Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■


 Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi


Download 137.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana25.01.2023
Hajmi137.32 Kb.
#1118642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5366410036891362700

14.3. Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi.  
Urush tugagandan so'ng Potsdam konferensiyasida Gitler qaramog'ida bo'lgan monopoliyalarni yopilishi 
to'g'risida qaror qabul qilingan edi. G'arbiy Germaniyada ushbu qaror monopoliyalarni parchalab tashlash 
ko'rinishida amalga oshirildi: ulkan trest bir qator mustaqil kompaniyalarga bo'lindi. "Po'lat trest" 10 qismga 
bo'lindi, Krupp konserni 7 qismga bo'lindi. Lekin, ma'lum bir vaqt o'tgandan so'ng, ularni bir-biriga 
qo'shilib ketishiga hech narsa to'siqlik qilmadi. Hozirgi vaqtda yirik nemis korporatsiyalari ro'yxatida 
aynan shu kompaniyalar o'rin olgan.
XX asr 80-yy. boshiga kelib dunyoning 10 ta eng yirik banklari ichida birorta german banki yo'q edi. Dunyoning 
20 ta yirik sanoat korporatsiyalari ichida bitta german kompaniyasi "Simens" bor edi, u ham bo'lsa deyarli oxirgi 
o'rinda edi.
80-yy.da GFR iqtisodiyotida bir necha moliya guruhlari us- tunlik qilardi. Ulardan eng yiriklari "Nemis banki" 
va "Simens" elektrotexnik kompaniyasi boshqaradigan moliya-sanoat guruhi mamlakatning 1/3 qism aksioner 
kapitalini nazorat qilar edi. Uning tarkibiga shu paytgacha mustaqil guruh bo'lgan "Tissen" kor- poratsiyasi, 
avval Drezden banki guruhiga kirgan AEG, "Daymler- bens"lar kirdi. Guruh qora metallurgiya, elektrotexnika, 
avtomo- bilsozlik tarmog'i korxonalarini nazorat qilardi.
Ikkinchi o'rinda - Drezden banki va Krupp konserni tomonidan boshqariladigan guruh. Uning tarkibiga - qora 
metallurgiya, mashinasozlik, yengil sanoatning ba'zi tarmoqlari kiradi. 3-o'rinda savdo kompaniyalari
mashinasozlik va qurilish konsernlarini nazorat qiluvchi Tijorat banki guruhi egallagan edi.
Ko'rinib turibdiki, GFR moliya-sanoat guruhlarida banklar bilan bir qatorda sanoat korporatsiyalari ham 
ustuvorlikka egadir. Undan tashqari, 70-yy.da ba'zi sanoat korporatsiyalari ("Tissen", "Flik", "Farbenindustri" 


merosxo'rlari bo'lgan kimyo kompaniyalari) banklarsiz mustaqil guruhlar hisoblangandi. Bu jahon urushlari- dan 
so'ng banklarning sanoat ustidan hukmronligini bo'shashishi natijasidir. Urushdan so'ng Germaniyaning "katta 
uchlik" banklar- ini hattoki bankrotlikdan qutqarishga to'g'ri keldi, chunki o'sha davrga kelib ular kapitalining 
asosiy qismi fashistlar hukumatining qarz majburiyatlaridan iborat edi.
GFR korporatsiyalar va moliya guruhlarining yana bir xususi- yati - chuqurlashib ketgan diversifikatsiya 
jarayoni hisoblanadi. Tarmoqlar turli guruhlar o'rtasida bo'lib olingan edi, lekin turli guruhlar tarkibida bir xil 
tarmoqlar ham uchraydi. Ko'ptarmoqli tarkibga o'tishni bu yerda 2 holat yengillashtirardi: "o'z-o'ziga xizmat 
ko'rsatish"ni nazarda tutgan holda ko'ptarmoqli monopo- liyalarni tashkil etishning an'anaviy usuli ("Krupp", 
"Po'lat tresti") va urushdan keyin monopoliyalarni parchalab tashlash: parchalab tashlangan kompaniyalar endi 
diversifikatsiya jarayonini hisobga olib birlashardilar.
GFRning davlat sektori uncha katta emas edi - mamlakat ak- sioner kapitalining 20%dan kam. Urushdan 
keyingi davrda xususiy mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish amalga oshirilmagandi. Bonn hukumati qo'liga 
fashistlar hukumati va harbiy jinoyatchilarn- ing mol-mulki o'tdi, keyinchalik esa davlat sektori davlat inves- 
titsiyalari va yangi qurilishlar hisobiga kengaydi. GFR elektroen- ergiyasining 95%, tosh ko'mirining 75%, temir 
rudasining 80%, alyuminiyning 50%, avtomobillarning 40%ni davlat kompaniyalari ishlab chiqarardi. Deyarli 
barcha infratuzilma davlat qo'lida edi. Mamlakat kredit tizimida ham davlat sektori ustuvorlikka ega edi. Davlat 
budjeti orqali yalpi milliy mahsulotning 40% o'tardi, aynan budjet iqtisodiy rivojlanishni tartibga soluvchi vosita 
edi.
GFRda, Fransiyadagi kabi, indikativ rejalashtirishdan foydala- nilgan. Iqtisodiyotga ta'sir etuvchi davlat 
dasturlari qisqa muddatli (aksilsiklik) va prognozlashtirish va rejalashtirish bilan bog'liq uzoq muddatli 
(tarkibiy) turlarga bo'linadi. Aksilsiklik choralar - pasayish davrida davlat, asosan infratuzilma tarmoqlariga, 
inves- titsiyalarni ko'paytirishida, sanoatchilarni kuchli subsidiyalashda, o'sish davrida esa davlat investitsiyalari 
va subsidiyalarni qisqarti- rishdan iboratdir. Uzoq muddatli rejalashtirish ishlab chiqarishning optimal tarkibini 
saqlab turishga yo'naltirilgandir. Davlat Germaniya uchun istiqbolli tarmoqlarni rag'batlantiradi va shu vaqt- 
ning o'zida pastrentabelli ishlab chiqarishlar va infratuzilmalarni qo'llab-quvvatlaydi.
O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar

Download 137.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling