Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 381.62 Kb.
|
Germaniyaning makroiqtisodiy ko
Germaniyaning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari Germaniya YaIM qiymati bo’yicha dunyoda 5-o’rinni, Yevropada esa 1-o’rinni egallaydi. YaIM miqdori 2017-yilda 4.199 trln AQSH dollarini, 2016-yilda 4.099 trln. AQSH dollarini tashkil etgan. YaIMning o’rtacha yillik o’sishi esa 2.5%ga teng bo’lgan(2017). Aholi jon boshiga 50800 AQSH dollaridan to’g’ri kelgan. YaIM tarkibining 0.7%ini qishloq xo’jaligi, 30,7 %ini sanoat, 68,6 %ini esa xizmatlar sohasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlariga kartoshka, bug’doy, shakar, karam, mevalar, sut mahsulotlari va chorva mahsulotlari kiradi. Sanoat sohasining asosiy tarmoqlariga esa mashinasozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, kemasozlik, tekstil, farmasevtika va kimyoviy dorilar ishlab chiqarish, temir va po’lat ishlab chiqarish kiradi. Po’lat va temir ishlab chiqarishda dunyoda yetakchi o’rinda turadi, shu bilan birga texnik jihatdan ham bu soha o’ta yuksak taraqqiy etgan.(2-ilovaga qarang) Ishchi kuchi soni 45.9 mln ga teng. Ularning 1.4%i qishloq xo’jaligi sohasida, 24,2%i sanoat sohasida, 74,3%i xizmatlar sohasida faoliyat olib boradi. Ishsizlik ko’rsatkichi 3.8 %. Shunisi ajablanarliki, Germaniya Federatsiyasidagi ishsizlik ko’rsatkichi hattoki moliyaviy inqiroz vaqtida ham nisbatan past ko’rsatkichlarni qayd etgan. Aholining “kambag’allik chizig’i”dan pastda joylashgan qismi 16.7%ni tashkil etadi. Budjet tarkibiga keladigan bo’lsak, 2017-yilgi holatga ko’ra, daromadlar 1.665 trln AQSH dollarni, xarajatlar esa 1.619 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatgichlardan ko’rishimiz mumkinki, budjet tarkibidagi daromadlar miqdori xarajatlar miqdorini bemalol qoplay olgan va yil yakunida profitsit holatda chiqqan. Germaniyada aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 1970 yildan 2021 yilgacha o‘rtacha 31306,45 AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilda 43284,60 AQSh dollarini tashkil qildi va 1970 yilda rekord darajadagi eng past ko‘rsatkich 17894,30 dollarni tashkil qildi. Download 381.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling