Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■


 Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish


Download 137.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana25.01.2023
Hajmi137.32 Kb.
#1118642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5366410036891362700

15.3. Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish.  


Ikkinchi jahon urushidan so'ng birinchi hukumat tarkibida besh vazirlik portfellari kommunistlarga tegishli edi. 
Ushbu vazirliklar aynan iqtisodiyotga tegishli vazirliklar edi. Shu sababdan mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish 
ham kommunistlar dasturi asosida amalga oshirilgan edi. Davlat tasarrufiga 5 ta yirik banklar (mamlakat bank 
kapitalining 60%), ko'mir va gaz sanoati, elektrostan- siyalar, harbiy sanoat, transport, aviatsiya, avtomobil 
sanoatining bir qismi o'tdi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 20% davlat qo'liga o'tdi.
Fransiyada mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilish angliyaniki- dan farqlanardi. Bunda "qadimgi" tarmoqlar 
korxonalari bilan bir qatorda "yangi" tarmoqlar korxonalari ham davlat tasarrufiga o'tkazildi. Kompensatsiyani 
hamma olmadi: kollaborratsionist- lar6 korxonalari davlatga kompensatsiyasiz olib qo'yilardi. "Reno" 
kompaniyasining avtomobil zavodlari kompensatsiyasiz davlat tasarrufiga o'tkazildi. Eng muhimi - birinchi 10 
eng yirik banklar tarkibiga kiruvchi fransuz banklarini davlat tasarrufiga o'tkazilishi jahon moliya bozorida 
fransuz pozitsiyalarini pasaytirib yubordi.
1982 yilda mulkni davlat tasarrufiga o'tkazilishning ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Endi davlat tasarrufiga 
yana, davlat sek- toridan tashqarida qolgan eng yirik banklardan 36 tasi o'tdi. Kredit tizimi deyarli to'liqligicha 
davlat qo'liga o'tdi. "Pariba" va "Syuez" yirik moliya guruhlari, 5 ta yirik sanoat korporatsiyalari davlat 
tasarrufiga o'tkazildi. Endi davlat sektori sanoat mahsulotining 23%ni ishlab chiqarardi, mamlakatdagi kapital 
qo'yilmalarning yarmi ushbu sektorga to'g'ri kelardi. Sanoat mahsulotlarining bor yo'g'i 23% davlat sektoriga 
to'g'ri kelishining asosiy sababi mah- sulotlarning asosiy qismi mayda firmalar va korxonalarda ishlab chiqilar 
edi. Davlat korxonalari endi aviatsiya mahsulotlarining 85%, qora metallning 80%, rangli metallning 62%, 
kimyo sanoati mahsulotining 48%, elektronika va elektrotexnikaning 44%ni ishlab chiqarardi. Davlat sektori 
korxonalarining deyarli yarmi - davlat va xususiy kapital ishtirokidagi aralash kompaniyalar edi. Bunday 
kompaniyalarda davlat bor yo'g'i eng yirik aksioner edi, xolos. Fransiyada davlat budjeti orqali milliy 
daromadning 40% o'tardi.
Tabiiyki, bunday holatda davlat rejalashtirishi alohida rivojla- nishga ega bo'ldi. Fransiyada rejalashtirish 
bo'yicha bosh organ "Rejalashtirish bo'yicha bosh komissariat" kommunistlar tashab- busi bilan 1946 yilda 
tashkil etildi. O'sha davrdan beri rejalashtirish boshlangan edi, 1980 yilda 8-iqtisodiy rivojlanish rejasi qabul 
qilindi.
Aynan Fransiyani indikativ rejalashtirish namunasi sifatida e'tirof etishadi. Davlat organlari faqatgina davlat 
sektoridagi korx- onalarni bevosita boshqarib, ular bilan "uzoq muddatli shartnoma- lar" imzolardilar. Bunda 
aniq rejali vazifalar bo'yicha shartnomalar faqatgina aksioner bo'lmagan kompaniyalar bilan tuzilardi. Davlat 
sektorida katta ulushga ega bo'lgan aksioner kompaniyalar bilan esa rivojlanishning faqatgina strategik 
yo'nalishlari qayd etilgan shartnomalar imzolanadi. Rejali tavsiyalarni xususiy firmalar ham olishardi. Ular 
uchun ushbu tavsiyalarmajburiy bo'lmasdan, lekin ularni bajarilishi iqtisodiy jihatdan soliq imtiyozlari, kreditlar 
va subsidiyalar bilan rag'batlantirilardi.
Fransiyada davlat sektori va davlat budjeti kapital qo'yilmalarni ko'paytirish va sanoat o'sishining jadallashuvi 
uchun foydalanilar edi. Fransiyadagi sanoat korxonalari kichik bo'lganligi sababli o'z- o'zini moliyalashtirish, 
foyda hisobiga ishlab chiqarishni kengay- tirish masalalari murakkabroq edi. Davlat kapital qo'yilmalarning 
asosiy qismini o'z zimmasiga olgan edi.
80-yy. boshlarida Fransiya iqtisodiyotida ikki tendensiya mavjud edi. So'llar, kommunistlar va sotsialistlar 
sotsializm qurilish dasturini amalga oshirishga intildilar, o'nglar esa iqtisodiyotni liberallashuviga intilardilar. 
Davlat mulkiga o'tkazishning ikkinchi bosqichidan so'ng so'llar ularning dasturi real iqtisodiy voqe- likka mos 
kelmayotganligiga ishonch hosil qilishdi. Agar avval- lari sanoat ishlab chiqarishi yiliga hech bo'lmaganda 4-
4,5%ga o'sgan bo'lsa, 1980-1985 yy.da yiliga o'rtacha 0,1%ga qisqarish yuz berdi.
Kommunistlar hukumatdan ketishdi. Ularning obro'si tushib ketdi. Avvalgi saylovda 20% ovoz to'plangan bo'lsa 
endi 8%gina to'plandi. Sotsialistlar bir muncha tanaffusdan so'ng hukumatga qaytdi. Lekin endi bu o'rtacha 
partiya bo'lib, uning iqtisodiy siyosati M.Tetcher siyosatidan farq qilmasdi.
1986 yilda o'nglar hukumati 1991 yilgacha mulkni davlat tasar- rufidan chiqarish to'g'risida qonun qabul 
qilishdi. 1987 yilda hukumat tepasiga sotsialistlar kelishi munosabati bilan xususiylasht- irish jarayoni 
to'xtatildi. Lekin bu davrgacha 12 ta kompaniya xususiylashtirilib bo'lingan edi. Ular jumlasiga - "Sosete 
jeneral" banki, "Pariba" va "Syuez" guruhlari kirardi. Bir vaqtning o'zida "dirijizm"ni7 pasaytirish bo'yicha 
choralar qo'llanila boshlandi.



Download 137.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling