Gi urgan
Download 232.7 Kb.
|
Fizikaviy kimyo
1.4 Potensiometrik titrlash
Turli xil titrlash usullarida oxirgi nuqta titrlash jarayonida o‘zgaradigan potensialni qayd qilish orqali topiladi. Agar titrlash jarayonida M+NQ.reaksiya sodir bo‘lsa, reaksiya davomida potensialni belgilovchi moddaning konsentratsiyasi o‘zgaradi. Nernst tenglamasiga ko‘ra, reaksiya davomida modda konsentratsiyasining o‘zgarishi elektrod potensialining o‘zgarishiga olib keladi. Potensiometriyada titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun ekvivalentlik nuqtasigacha sodir bo‘layotgan indikator reaksiyasi shu nuqtadan keyin ikkinchi indikator reaksiyasiga almashishi kerak. Buning oqibatida oxirgi nuqta atrofida indikator elektrodining potensiali keskin o‘zgaradi. Elektrod potensialining keskin o‘zgarishini ta’minlash uchun ekvivalentlik nuqtasigacha va undan keyin sodir bo‘ladigan indikator reaksiyasiga kirishadigan oksred juftlarning normal (real) potensiallari bir-biridan yetarli darajada farq qilishi kerak. Bu kimyoviy reaksiyaning muvozanat konstantasiga bog‘liq. Potensiometrik titrlash qurilmasi: 1-magnitli aralashtirgich; 2-yacheyka; 3-indikator elektrod; 4-byuretka; 5-kumush xloridli elektrod; 6-pH metr. (2-rasm) II BOB. TAJRIBA QISM 2.1. Potensiometriyada titrlashning ohirgi nuqtasini aniqlash Agar titrlash jarayonida pH, pV, pA yoki elektrod potensiali o‘zgarsa, shu o‘zgarish asosida titrlashning oxirgi nuqtasi topilishi mumkin. Potensiometriyada titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: hisoblash usullari, chizma usullar, ekvivalentlik nuqtasi potensialigacha titrlash va boshqa usullar. Hisoblash usullarida titrlanadigan modda eritmasiga tegishli titrant eritmasidan teng, lekin, nisbatan yirik hajmlarda (1 ml) qo‘shiladi va titrantning t.o.n. sohasiga to‘g‘ri keladigan taxminiy hajmi aniqlanadi. Buning uchun titrlash bayonida titrantning har bir qo‘shilgan hajmi va unga to‘g‘ri keladigan potensial qiymatidan tashqari, har ikki yaqin nuqta orasidagi potensiallar farqi ham qayd qilinadi. E eng katta bo‘lgan soha ekvivalentlik nuqtasi joylashgan sohadir. Bunday taqribiy titrlashdan keyin titrlanadigan eritmadan yuqoridagicha miqdorda olib, titrant sakrash sohasigacha yirik hajmlarda, sakrash sohasida esa tomchilab (aniq titrlash) qo‘shiladi. Tomchilab titrlashda E qiymat qayd qilinadi. Eng katta E qiymat yordamida titrantning t.o.n. ga to‘g‘ri kelgan hajmi aniqlanadi. Download 232.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling