning turli mamlakatlarida aholi punktlarini shahar aholi punktlari qatoriga qo‘shishga turlicha me’yorlar ishlab chiqilgan. Masalan, ilmiy adabiyotlarda yozilishicha, YAponiyada shahar bo‘lishi uchun aholi punktida kamida 30 ming kishi, Rossiyada 12 ming, O‘zbekistonda 7 ming kishi bo‘lishi lozim. Daniya mamlakatida esa, aholi punktining aholi soni 250 kishi bo‘lsa ham shaharlar qatoriga qo‘shiladi. Dunyoning turli mamlakatlarida shahar aholi punktiga aylanishi uchun turli xil me’yorlar ishlab chiqilgan. Bunda aholi soni, aholi va qurilishlarning zichligi, aholisining mashg‘uloti, ma’muriy funksiyalari va boshqa me’yorlar hisobga olinadi. Aholi punktlari shaharlar qatoriga kiritish me’yorlari BMT tomonidan va har bir davlatlar o‘zining me’yorlarini ishlab chiqqan.
  • SHaharlar geografiyasi bilan xorijlik olimlardan D. Stamp, K.Korpenter, J. Bojyo-Gorne, J. SHabo va boshqalar o‘rgangan. Rus geograf olimi N.Baranskiy shaharlarni iqtisodiy geografik o‘rganishning rejasini quyidagicha tuzgan:
  • Kirish.
  • 1. SHaharning geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va resurslari
  • 2. Tarixiy-geografik rivojlanishi
  • 3. SHaharlarning hozirgi holatiga tasnif
  • 4. SHaharning mikrogeografiyasi
  • 5. SHaharning atrof xo‘jaligi
  • Xulosa ( Baranskiy, 1968 ).
  • Ӯzbek olimi A.S. Soliev shaharlarni iqtisodiy geografik jihatdan o‘rganishda quyidagi rejani tavsiya qilgan.
  • Kirish.
  • 1. SHaharlarning iqtisodiy geografik xolati
  • 2.SHaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy hamda ijtimoiy - iqtisodiy shart-sharoitlar
  • 3. SHaharlarning shakllanish va rivojlanish bosqichlari
  • 4. SHaharlarning hozirgi ahvoli: shahar aholisi, demografik xususiyatlari, funksiyalar tiplari, ularning klassifikatsiyasi, shaharlar sanoati, ijtimoiy sharoiti, transport va hakozo.
  • 5. SHaharlarning hududiy tizimlari, shaharlar aglomeratsiyasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
  • 6. SHaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy muammolar
  • 7. SHaharlar rivojlanishining bashorati, ustuvor yo‘nalishlari
  • Xulosa ( Soliev, 2010 )
  • SHaharlarni o‘rganishning maxsus tadqiqotlarida shaharlar klassifikatsiyasi kengroq, bajarilishi mumkin, masalan: eng yirik shaharlar, yirik shaharlar, katta shaharlar, o‘rta shaharlar, yarim o‘rta shaharlar, kichik shaharlar, mayda shaharlar va hakozolar. SHaharlarni o‘rganishda albatta raqamli ma’lumotlardan foydalanish shartdir. Bu statistik ma’lumotlar asosida jadvallar, grafik, diagrammalar tuzish, ularni tahlil qilish va xulosalar keltirish maqsadga muvofiqdir
  • 1850-yilda yaratilgan I.Kol nazariyasiga ko`ra, yirik shahardan atrofga tarqaluvchi bosh transport yo`llariga, ikkinchi darajali transport tarmoqlari kelib tutashadi. Ana shu yerda, shahardan ma‘lum uzoqlikda yo’llar utashadigan nuqtada keyingi pog‗onadagi aholi manzilgohini joylashtirish maqsadga muvofiq.1850-70 yillarda K.I.Arsenev gidrografik tarmoqlarning Rossiya shaharlari taraqqiyotidagi rolini o’rganib, 200 yillik tarixini tadqiq etgan.1910-yilda Rossiyada V.P.Semenov-Tyanshanskiy ―Rossiyaning Yevropa qismidagi shahar va qishloq (―Gorod i derevnya Evropeyskoy Rossii‖) asarini chop etadi.
  • Olimning fikricha, aholining eng kichik ehtiyojlari eng kichik markazlarda, kattaroq ehtiyojlari undan yirikroq shaharlarda qondiriladi (1-rasm). Bu g‗oyalar hozirga qadar qator aholi manzilgohlari va xizmat ko’rsatish sohalarini joylashtirish uchun asos bo’lib kelmoqda.K.Klark o’z ishlarida aholi va faoliyat turlari zichligining shahardan atrofga qarab pasayib borishini va shunga ko’ra yerga bo’lgan narxlarning ham arzonlashib borishi qonuniyatini tadqiq etadi. E.Barjes shaharlarning hududiy tarkibida konsentrik modelni, X.Xoyt esa sektorli joylashish modelini, C.Garris, E.Ulman ko’pyadroli modelni yaratishdi

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling