Germaniyadagi tarixiy maktab Reja


Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»


Download 431.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana17.06.2023
Hajmi431.19 Kb.
#1538824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish» 
XlX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul 
asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan awalgi davrda iqtisodiy 
adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular 
Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xosligini aks ettirib, feodalizm 
sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu 
davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o'rinlardan 
birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-
1917) bo'lsa, Lun Brentano (1844-1931), Vemer Zombart (1863-1941), Maks 
Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo‘nali- shlari bilan «Yangi tarixiy 
maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar. 
Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o‘zining «Xalq xo‘jaligi 
to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot asoslari» (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy 
asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gildebrandning asosiy 
qoidalari va usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat 
turi - xususiy xo'jalik, davlat xo‘jaligi va diniy xo'jalikni alohida ajratib ko'rsatadi. 
Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va 
uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning 
qarashlariga davlatning belgilovchilik, yetakchilik rolini ko‘rsatish xosdir. 
G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy 
iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo‘jaligi tarixi faniga aylantirdi. U fakt- larni 
va statistika manbalarini o'rganish, xalq xo‘jaligidagi hodisa- larni bayon etib 
berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi. 
G. 
Shmoller umuman, xalq xo'jaligi o‘zgarishsiz qolaveradi, degan 
fikrga asoslanib, uning ayrim bo‘g‘inlarida juz’iy o'zgarishlar bo'lishi haqidagina 
gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqot- larning qat’iyan rad etilayotgan abstrakt 
usuliga qarama-qarshi qo'yilgan empirizm (nazariy mashg‘ulotlardan ko‘ra amaliy 
faoliyatga ko‘proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi. Shmoller 
iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb hisoblab, har bir xalqning 
hayot tarzi odob qoidalarida, xo'jalik huquqida o'zining asosiy ifodasini topadi, deb 
ta’kidlaydi. Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari Germaniyada kuchli milliy davlat 
tashkil etilishi tarafdori edilar. 
F. 
Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng 
faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari universitet 
professorlari bo'lib, ulaming dasturlari «kafedr-sotsializm» (kafedradagi sotsializm) 
deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang'ich ta’limni majburiy kiritish, bolalar, 
o'smirlar va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik 
va baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo'qotgan 
chog'ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g'oyalari sotsial-demokratlar orasida ham 


keng yoyildi. 
Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, «Yangi 
tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O'zining «Klassik siyosiy 
iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq xo'jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari 
bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi 
iqtisodiyotda axloq va huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab 
chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash 
konsepsiyasining tarafdori bo'lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo- itlarining 
o'zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga 
ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal «ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan 
islohotlar dasturida ingliz tred- yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng 
foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari 
yordamida ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan biiga 
uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masalalami hal etishda 
keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi. 
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o'zining yuksak cho'qqilariga yetgani 
yo'q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» 
nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi 
uchun asosiy manba rolini o'ynadi, xolos. 
K.Menger G.Shmolleming shogirdi Vemer Zombart ham Yangi tarixiy 
maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori Zombart 
K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan ajratib, mana shu ikki negizning 
bir-biriga zidligi to'g'risidagi fikmi ko'tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy 
iqtisodning iqtisodiy kategoriyalaiini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi 
«ishning g'oyasi» deb e’lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb 
ko‘rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza- riyaning 
tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy 
inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy 
maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi. 

Download 431.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling