Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■


Download 137.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi137.32 Kb.
#1118642
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5366410036891362700



GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI
(XX ASR) 
■ Reja:
14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari  
14.2. Fashistik Germaniya iqtisodiyoti  
14.3. GFR iqtisodiy mojizasi va uning sabablari  
14.4. Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi.  
14.5. Ikki jahon urushlari oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti  
14.6. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi  
14.7. Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari  
14.8. Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish.  
14.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari  
Birinchi jahon urushi Germaniya uchun boshqa kapitalistik mam- lakatlarga nisbatan mashaqqatliroq kechgandi. 
Bu yerda sanoat ishlab chiqarishi 2 barobar qisqardi, g'oliblar barcha mustamlaka- larni tortib olishdi, Elzas va 
Lotaringiya imperiya yerlari qaytadan Fransiyaning tarkibiga qo'shildi. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra ushbu 
yo'qotishlar natijasida Germaniya milliy boyligi ikki marotaba ka- maydi. Lekin eng og'ir salbiy natija bu g'olib 
mamlakatlar tomonidan qo'yilgan reparatsiya1 hisoblanadi, uning hajmi 132 mlrd.oltin markani tashkil etardi. 
Qisqa muddat ichida urushdan vayronaga aylangan Germaniya uchun ushbu mablag'ni to'lash imkoni yo'q edi. 
Reparatsion summani qoplash maqsadida g'olib mamlakatlar tomonidan Germaniyadan barcha qimmatbaho 
narsalar olib chiqib ketildi, 1923 yilda franko-belgiya qo'shinlari Germaniyaning 90% ko'miri va 50% metallini 
beruvchi Rur viloyatini bosib oldi va hech qanday to'siqlarsiz ushbu xom ashyolar olib chiqib keta boshlandi.
Jami Germaniya reparatsiyalar hisobiga taxminan 20 mlrd. marka to'ladi. Reparatsiylarning asosiy og'irligi 
urushdan keyingi birinchi yillarga to'g'ri kelib, bunda Germaniya sanoatining yarmi vayronaga aylangan, kapital 
yetishmasdi, g'olib mamlakatlar esa to'lovlarni talab qilishardi. Avvaliga Germaniyadan barcha oltin olib 
chiqildi, so'ngra reparatsiyalar hisobiga ko'mir, sigirlar, parovozlar olib chiqib ketildi. Natijada markaning kursi 
pasayib ketdi. Mamlakatda kuchli inflyasiya yuz berdi.
Inflyasiya mayda burjuaziya, rante, urush davrida olib sotarlik natijasida pul mablag'lari to'plagan odamlarni 
kasodga uchratdi. Jamg'armalari bo'lmagan ishchilardan ko'ra mayda burjuaziya ko'proq zarar ko'rdi. Ish 
haqining o'sishi narxlar o'sishidan orqada qolganligi sababli ishchilarning moddiy ahvoli yomonlashib bo- rardi.
Sanoat burjuaziyasi, korporatsiyalar inflyasiyadan manfaatdor edilar. Ular qadrsizlanib borayotgan qog'ozlar 
yordamida ishchilar- ga ish haqi, davlatga soliqlar va banklarga qarzlarni qaytarishardi. Banklarga qarzlarini 
to'laganlaridan so'ng sanoat korporatsiyalari mustaqillikka erishib moliyaviy guruhlar parchalanib ketdi. Shu sa- 
babdan inflyasiyadan banklar ham zarar ko'rganligini aytish mum- kin. Sanoat korporatsiyalarining xususiy 
kapitali esa zarar ko'rmadi: u pulda emas, balki real kapitalda - uskunalar, inshootlar, xom ashyo zaxiralari va 
mahsulotlarda mujassamlashgan edi. Inflyasiyadan foydalanib o'z mahsulotini xorijda pasaytirilgan narxlarda 
(lekin valyutaga) sotib yuqori daromad olish mumkin.
1924 yilda AQSh yordamga keldi. Ular "Daues rejasi"ni taklif etishdi. Rejaning mohiyati quyidagicha edi: 
AQSh (va qisman Angliya) Germaniyaga sanoatni tiklash uchun zaymlar berishadi, sano- atdan olingan 
daromadlar Angliya va Fransiyaga reparatsiyalarni to'lashga yo'naltiriladi, reparatsiyalarni olgan Angliya va 
Fransiya AQShga o'z harbiy qarzlarini qaytaradilar. Daues rejasi bo'yicha Germaniya 30 mlrd. oltin markaga 
yaqin mablag' oldi. Ushbu
reja amal qilish davrida 8 mlrd. marka reparatsiyalarni to'ladi. Ushbu "oltin yomg'ir" ostida nemis sanoati tik- 
landi va rivoj topdi.
1929 yilda Daues rejasi "Yung rejasi" bilan almashtirildi. Yangi reja Germaniyaga yana imtiyozlar taqdim etdi. 
Reparatsiyalar sum- masi sezilarli darajada qisqartirildi va ularni Germaniya har yili ki- chik summalarda 1988 
yilgacha to'lashi kerak edi. Ammo hatto bu variant ham noreal bo'lib qoldi: jahon iqtisodiy inqirozi boshlanardi
- bunda hech kim reparatsiyalarni eslamasdi ham. Shu sababdan


1932 yilda Yung rejasi va u bilan reparatsiyalar ham to'liq bekor qilindi.
Daues rejasi qabul qilingandan so'ng monopoliyalar mustah- kamlana bordi. Bir-biriga qo'shilib ketishlar yo'li 
bilan yangi trestlar va konsernlar paydo bo'ldi. 1920 yilda "Po'lat trest" paydo bo'ldi. Bu o'z shaxtalari, 
elektrostansiyalari, mashinasozlik va kemasozlik zavodlariga ega sanoat saltanati edi. Bu borada "Po'lat trest" 
"Krupp konserni"ga o'xshash edi. O'z-o'ziga xizmat qiluvchi bunday ko'ptarmoqli monopoliya o'sha davrda 
Germaniya uchun xos edi.
1925 yilda kimyo kompaniyalarni qo'shilib ketishi natijasida mash- hur "Farbenindustri" kimyo tresti paydo 
bo'ldi.
Shunday qilib, XX asr 20-yy.da nemis sanoati tiklandi va yanada rivoj topdi. Lekin, 1929 yilga kelib Germaniya 
sanoat ishlab chiqarishi urushdan avvalgi davrga nisbatan bor yo'g'i 8%ga o'sdi. Ishlab chiqarishni o'sishi ichki 
bozorni torligi sabab chegaralanar edi: Germaniya aholisi inflyasiya davrida qashshoqlashdi va hanuz repar- 
atsiya to'lar edi. Potensial xaridorlar o'z jamg'armalaridan mahrum bo'lgan edilar. Ichki bozorni torligi ishlab 
chiqarish quvvatlarini to'liq band qilinmasligi va ishsizlikka olib kelardi. O'sish davrida ishlab chiqarish 
quvvatlari bor yo'g'i 70%ga band qilingandi, ishsi- zlar soni esa 4 mln.kishi edi.
Tabiiyki, 1929-1933 yy.dagi inqiroz Germaniyada o'ta chuqur shaklda namoyon bo'ldi. Sanoat ishlab chiqarishi 
40%ga qisqardi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 70% bekor edi. Ishchilarning yarmi ishsiz qoldi.
Inqiroz yillarida ijtimoiy munosabatlar keskinlashdi. Qabul qilin- gan aksilinqiroz chora-tadbirlar ishchilarga 
qarshi yo'nalishga ega edi. Qonun bilan ish haqi qisqartirildi, ishsizlik nafaqalari bekor qilindi, ishsizlarni 
to'playdigan mehnat lagerlarida qat'iy harbiy rejim o'rnatildi.
Mamlakatda inqilobiy holat shakllana bordi. Siyosiy kuchlar polyarizatsiyasi yuz berdi: mo'tadil partiyalar o'z 
pozitsiyalarini yo'qota bordi, so'l partiyalar kuchayib bordi. Bir qutbda fashistlar, ikkinchi qutbda sotsial-
kommunistlar kuchayishdi. Monopolistik burjuaziya tayanish mumkin bo'lgan yangi kuchni izlab oxir natijada 
Gitler partiyasini tanladi. Fransiyadan farqli o'laroq Germaniyada sotsialistlar va kommunistlar ittifoqi yuzaga 
kelmadi.
Fashistik Germaniya iqtisodiyoti
Germaniyada fashizm, boshqa mamlakatlardagi kabi, may- daburjua siyosiy harakati sifatida vujudga keldi. Bu 
uncha boy bo'lmagan, o'qimishli bo'lmagan, iqtisodiy rivojlanish natijasida jamiyatda o'z o'rnini yo'qotib 
borayotgan va albatta bundan no- rozi odamlar edi. Fashistik partiyaning shturm otryadlari mayda burjuaziya 
vakillaridan iborat edi. Gitler tomonidan e'lon qilingan shiorlar maydaburjuacha edi. U kapitalistik 
monopoliyalarni yo'q qilishni, xonavayron bo'layotgan hunarmandlar va mayda savdogarlarni himoya qilishni, 
ular uchun arzon kreditlar berishni va'da berdi. Shovinistik targ'ibot ham mayda burjuaziyaga qara- tilgan edi, 
chunki ular birinchi jahon urushi natijasida inflyasiya va reparatsiyalar natijasida eng katta talofat ko'rgan 
qatlam edi. Germaniya aholisining ushbu qatlamini ommaviy xonavayron bo'lishi ularni faollashtirdi va Gitler 
partiyasini kuchaytirdi. Gitler ortidan ishchilarning bir qismi ham ergashdi - uning partiyasi milliy-sot- sial 
ishchi partiyasi deb nomlanar ediku. Albatta, birinchi navbat- da bular ishsiz qolganlar edi.
Lekin, Gitler hukumat tepasiga kelgandan so'ng mayda burjuaziyaga emas, balki monopolistik burjuaziyaga 
to'g'ri keladi- gan siyosatni olib bordi. 1934 yilda Gitler "uzun pichoqlar tuni"ni o'tkazdi: uning tarafdorlari Rem 
(avval Gitlerning safdoshi) bosh- chiligidagi shturm otryadlarini qirib tashladi. Milliy-sotsialistlar o'z harbiy 
otryadlarini qirib tashlashdi. Bu voqeaning kelib chiqi- shi quyidagicha edi: mayda burjuaziya vakillari shturm 
otryad- lariga birlashib va Gitlerning shiorlariga ishonib monopoliyalarga qarshi kurashishni boshlashdi. 
Remushbu harakatni boshqarib shturm otryadlarini armiyaga qo'shilib ketishi va keyinchalik u bosh qo'mondon 
bo'lishini rejalashtirgan edi.2 Ammo Gitler hukumat tepasiga kelishda bergan yordami uchun monopoliyalarga 
daxlsizlik va generalitetga armiya yunkerlar qo'lida qolishini va'da bergan edi. Ushbu va'dalarni bajarish nuqtai-
nazaridan "uzun pichoqlar tuni" o'tkazilgan edi.
Shu sababdan fashizm hukumat tepasiga kelgandan so'ng o'z ijtimoiy mohiyatini o'zgartirdi. U davlat 
monopolistik kapital- izmining, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning maxsus shakliga aylandi.
Mamlakatning barcha xo'jaliklari davlat boshqaruvi organlari- ga bo'ysundirilib, unda asosiy rolni monopolistik 
burjuaziyaning yetakchilari o'ynar edi. Eng yuqorida xo'jalikning bosh kengashi qo'yilgan edi, unda "zambarak 
qiroli" Krupp va "elektrotexnika qiroli" Simens yetakchilik qilardilar. Bosh kengashga iqtisodiyot- ning asosiy 
tarmoqlarini (sanoat, savdo, kredit) mujassamlashtir- gan "xo'jalik guruhlari" bo'ysunardi, ularga esa o'z 
navbatida "tar- moq guruhlari" (kimyo, aviatsiya va boshqa sanoat turmoqlari) bo'ysunardi.


Iqtisodiyotning davlat sektori keskin kengayib ketdi. Mamlakatda Geringning davlat konserni eng yirik 
korporatsiyaga aylandi. Avvaliga u yaxudiylarning va boshqa repressiya qilingan- larning musodara qilingan 
mol-mulk evaziga rivojlangan bo'lsa, keyinchalik uning tarkibiga Germaniya okkupatsiya qilgan hudud- lardagi 
korxonalar qo'shila boshlandi. Avval boshdanoq fashis- tik hukumat bozor munosabatlariga zid ravishda 
narxlarni tartibga solishni boshladi. Xalq iste'moli tovarlariga narxlarning past darajasi belgilandi. Natijada bu 
tovarlar magazinlarda yo'q bo'lib qoldi va ularni endi qora bozorda juda yuqori narxlarda sotib olish mumkin 
edi. Shu sababdan oziq-ovqat kartochkalarini joriy etishga majbur bo'lishdi.
Qishloq xo'jaligi ham davlat nazoratiga o'tdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari hisobga olinardi va davlatga 
belgilangan narxlarda topshirilishi kerak edi. Grossbauer va yunkerlar xo'jaliklari, ya'ni yirik kapitalistik 
xo'jaliklari "merosga qoladigan saroylar" deb e'lon qilindi: o'rta asr urf-odatlariga binoan mol-mulk faqatgina 
katta o'g'ilga meros bo'lib qolardi. Boshqa o'g'illar esa davlatga xizmat qilib o'zlariga "yashash hududi"ni 
egallashlari kerak edi.
Shunday qilib, Germaniya iqtisodiyoti markazlashtirilgan tizim- ga to'liq o'tkazilgan bo'lib, uni monopolistik 
burjuaziya yetakchilari boshqarardilar. Iqtisodiyot ustidan nazorat o'rnatilgandan so'ng gitler hukumati urushga 
iqtisodiy tayyorgarlikni boshlab yubordi. 1936 yilda 2-chi to'rt yillik reja qabul qilinib, uning asosiy vazifasi 
Germaniyani importdan iqtisodiy mustaqilligiga erishish va harbiy sanoat asosini tashkil etuvchi tarmoqlarni 
jadal rivojlan- tirish hisoblanardi. "Erzats" - sintetik materiallar va sintetik ben- zin, sintetik kauchuk ishlab 
chiqarishga alohida e'tibor qaratilar
edi. Germaniyada urush uchun zarur barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi qo'yilgan edi, lekin 
mamlakatda kauchuk plan- tatsiyalari ham, neft konlari ham yo'q edi, shu sababdan natural resurslarni sintetik 
bilan almashtirishga majbur bo'lindi. 1940 yilda 3-chi to'rtyillik reja qabul qilindi, uning asosiy maqsadi harbiy 
ishlab chiqarish va harbiy-sanoat salohiyatini rivojlantirish edi. Fashistik Germaniyada rejalashtirish indikativ 
emas edi - boshqar- uvning ma'muriy metodlari ustuvorlik qilardi. Ekstremal holat- larda, urushga tayyorgarlik 
va urush holatlarida ushbu metodlar samarali ekanligini ko'rsatdi.
Birinchidan, harbiy ishlab chiqarish harbiy bo'lmagan tarmoqlar hisobiga rivojlandi. Urush olib borishda muhim 
deb hisoblan- magan korxonalar yopildi. Natijada mamlakat sanoat mahsulotin- ing 80%i harbiy mahsulotlari 
tashkil qildi, yetishmayotgan mahsu- lotlar esa okkupatsiya qilingan mamlakatlardan olib kelinardi.
Ikkinchidan, okkupatsiya qilingan mamlakatlardan harbiy ishlab chiqarish uchun resurslar olib kelinardi. 
Ulardan iste'mol qili- nayotgan metallning yarmi, toshko'mirning choragi va neft mah- sulotlarining asosiy qismi 
olib kelinardi. Germaniya okkupatsiya qilingan mamlakatlarning mehnat resurslaridan ham foydalanar- di: 
urush oxiriga kelib uning hududida 10 mln.ga yaqin xorijiy ishchilar mehnat qilishardi va ularning mehnati, 
tabiiyki, juda past baholanardi. 
Uchinchidan, sanoatni rivojlanishiga uning maxsus fashistik manbalari yordam berardi; jumladan, demokratik 
tashkilotlar mulklarini egallab olish (Ishchi bankining o'zida 5 mlrd. marka egallab olindi), ariec3 bo'lmaganlar 
mulkini musodara qilish, okkupatsiya qilingan mamlakatlarni talon-taroj qilish. Germaniya armiyasi tarkibida 
maxsus iqtisodiy qismlar mavjud bo'lib, ular turli-tuman boyliklarni (don zaxiralaridan to san'at asarlarigacha) 
to'plash va Germaniyaga jo'natish bilan shug'ullanishar edi.
To'rtinchidan, sanoatni rivojlanishiga ish haqiga qilinadigan xarajatlarni keskin qisqarishi turtki bo'ldi. Gitler 
ishsizlarni ish bilan ta'minlash va'dasi ustidan chiqdi, lekin ish haqi juda past darajada bo'lib, ishsizlik 
nafaqasidan sal yuqori edi xolos. Bu hol boshqa ishchilarga ish haqini pasaytirib uni "tenglashtirish" imkonini 
berdi. Yoshlar uchun majburiy mehnat joriy etildi, ya'ni barcha yosh nemislar majburiy tekin mehnat qilishlari 
zarur edi. Konsentratsion lager maxbuslari uchun majburiy tekin mehnat joriy etildi.
Shunday qilib, harbiy xo'jalikni tashkil etishda majburiy, tashqi iqtisodiy metodlar ustuvorlikka ega edi. Ushbu 
maxsus harbiy iqtisodiyot okkupatsiya qilingan mamlakatlar va hududlar nazorat ostidan chiqa boshlashi bilan 
yemirila boshlandi. 

Download 137.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling