Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati 1-kurs xitoy-ingliz guruhi talabasi
Download 20.93 Kb.
|
informatika oraliq
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati 1-kurs xitoy-ingliz guruhi talabasi Safarova Lobarning Axborot texnologiyalari va jarayonlarini matematik modullashtirish fanidan yozgan 1-oraliq nazorat ishisi 14.12.2020 1-oraliq nazorat ishi 21-variant 1.Kompyuter tizimi va uni tashkil etuvchilari. Kompyuter tarmoqlari. 2.Internet provayderlar. Internet provayderlarning ommabop xizmatlari. 3.Axborot tizimlari. Axborot tizimini tashkil etuvchilari. Javoblar: 1.Kompyuter tizimi deganda – axborotni o’lchash, uni shaklini o’zgartirish va ishlash uchun mo’ljallangan, funksional jihatidan birlashtirilgan, hamda istemolchiga, ya’ni foydalanuvchiga u talab qiladigan ko’rinishda axborotni (ma’lumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari – o’lchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat bo’ladi. Tarmoq – kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o’zaro bog’langan majmuasi. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq – bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o’zaro bog’lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar – o’ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya aloqalari tarmog’i orqali bog’langan yirik tarmoq. 2.Internet provayder – bu o’zining internet-serveri orqali internet tarmog’iga ulash hizmatini ko’rsatuvchi tashkilot. Foydalanuvchilar kompyuterlari provayderning serveri bilan telefon simi, uyali aloqa to’lqinlari yoki Wi-fi to’lqinlari orqali bog’lanadi. Xozirgi kunda O’zbekiston bir qancha internet provayderlariga ega, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq telekom, TPS, ARS va boshqalar. 3.Axborot tizimi – belgilangan maqsadga erishish yo’lida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish, zamonaviy telekommunikatsiya vositalari, yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish xisobiga boshqaruv ob’ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi. Qo’llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; Loyixalashtirishni avtomatlashtirish; Tashkiliy jarayonlarni boshqarish; Texnologik jarayonlarni boshqarish. Download 20.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling