Gibbs erkin energiyasi, entalpiya va entropiya


Endergonik va ekzergonik reaksiyalar


Download 108.71 Kb.
bet2/3
Sana24.10.2023
Hajmi108.71 Kb.
#1718346
1   2   3
Bog'liq
hasanova dilnoza

Endergonik va ekzergonik reaksiyalar
Manfiy ∆G ga ega reaksiyalar erkin energiya chiqaradi va ekzergonik reaksiyalar deb ataladi. (Eslab qolishga mnemonika: ekzergonik — energiyaning tizimdan chiqishi, ingliz tili bilan bogʻlab eslab qolishingiz mumkin: “EXergonic” va “EXit”.) Manfiy ∆G reagentlar yoki dastlabki holat mahsulotlarga, yaʼni soʻnggi holatga qaraganda koʻproq erkin energiyaga ega ekanligini anglatadi. Ekzergonik reaksiyalar spontan reaksiyalar deb ham ataladi, chunki ular energiya kiritilmasa ham sodir boʻladi.
Musbat ∆G (∆G > 0) qiymatga ega reaksiyalar energiya kiritilishini talab qiladi va endergonik reaksiyalar deb ataladi. Bu holatda reaksiya mahsulotlari yoki oxirgi holat reagentlarga, yaʼni boshlangʻich holatga nisbatan koʻproq erkin energiyaga ega boʻladi. Endergonik reaksiyalar spontan boʻlmaydi, yaʼni ular sodir boʻlishi uchun energiya talab qiladi. Endergonik reaksiyalarga kiritilgan energiyaning baʼzi qismi oʻzlari hosil qiladigan yuqori energiyali mahsulotlarda saqlanadi deb hisoblashimiz mumkin\[^1\].
Spontan soʻzi bu yerda juda aniq maʼnoga ega va buni bilish juda muhim, yaʼni u reaksiya energiya kiritilmasdan sodir boʻlishini anglatadi, ammo reaksiyaning qanchalik tez sodir boʻlishi haqida hech qanday maʼlumot bermaydi\[^2\]. Spontan reaksiya bir necha soniyalarda sodir boʻlishi mumkin, lekin u bir necha kun, yil yoki hatto undan koʻproq vaqt talab qilishi ham mumkin. Reaksiya tezligi boshlangʻich va soʻnggi holat oʻrtasidagi yoʻlga (quyida koʻrsatilgan diagrammalardagi binafsharang chiziqlar) bogʻliq boʻlsa, spontanlik faqatgina boshlangʻich va soʻnggi holatlarning oʻziga bogʻliq. Reaksiya tezligi haqida koʻproq bilib olish uchun aktivlanish energiyasi maqolasini oʻqing.
Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti kimyoviy reaksiya jarayonida ajralib chiqadigan yoki yutilgan issiqlikdir. Kimyoviy reaksiyaning standart termal effekti standart sharoitda kimyoviy reaksiya jarayonida ajralib chiqadigan yoki yutilgan issiqlikdir. Barcha kimyoviy jarayonlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: ekzotermik va endotermik.

Download 108.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling