Gi urgan
Download 232.7 Kb.
|
Fizikaviy kimyo
Chizma usullar. Titrlash oxirgi nuqtasini aniqlashning chizma usullari integral (to‘liq), differensial (farqli), ikkinchi tartibli hosila, egri chiziqlarni to‘g‘rilash (Gran) va boshqa usullarga bo‘linadi. Integral usulida e.yu.k.ning titrant hajmiga (v) bog‘liqlik chizmasi tuziladi. Bu chizma asosida titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun urinmalar o‘tkaziladi. Odatda urinma egri chiziqning to‘g‘ri chiziqli sohalaridan o‘tkaziladi. O’tkazilgan urinmalar asosida kesishish nuqtalarining abssissa o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan balandligi topiladi. Bu balandlik teng ikkiga bo‘linadi (a nuqta) va a nuqtadan titrlash egri chizig‘i bilan kesishguncha abssissa o‘qiga parallel o‘tkaziladi. Shu parallelning titrlash egri chizig‘i bilan kesishish nuqtasidan esa abssissa o‘qiga perpendikulyar tushiriladi. Ushbu perpendikulyarning abssissa o‘qi bilan kesishish nuqtasi t.o.n. siga to‘g‘ri keladi (2.1-chizma, a). Agar titrlash egri chizig‘i simmetrik bo‘lmasa, egri chiziqning egilish sohalariga yoylar o‘tkaziladi va yoylarning markazlari topiladi, markazlarni tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqning titrlash egri chizig‘i bilan kesishish nuqtasi t.o.n.siga taxminan mos keladi .
3-rasm. Potensiometrik titrlash egri chiziqlarning kòrinishi: Differensial usul titrlash ohirgi nuqtasini topishning ancha sodda va aniq usulidir, bunda δE/δV nisbatning qo`shilgan titrant hajmiga bog`liqligi chizmasi tuziladi. Egri chiziq cho`qqisimon bo`lib, cho`qqidan abssissa o`qiga tushirilgan perpendikulyar titrantning t.o.n. ga to`g`ri kelgan hajmini ko`rsatadi.Ikkinchi tartibli hosila olish usulida δE/δV2 ning Vga bog`liqlik chizmasi tuziladi. Bu chizmada egri chiziqlar abssissa o`qining har ikkala tomonida joylashadi. Egri chiziqlarning uchlarini tutashtirganda abssissa o`qi bilan chiziqning kesishish nuqtasi t.o.n. ga to`g`ri keladi.Granning egri chiziqlarni to`g`rilash usuli titrlash egri chizig`ini to`g`ri chiziqqa aylantirish yordamida t.o.n. ni aniqlashga imkon beradi. Ikki to`g`ri chiziqning kesishish nuqtasi t.o.n. ga to`g`ri keladi. Buni cho`ktirish usuli misolida qarab chiqamiz. Soddalik uchun eritmaning ion kuchini hisobga olmaymiz.Agar elektrolitik bo`g`inga ikkita indikator elektrodi (taqqoslash elektrodi mutlaqo ishlatilmaydi) tushirilib, undagi eritma titrlansa, bu usulga differensial titriash deyiladi. Indikator elektrodlaridan biri (2) tubida taxminan 1 mm diametrga ega bo`lgan teshikli probirkaga (4) joylashtiriladi. Bu elektrod bilan eritmaning asosiy qismi orasidagi tutashish ushbu teshik orqali bo`ladi. Probirkadagi elektrodni o`rab olgan eritmaning tarkibi titrant qo`shilgan asosiy eritmaga ko`ra sekin o`zgaradi. Eritmalar tarkibidagi farq tufayli indikator elektrodlari orasida potensiallar farqi yuzaga keladi. Potensial o`lchangandan keyin eritma har gal astoydil aralashtiriladi. Buning uchun probirkadagi eritma siqib chiqariladi va eritmaning yangi qismi probirkaga kiritiladi. Natijada 5Eyana nolga tenglashadi. Agar probirkaga kiritiladigan eritmaning hajmi kichik (1-5 ml) bo`lsa, moddaning reaksiyaga kirishmay qolgan qismi hisobiga yuzaga keladigan xato juda kichik bo`ladi. 4- rasm. Potensiometrik titrlashning differensial egri chiziģi 5-rasm. Potensiometrik titrlashning ikkinchi darajasining titrlash egri chiziģi Download 232.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling