Gidning nutq madaniyati va uning kasbiy xususiyatlari


Download 67 Kb.
bet1/8
Sana13.02.2023
Hajmi67 Kb.
#1194681
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XO\'JAMQULOV FARXODNING


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA SANAT FAKULTETI
MUSIQA TA’LIM YO’NALISHI
2-BOSQICH 21-01 -GURUH TALABASI
XO'JAMQULOV FARXODNING
TAQDIMOT ISHI
TERMIZ-2023


TAHLILIY FAKTIK BAHOLOVCHI TURDAGI KASBIY NUTQ


Reja:



  1. Gid nutqiga qo`yilgan talablar.

  2. Gid nutqining tarkibi.

  3. Hikoya qilishda ovoz kuchining ahamiyati.

  4. Noverbal muloqot.

  5. Gidning guruh bilan munosabati.

Gid nutqiga qo`yilgan talablar
Har bir gidga qo`yilgan proffesional talab – bu yuqori darajali nutq madaniyatiga ega bo`lishidir. Gid so`z ustasi bo`lmasa ekskursiyaning muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlay olmaydi. Shuning uchun u notiqlik san`ati asoslarini egallashga intilishi kerak.
Mazkur bo`limda faqatgina individual matn va ekskursiyani o`tkazishda zarur bo`ladigan, rioya qilish zarur bo`lgan, nutq madaniyatining bir necha qoidalari yortiladi.
Gidning nutq madaniyati asoslarini original mualliflik ishlanma sifatida qabul qilish noto`g`ri. Axir ming yillar ichida notiqlik san`ati bo`yicha yuzlab kitoblar yozilgan. Notiqlik san`ati bo`yicha adabiyotlarni tahlil qiladigan bo`lsak, Ye.A.Nojinning «Ittifoq oratorlik san`ati asoslari», A.A.Vvedenskaya va L.R. Pavlovalarning «Nutq madaniyati va san`ati», Deyl Karnegining “Rasmiy chiqishlar orqali insonga ta`sir ko`rsatish va o`ziga ishonchni kuchaytirish” asarlarida bu masala batafsil yoritilgan.
Demak, Gid o`z faoliyatining muhim qismi hisoblanmish notiqlik madaniyati haqida nimalarni yodda tutishi va hisobga olishi shart? Notiqning nutq madaniyati nima?
Ye.A.Nojin bu haqida qo`yidagilarni yozadi:
«Notiqning nutq madaniyatini ko`pincha to`g`ri nutq ya`ni, umumiy qabul qilingan, til me`yorlariga to`g`ri keladigan nutq deb hisoblashadi. Notiqning nutq madaniyati - bu mazkur auditoriyaga aniq holat, qo`yilgan vazifaga mos ravishda, eng yaxshi ta`sir etishni ta`minlovchi til materiallarini ishlatishdir».
Gid shuni yodda tutishi kerakki uning sayyohlar nazdidagi nutqi bu og`zaki nutq va u yozma nutqdan tarkibi, jumlalar hajmi bilan farqlanadi. Notiqlik chiqishlar uchun qisqa va uncha murakkab bo`lmagan jumlalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki ularni eshitish ham osonroq. Uzun jumlalarga qarshi qadimiy notiqlar shunday degan «uzun jumlalar eshituvchining qulog`iga va ham notiqning nafas olishiga yomon ta`sir qiladi ».
Og`zaki nutq –ovoz bilan ifoda etilgan yozma nutqdir. Gid individual matn, to`plangan adabiy, ilmiy, gazeta, arxiv, statistik materiallarni albatta, og`zaki nutq qoidalariga moslashtirishi maqsadga muvofiqdir.Tadqiqotlar shuni isbotlamoqdaki, yozma nutqlarga ovoz berilganda eshituvchilar axborotning 50 % ni, chiqishlar og`zaki nutq me`yorlari bo`yicha tuzilgan bo`lsa, axborotning 90 %ni qabul qilishar ekan. Bu tadqiqotlar ma`ruzachi nutqi samaradorligini harakterlaydi. Ekskursiya chiqishlarida esa, gidga yana tashqi muhit halakit beradi, bu esa jonlantirilgan yozma nutqni qabul qilish samaradorligi yanada pasaytiradi.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling