Germaniyadagi tarixiy maktab Reja


Adabiyot  Asosiy adabiyot


Download 431.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana17.06.2023
Hajmi431.19 Kb.
#1538824
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab

Adabiyot 
Asosiy adabiyot 
A Razzokov, Sh.Toshmatov, N.O’rmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., 
Moliya 2002. (9-10-11- boblar) 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T.TMI, 2003 
Qo’shimcha adabiyot 
1. G’useynov, G’orbacheva. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. M., 2000 
2. Mayburd E.M. Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy mыsli. M., 1996  
3. Yadg’arov Ya.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. Uchebnik dlya vuzov. M., 2009 
4. Kvasova A.S. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. Uchebnik dlya vuzov. M., 2002 
5. Bartenev S.A. Istoriya ekonomicheskix ucheniy v voprosax i otvetax. Uchebno-
metodicheskoe posobie. M., 2002  
 
MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF-SOTSIALISTIK 
YO’NALISH MOXIYATI VA UNING TARIXIY TAQDIRI 
REJA 
1.K.Marks iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifi 


2.Marksning Qiymat nazariyasi. 
3.K.Marks: Renta nazariyasi. 
4.K.Marksning Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. 
 
1. K.Marks iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifi 
Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida 
iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818 yil 5 mayda Germaniyaning 
Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo’lib, 1824 yilda 
protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo’lgan. K.Marks Trir 
shahrida gimnaziyani tamomlagandan so’ng, dastlab Bonndagi, so’ngra Berlindagi 
universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o’rgandi. 1841 yilda Epikur 
falsafasi to’g’risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 
1842 yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktyabrida «Reyn 
gazetasi»ning bosh muxarriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib o’tdi. 1843 yili 
birdaniga bir qancha voqea sodir bo’ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis 
baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko’chib o’tdi. 
Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani 
chuqur o’rganishning boshlanish davri bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar 
bilan tanishdi, F.Engels bilan do’stlashdi. 
K.Marks 1845–1848 yillari Bryusselda bo’ldi. O’sha yillari F.Engels bilan 
hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya 
Manifesti»ni yozdi. U 1848 yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn 
gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o’zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va 
kapital» asarini chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa 
bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan 
keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan 
Londonda yashagan davrlarda K.Marks o’zining ko’p sonli asarlarini, jumladan
hayotining mazmunini tashkil etgan “Kapital”ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy 
konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to’rt 
tomdan iborat bo’lib, birinchi tom 1867 yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar 
K.Marks o’limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil, uchinchi tom 
1894 yil) chop etildi. To’rtinchi tom tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks 
siyosiy iqtisod tarixini ko’rib chiqmoqchi bo’lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni 
«Kapital»ning birinchi tomining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda 
kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi tomda yaxlit olingan 
kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To’rtinchi tom («Qo’shimcha 
qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag’ishlangan. 
K.Marks «Kapital»ga yozgan so’zboshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi 
zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik jamiyati harakatining iqtisodiy qonunini ochib 
berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish 
munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo’lishini, taraqqiy qilishini va 
tanazzulga yuz tutishini ko’rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta’limotining 
mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu 
sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi. 

Download 431.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling