4) Molekulyar kristal panjara−Metallmaslardan tashkil topgan ko’pchilik oddiy va murakkab moddalar molekulyar kristall panjarali tuzilishga ega bo’ladi. Bunday moddalarning kristall panjara tugunlarida alohida-alohida modda molekulalari (qutbli va qutbsiz) joylashgan bo’ladi. M-n, kristallholdagi yodning kristall panjarasi tugunida I2 molekulalari, muz kristalida H2O molekulalari, quruq muzda CO2 molekulalari bo’ladi. Bunday panjaralarda molekulalar bir-biri bilan nisbatan bo’sh molekulalararo kuchlar vositasida birikkan bo’ladi. Shuning uchun molekulyar panjarali moddalarning qattiqligi kam, oson suyuqlanadi (CO2− molekulyar kr.panjara, T=-77ºC) yoki sublimatlanadi (qattiq moddalar qisdirilganda suyuqlanmay to’g’ridan-to’g’ri gaz holatiga o’tadigan hodisa). Bunday moddalar suvda erimaydi yoki kam eriydi, ularning eritmalari elektr tokini deyarli o’tkazmaydi. Bunday tuzilishli moddalar ko’p emas. Ularga muz, SO2, SO3, qattiq CO2 (“quruq muz”), qattiq vodorod galogenidlari, bir atomli (nodir gazlar), ikki (F2, Cl2, Br2, I2, H2, O2, N2), uch (O3), to’rt (P4) va sakkiz (S8) atomli molekulalardan hosil bo’lgan qattiq oddiy moddalar misol bo’ladi. Kristall organik birikmalarning ko’pchiligi molekulyar panjarali bo’ladi. Bularga misol qilib, har qanday sharoitda ham qizdirilganda gaz holatga o’tishi mumkin bo’lgan moddalarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |