Gidning nutq madaniyati va uning kasbiy xususiyatlari
Download 67 Kb.
|
XO\'JAMQULOV FARXODNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gid nutqidagi yana bir muhim sifat bu hissiyotlik
«Guldonda gul gulladi».
«Qahraton qishda Qodir qishloqda qishladi». Tez aytishlar bilan qanday ishlash bo`yicha L.A.Vvedenskiy va L.G.Pavlovalar tavsiyalaridan foydalanish mumkin: “Sekin, har bir tovushni aniq talaffuz qilib, tez aytish matnini o`qing. Biroz tanaffus qiling, shoshilmang, magnitofonda yozib, eshitib, takrorlang. Har bir alohida tovush talaffuzi aniq, ravonligiga ishonch hosil qilgach, tezlikni tezlashtiring. Birinchi holatdagidek talaffuzga rioya qilib, aniq, ravon takrorlang, lekin ikki baravar tezroq. Iboralar aniq, ravonliliga erishgach tezlikni oshiring. Tez aytishni bunday qayta ishlash metodini har bir matnda qo`llang.” Rostov Davlat Universitetining «Turizm va ekskursiya ishi» yo`nalishi bo`yicha talim olayotgan talabalar nutqlarini takomillashtirish maqsadida tez aytishlardan tashqari, har kun 20 daqiqadan she`riy matnlarni o`qishlari va har kunlik hayotlarida o`z nutqlarini kuzatishlari tavsiya qilinadi. Bu ishlar 1,5-2 oydan so`ng o`z natijasini beradi. Talabalar nutqi ravon va diksiyalari yaxshiroq bo`ladi. Ular katta ishtiyoq bilan publistik chiqishlarni, ilmiy yoki madaniy tadqiqotlar elementlari mavjud ekskursiya matnlarini o`qiydilar. Gid nutqidagi yana bir muhim sifat bu hissiyotlik, ya`ni notiqning his-hayajonga, tuyg`uga berilib so`zlashidir. Bir turdagi his -hayajon bilan masalan, Ulug` Vatan urushidagi g`alaba, olimlar kashfiyotlari, o`lkaning ekologik muammosi haqida gapirib bo`lmaydi. Gid nutqi ham aqlga va ham ongning emotsional-sezgirlik tomonlariga ta`sir o`tkazishi kerak. Psixofiziologlarning fikricha, hissiyotlar (emotsiya) bilan gapirish nutqni qabul qilish sxemasini o`zgartiradi, fikrlash, xotira va diqqatga ta`sir qiladi. Tanishib chiqqan o`quv qo`llanmaning bu bo`limi gid nutqi texnikasi va madaniyatini takomillashtirish bo`yicha resentlar jamlanmasi emas. Uning vazifasi – gidga tili ustida ishlash bo`yicha asosiy yo`nalishlarni belgilab olishga yordam berishdir.Ijodiy shaxsga esa bu jarayon uzluksiz davom etishi kerak. Boy, to`g`ri, toza, obrazli, ifodali, eshituvchiga tushunarli nutqni shakllantirish gid professional ustaligini takomillashtirish ishlarining tarkibiy qismlaridir. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling