Gibridlanish va molekulalarning fazoviy tuzilishi


Download 413.75 Kb.
bet4/5
Sana04.01.2023
Hajmi413.75 Kb.
#1078054
1   2   3   4   5
Bog'liq
gibridlanish

N+4+2O-2→NO2 3H++O-2→H3O+
N+4- akseptor; O-2- donor; O-2- donor; H+-akseptor;
2 ta σ 1 ta π bog’; 3 ta σ bog’;

sp2 gibridlanish tugallanmagan sp3- gibridlanish tugallanmagan uchburchak tetraedr


V.7. Qutbli va qutbsiz molekulalar.
Qutbli kovalent bog’lanishda elektronlar jufti simmetrik joylashmaydi va molekulalarda qarama-qarshi zaryadlarning og’irlik markazlari bir nuqtada yotmaydi. Shu sababli bunday molekulalarni qutbli molekulalar deyiladi. Ular ikki (musbat va manfiy) qutbli bo’lganligi uchun ularga dipollar deyiladi.
Elektromanfiyligi bir xil bo’lgan atomlardan hosil bo’lgan molekulalarda yadrolar atrofida umumiy elektron bulut simmetrik joylashgan bo’ladi. Bunday kovalent bog’ qutbsiz deyiladi.
Kimyoviy bog’ elektromanfiyligi turlicha bo’lgan atomlar orasida hosil bo’lgan bo’lsa, umumiy elektron bulut elektromanfiyligi katta bo’lgan element atomi tomoniga siljigan bo’ladi. Bu vaqtda ta’sirlashuvchi atomlarda musbat va manfiy zaryadlarning taqsimlanishida asimmetriya kuzatiladi, shuning uchun ikki atomli molekulalar elektrik dipolga ega bo’ladi va bunday kovalent bog’ qutbli deyiladi. Masalan; HCl molekulasida umumiy elektron juft xlor atomi tomon siljigan, bu esa xlor atomining manfiy, vodorod atomining musbat effektiv zaryadga ega bo’lishiga sabab bo’ladi. Effektiv zaryadlar (q+ va q-) og’irlik markazlari orasidagi masofa dipol uzunligi deyiladi.
Effektiv zaryadning ular orasidagi masofaga ko’paytmasi dipol momenti deyiladi: .
Dipol momenti (μ) Debay (D) larda o’lchanadi. 1D=0,333∙10-29,Kl∙m
Dipol momenti haqidagi tushunchani fanga ilk bor 1912 yilda golland fizigi va kimyogari P.Debay (1884-1966) kiritgan.
Elektrik dipol momenti vektor kattalik bo’lib, musbat qutbdan manfiy qutbga yo’nalgan bo’ladi:


Download 413.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling