Notiqlik va gid nutqida tanaffus muhim rol uynaydi. Tanaffus – bu ovoz yangrashining vaqtinchalik to`xtashi, uning jarayonida nutq organlari faoliyati to`xtaydi va u nutqlar oqimini uzadi. Tanaffus bu jimlikdir. Lekin jimlik ham ifodali bo`lishi mumkin. K.S.Stanislavskiy tanaffus haqida shunday degan. «Tanaffus – bizning nutqimizning asosiy va muhim elementidir».
Notiqlik san`ati nazariyasida tanaffusning bir necha klassifikatsiyalari mavjud: xezitatsiya tanaffuslari ya`ni uylab olish, fikrlash tanaffuzlari; intonatsion – mantiqiy tanaffuslar- bir nutq taktini boshqasidan ajratadigan, mexanik shakllanadigan taktlar; psixologik tanaffuslar- ular yordamida masalan, butun bir jumlalarga mazmun beriladi («ularsiz nutq jonsiz» degan Stanislavskiy); intonatsion-sintaksis tanaffuslar- holatli, fizilogik tanaffuslar kiradi.
Ko`pgina gidlar o`z nutqlarida intonatsion-sintaksis tanaffuslarni noto`g`ri ishlatadilar, ularsiz grammatik qoidalarga asoslangan to`g`ri nutqning o`zi mavjud emas. Intonatsion-sintaksis tanaffuslar yozma nutqdagi tinish belgilariga amal qilinib, davomiyligi bilan ajralib turadi. Eng qisqa tanaffus – vergul o`rniga, eng uzuni nuqtaga to`g`ri keladi.
Notiqlik san`atining nazariyachisi fransuz D.Doriaxa shunday degan: «Kimki o`z nutqida tanaffus qilsa - to`g`ri nafas oladi, yaxshiroq talaffuz qiladi va osonroq artikullaydi. Tinish belgilarini to`g`ri qo`yish – bu o`z nutqi tezligini his etish va uni boshqarish demakdir…bu degani aniq so`zlash va uni boshqalar tushunishiga yordam berish, bu degani nima so`zlayotganni o`zi tushunish demakdir».
Gid o`z diksiyasini nazorat qilish lozim. Diksiya – bu nutqdagi bo`g`inlar va so`zlarning aniq – tiniq talaffuz etish darajasidir. Tovushlar va bo`g`inlarni «yutish» har kunlik suhbatda kechirimli, lekin rasmiy chiqishlarga bu nutq sifatini pasaytirib, mazmunni qabul qilishga to`sqinlik qiladi. Yaxshi diksiyaga ega bo`lish bu har qanday holatda faol energiyali nutq tezligini saqlab qolishga ko`maklashadi, eshituvchilarga maqsadni yetkazadi.
Amaliyotda har bir notiqning diksiya bilan muammosi bor, uni takomillashtirish uchun doimo o`z ustida ish olib borish kerak (nutq texnikasi bo`yicha metodik qo`llanmalarga berilgan tavsiyalarga amal qilgan holda).
Barcha qo`llanmalarda nutq texnikasini takomillashtirish vositasi sifatida har xil tez aytishlar keltirilgan. Ular bizning nutq apparatimizning uzluksiz qayta tiklashni talab qiluvchi, tovushlardan iborat so`zlar uyg`unligidan tarkib topgan. O`z nutqimizni takomillashtirish ustida ishlash uchun bir nechta tez aytishlar doimo takrorlab turish lozim:
“Oq choynakka oq qopqoq, ko`k choynakka ko`k qopqoq”.
“Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish”.
Do'stlaringiz bilan baham: |