Germaniyadagi tarixiy maktab Reja
Download 431.19 Kb. Pdf ko'rish
|
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vilgehn Georg Fridrix
milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish
vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko'ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj- taxtning meros bo'lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi. F. List ta’limotida xo'jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to'g'risidagi g'oyalar katta o'rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- qichga: badaviylik, cho l ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu- faktura, dehqonchilik — manufaktura — savdo bosqichlariga bo'ladi. Bunday bo'lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o'sishini har tomonlama qo'llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan - qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi isbotlashdan iborat edi. List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- dasi bo'lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo'lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo'jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko'rmasdan, barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy kiritayotganini ta’kidlaydi. Listning iqtisodiy nazariyasi o'z tarixi va xo'jaligining xususiyatiga ko'ra jahon hamjamiyatining so'nggi qatorlaridan o'rin olgan mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki urinish edi. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand) Gettingem va Leypsig universitetlarining professori Vilgehn Georg Fridrix Download 431.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling