Germaniyadagi tarixiy maktab Reja


Download 431.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana17.06.2023
Hajmi431.19 Kb.
#1538824
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

qo’shimcha
qiymat» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni asosida boshqa kapitalistlar 
tomonidan ham yangiliklarning ishlab chiqarishda qo’llanilishi natijasida bozor 
bahosi pasayadi va ortiqcha qo’shimcha qiymat yo’q bo’lib ketadi. Demak, 


qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni 
qo’llashga undaydi. 
Ish haqi. K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o’xshab, 
mehnat uchun to’lanadigan haq deb emas, balki ishchi kuchi uchun to’lanadigan haq 
deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, ish haqi ishchining va uning 
oilasining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan tovarlar miqdoriga teng bo’ladi. Ish 
haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lib, u, o’z navbatida, ishlab 
chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli 
ro’y beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o’sishiga to’sqinlik qiladi, negaki 
texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi. 
Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan kapitalistlar o’rtasidagi 
munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o’z qiymatidan past bahoda 
sotiladi.
Demak, K.Marks bo’yicha, ishchi mehnatini emas, balki ishchi kuchini sotdi, 
bunda «haq to’lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o’lchash mumkin bo’lgan) ish 
haqiga aloqasi bo’lmaydi, «haq to’lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin 
emas, negaki bitim (kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash 
yuzasidan tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki 
mehnat jarayoni tugagandan keyin to’laydi. Ishchi o’z ishchi kuchining qiymatini 
ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda mehnat, shu 
jumladan, qo’shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat sarfi esa, uning 
nazariyasiga ko’ra, ish vaqti bilan o’lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma’lum 
muddat davomida unumli mehnat qilishi uning qiymatiga haq to’lash sharti bo’lib 
qoladi. 
K.Marks fikri bo’yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi 
kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o’smaydi» va natijada ishchilarning 
kambag’allik va ma’naviy qashshoqligi kelib chiqadi. Lekin tajriba bunday 
qarashlarning mutloq noto’g’ri ekanligini ko’rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat 
texnologiyalar darajasini takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan) balki 
ijtimoiy masalalar bo’yicha ham katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. 
Foyda va foyda me’yori. K.Marksning foyda nazariyasining o’ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi, tadbirkorlarning har qanday 
daromadi singari, ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga keladigan 
qo’shimcha qiymatning tashqi, ya’ni o’zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda, 
D.Rikardodan farqli o’laroq, gap nafaqat foyda me’yori to’g’risida, balki uning 
qo’shimcha qiymat me’yoridan farqi, o’ziga xosligi to’g’risida boradi. 
«Avanslangan butun kapitalning mahsuli bo’lib ko’ringan qo’shimcha qiymat 
foydaning o’zgargan shakliga kiradi». 
«Kapital» I tomining mazmuniga ko’ra, korxonalarda yoki iqtisodiyot 
tarmoqlarida o’zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi qancha ko’p bo’lsa, 
qo’shimcha qiymat miqdori shuncha ko’p bo’ladi, lekin kapitalning uzviy tuzilishi 
qancha yuqori bo’lsa, ya’ni korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki 
tarmoqlarning mashina va asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo’lsa, 
qo’shimcha qiymat miqdori shuncha kam bo’ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks 
«qo’shimcha qiymat me’yori» va «foyda me’yori» tushunchalarining farqini bilishni 


tavsiya etadi. Agar birinchisi, uning tomonidan, qo’shimcha qiymatning o’zgaruvchi 
kapitalga bo’lgan nisbati sifatida ko’rilsa, ikkinchisi esa (gap qo’shimcha 
qiymatning «o’zgargan shakli» to’g’risida borar ekan) qo’shimcha qiymatning jami 
kapitalga, ya’ni o’zgaruvchi va doimiy kapitalga bo’lgan nisbati sifatida qaraladi. 
K.Marks ta’limotiga binoan foyda me’yori pasayishga moyil. Bunday 
moyillik, uningcha, Rikardo-Mill ko’rsatib berganidek, demografik omillar va 
tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» keltirib chiqaradigan hayotiy zaruriy 
mahsulotlar bahosining oshishi sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi 
umumiy kapitalda o’zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. 
Bundan tashqari, «qo’shimcha qiymat me’yori» va «foyda me’yori» 
tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat sharoitidagi bozor 
iqtisodiyoti xo’jalik mexanizmi «sir-asrorlarini» yaxshi tushunganligini namoyish 
etdi. Masalan, qo’shimcha qiymat nazariyasi «mantig’i» bo’yicha, ish kuni qancha 
uzun bo’lsa, qo’shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me’yori shuncha yuqori 
bo’lishi kerak. Lekin «qo’shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo’li bilan qo’shimcha 
qiymatni ko’paytirish usulini K.Marks yaxshi va to’g’ri usul deb hisoblamaydi. 
«Absolyut qo’shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul, boshqa barcha 
sharoitlar bir xil bo’lganda, ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishi, har bir ish soati 
unumini pasaytirishi mumkin, ishchilar noroziligining muqarrarligi to’g’risida 
gapirmasa ham bo’ladi. Buning ustiga, «Kapital» muallifi, ish kunining faqat 
oxirgi soatida kapitalist uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning «oxirgi soat 
nazariyasini» qattiq tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, zaruriy ish vaqtining 
qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining oshishi «nibiy qo’shimcha 
qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o’zida qo’shimcha qiymat me’yorining 
pasayish tendensiyasini kuchaytiradi. Shunday bo’lsada, har bir kapitalist intuitiv 
tarzda foyda me’yorini ko’paytirishga intiladi. «Foyda me’yori, – deb yozadi 
K.Marks, – kapitalistik ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib 
ishlab chiqarish mumkin bo’lgan narsagina ishlab chiqariladi». 
Foyda me’yori hamisha qo’shimcha qiymat me’yoridan kam bo’ladi. Buning 
sababi shundaki, uni hisoblaganda qo’shimcha qiymat butun kapitalga nisbatan 
olinadi, qo’shimcha qiymat me’yorini hisoblaganda esa, qo’shimcha qiymatning 
faqat o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbati olinadi. Chunki qo’shimcha qiymat, 
K.Marks ta’limotiga ko’ra, faqat o’zgaruvchi kapitalning funksiyasi hisoblanadi. 
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapitalning o’zgaruvchi 
kapitaldan ko’pligi o’rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq bo’lsa) o’rtachadan kamroq 
foyda me’yori beradi. «Past uzviy tuzilishdagi» kapital esa o’rtachadan oshiqroq 
foyda me’yorini beradi. Kapital o’rtasidagi raqobat, kapitalning erkin sur’atda bir 
tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda 
beradigan tarmoqqa) oqib o’tishi har ikki holda ham o’rtacha foyda me’yorini 
keltirib chiqaradi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar qiymati miqdori tovarlar 
bahosining miqdoriga to’g’ri keladi. Lekin ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat 
ta’siri ostida o’z qiymati bilan sotilmaydi, balki ishlab chiqarish bahosi» bilan 
sotiladi.


«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o’rtacha foydani o’z ichiga 
oladigan bahodir». 

Download 431.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling