Gi urgan
Download 232.7 Kb.
|
Fizikaviy kimyo
2.2. Potensiometriyada ishlatiladigan asbob-uskanalar
Potensiometriya boshqa elektrokimyoviy usullar singari, tekshi rilayotgan moddalarni elektrolitik yacheykada elektroliz qilish jarayo- niga asoslangan. Ammo polyarografiyadan farq qilib, potensiometrik usul asosida tekshirilayotgan eritmada xalaqit beradigan elektrod potensialini aniqlash, uni tekshirilayotgan ion faolligi (konsentratsiyasi) ga bog'liqligini aniqlash yotadi. Òlchashlarni olib borish uchun galvanik element rejimida ishlay- digan hamda indikatorli elektrod va solishtirish elektrodidan tashkil topgan elektrolitik yacheyka kerak. Shuningdek, term odinam ik sharoitlarga yaqin sharoitda, ya’ni tokni galvanik elementdan uzmas- dan indikatorli elektrod potensialini o‘lchash uchun boshqa asbob ham kerak bo'ladi. Potensiometriyada membranali (ionoselektiv) va metall indikatorli elektrodlardan foydalaniladi. Bu usul bilan ishchi zona atmosferasini va havosidagi ko‘plab anion va kationlarni aniqlash mumkin, ularning ko'pchiligi (simob qo‘rg‘oshin, kadmiy, mis va b. kationlari) nihoyatda zaharli b o ’lib, salomatlik uchun katta xavf tug‘diradi. AQSHda standart sifatida ishchi zona havosini ifloslovchi ko‘pgina birikmalar — ammiak, vodorod sia n id i, brom vodorod, ftor vodorod va azot kislotalari, gazsimon va qattiq ftoridlami aniqlashda potensio- nometrik usuldan keng foydalaniladi. Ionoselektiv elektrodli potensiometriya ko‘proq atmosfera havosi va ishchi zona havosidagi ifloslovchilarni nazorat qilishda qo‘llanil- moqda. Anorganik ionlar va gazlar: vodorod ftoridi, kremniy tetrafto- ridi, oltingugurt dioksidi, ammiak, azot oksidlari, nitrat va galogenid ionlarini aniqlash uchun o ‘nlab ionoselektiv elektrodlar (ISE) mavjud. Rossiyada ishlab chiqarilgan portativ ionometri (1-102, 1-135, EKOTEST-120 va b.) nafaqat laboratoriyada, balki sanoat korxonalari sexlarida, zavod maydonlarida, kimyoviy chiqindilar axlatxonalarida, avtomagistrallar hududida ham zaharli moddalarni aniqlash imkoniya- tini beradi. Bu asboblar foydalanish uchu n qulay, arzon b o ‘lib, aniqlashning o ‘zi nisbatan kam vaqt talab qiladi. 6-rasm. Potentsiometr sxemasi. AB-kuchlanishni chiziqli bo`luvchi RAC = KAC K-proportsionallik koeffitsiеnti G-galvanomеtr S-qayta ulagich S-zanjirga noma'lum yachеykani (Ex) ulashda potеntsiali ma'lum bo`lgan standart elеmеnt (Es) ni ulashda ishlatiladi. Download 232.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling