Gidrobiologiya fanidan Mustaqil ishi Mavzu
Download 37.31 Kb.
|
Gidrobiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIDROBIOLOGIYA
- O’zbekiston suv havzalari
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI 9-2 BIO S-19 guruh talabasi «GIDROBIOLOGIYA» fanidan Mustaqil ishi Mavzu: O’zbekiston suv havzalari umumiy tasnifi Bajardi: Mamadaliyeva Malika Buxoro - 2023 Reja: Suv havzasi tushunchasi O’zbekiston suv havzalari O‘zbekistondagi eng ifloslangan suv havzalari Suv havzasi — yer yuzasining tabiiy yoki sunʼiy pastqam yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sunʼiy ravishda suv toʻplanishidan hosil boʻladigan, yo boʻlmasa, suv yoʻlini toʻsib va toʻgʻon qurib hosil qilinadigan sekin oqar yoki oqmas suv manbai. Suv havzasi doimiy yoki mavsumiy (seryogʻin yillarda paydo boʻladigan) turlarga boʻlinadi. Doimiy Suv havzasiga okeanlar, dengizlar, daryolar, koʻllar, tabiiy suv omborlari, jilgʻalar, ariklar va boshqa kiradi. Mavsumiy (vaqtinchalik) Suv havzasi sunʼiy suv omborlari, kanallar, hovuzlar va boshqalardan iborat. Masalan, Oʻzbekiston hududidagi Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy Suv havzasi, Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Andijon suv ombori va boshqa sunʼiy Suv havzasi hisoblanadi. O’zbekiston suv havzalari O'zbekistonning ko'p suv havzalari oqova suvlardan hosil bo'lgan. Shu tariqa Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi, Sariqamish, Dengizko'l, Sudoche ko'llari hosil bo'ldi. Bu ko'llar suvlari sho'rroq, ularda baliqlar yashaydi, suv qushlari uchib keladi. Ba'zida bu hududlar botqoqliklarga aylanadi, qurib qoladi va ba'zida yana suvga to'ladi. Suv havzasi, suvning yupqa qatlami, u yerda o'simliklar bor, baliqlar, qushlar va hayvonlar yashaydi. Uni vetland deb atashadi - ingliz tilidan "wet" + "land" - "namlantirilgan yer". Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va Buxoro viloyatidagi Dengizko'l - bu ikki vetlandlar pelikan, vishildoq, qarqara, laylak, qorabuzovlar kabi noyob qushlar hayoti uchun juda muhim. Ular bu yerlarda uya quradi, ko'payadi, uchib o'tish vaqtida oziqlanishadi, qishlaydi. Ularga alohida parvarish kerak. Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi va Dengizko'l davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ular suvda suzuvchi qushlar yashash muhitini muhofaza qiladigan Xalqaro Ramsar vetlandlar ro'yxatiga kiritilgan. Bu ro'yxatda dunyo bo'ylab 2300 dan ortiq suv-botqoqliklar maydonlari mavjud. Har bir irmoq yoki soy bizning e'tiborimizga munosib. Ular oqimi bo'ylab hayot baxshida etadi. Daryo, soy, kanal va ko 'liar atrofidagi hudud doim nazorat ostida. Qonunda bu hududda odamlar faoliyatini cheklash belgilangan. Shuning uchun u suvni muhofaza qilish zonasi deb nomlanadi. Bu hududlarda axlat tashlash, oqova suvlarni oqizish taqiqlangan. Bu suv zaxiralari ijloslanmasligi hamda qush, baliq va sutemizuvchilarni asrab qolish uchun. Amudaryo suzish havzasiga Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Pyandj, Vaxsh, Kafirnigan, Murg'ob, Tejen, Atrek, Afg'oniston daryolari kiradi. Sirdaryo suzish havzasiga Norin, Qashqadaryo, Chirchiq, Ohangaron, Keles, Qirg'iziston daryolari kiradi. Dala maydonlarini yuvib chiqarish uchun olinadigan daryolar oqova suvlarga aylanadi. Ba'zida ular juda ifloslangan bo'ladi, ayniqsa, maydonlarda juda ko'p pestitsidlar, o'g'itlar qo'llanilganida hamda tuproq sho'r bo'lganida. Shuning uchun suv qaytib daryoga oqizilmaydi. Uni maxsus kanallar bo'ylab ma'lum j oylarga tushirishadi. O‘zbekistonda ko‘llar hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan. Ularning aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ko‘proq daryo vodiylari bo‘ylab joylashgan. Ko‘llar paydo bo‘lishi jihatidan xilma-xildir. Tog‘lardagi ko‘llar tektonik, to‘siq (to‘g‘on) va morena ko‘llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko‘llar yoki zovur-drenaj suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan. O‘zbekistondagi tektonik yo‘l bilan vujudga kelgan eng katta ko‘l Orol ko‘lidir. Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko‘llari Orol, Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydarko‘l, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi oqimidagi Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l, Farg‘ona vodiysidagi Axsikentko‘l, Damko‘l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudochye, Ulug‘sho‘rko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, ular suv yuzasining maydoni bir necha yuz gektardan bir km.kub gachani tashkil etadi. O‘zbekistonda sun’iy suv havzalari — suv omborlari ham ko‘p. Ularning eng muhimlari Tuyamo‘yin, Chordara, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz va boshqalardir. Bu suv omborlari, asosan, daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to‘plab, yozda ekin dalalariga berish maqsadida qurilgan. Respublikamizda yerosti suvlari — grunt (sizot suvlari), artezian (qatlamlar orasidagi) suvlaridan va mineral suvlardan iborat. Artezian suvlari ko‘pincha toza va chuchuk bo‘ladi. Grunt suvlari yer betiga yaqin joylashgan paytda buloq bo‘lib oqib chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Grunt suvlari yog‘inlar, daryo, ariq, ko‘l, suv omborlarining suvi yerga shimilishidan hosil bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo‘lib, bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko‘proq botiqlarda to‘planadi va bosim ostida bo‘lganligi sababli otilib chiqadi. Bunday suvlar artezian suvlari deyiladi. Qatlamlar orasidagi suv grunt suviga qaraganda toza, chuchuk va tiniq bo‘ladi. Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasidagi 1500-3000 m chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan. Bu suvlarning harorati +40, +70°C ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota, vodorod sulfid, yod, brom, litiy, bariy va h. k.) bor. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 60 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. Bularning eng muhimlari Toshkent, Chortoq, Farg‘ona, Chimyon, Jayronxona, Oltiariq va boshqa mineral suvlaridir. O`zbekiston hududida ko`llar nisbatan kam bo`lib, ular notekis joylashgan. Jumhuriyatimizda joylashgan ko`llarning aksariyati kichik bo`lib, mahalliy ahamiyatga ega. O`zbekiston hududidagi ko`llar qozonining (kotlovinasining) paydo bo`lishi jihatidan bir xil emas. Lekin ularning ko`pchiligi tekislik qismida daryo vodiylarida joylashgan qayir ko`llaridir. Aksincha, jumhuriyatimiz tog`li qismidagi ko`llar esa to`siq (to`g`on), morena va tektonik ko`llardir. O`zbekiston hududidagi ko`llar soni (5360 ta ko`l) 100% desak, shuning 56,5% uning tekislik qismida, 43,5% esa torli qismida joylashgan. Lekin suv yuzasi maydonining kattaligi jihatidan tekislikdagi ko`llar oldinda bo`lib, 67% ni tashkil etadi. O`zbekiston hududining tekislik va tog`li qismida ko`llar notekis joylashgan. Jumhuriyatimiz tog`li qismining 1000—2000 m balandliklarida (82 ko`l mavjud), kamroq, aksincha 2000—3000 m balandliklarida (165 ta ko`l mavjud) ko`proq, 3000 m. dan baland qismida esa ko`p (2083 ta ko`l) ko`l joylashgan. Lekin bu ko`llar maydoni kichik bo`lib, ularning eng muhimlari Isfayram daryohavzasidagi Yashinko`l, Chirchiq daryosi havzasidagi Shovurko`l,. Nixnach, Karataka, Chotqol1, Chotqol2 ko`li, Shohimardon yaqinidagi Kubbonko`l, Ohangaron havzasidagi Arashan, SHerobod havzasida Kanbeshbuloq ko`li va boshqalar. O`zbekiston hududidagi ko`llarning ko`pchiligi uning tekislik qismida, xususan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryo vodiylarida, asosan, ularning quyi qismlarida joylashgan. Bu ko`llarning qo`pchiligi kichik, sayoz va sho`r bo`lib, bahorda hamda daryo suvi ko`paygan vaqtda suvlarga to`lib, yozning oxirlariga ,borib, suvi juda ozayib sayozlashib, ba`zilari qurib, botqoqlik sho`rxokka aylanib qoladi. O`zbekiston tekislik qismidagi ko`llar kelib chiqishi jihatidan turlichadir. Ba`zilari daryo vodiylarining pastqam joylarida hosil bo`lib, yomg`ir, qor, irrigao`iya shoxobchalarining tashlama suvlari yoki yyer osti suvlaridan, ba`zan esa daryolar toshganda sizib borgan suvidan to`yinib turadi. Bunday ko`llar berk ko`llar hisoblanib, suvi sho`r, ba`zilarining suvi yozda qurib qolib, tagida tuz cho`kib qoladi, ba`zilari botqoqli joyga aylanadi. Bu turdagi ko`llar Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon daryolarining vodiylari bo`ylab joylashgan. Tekislikda yana «efemer» yoki davriy turli ko`llar ham mavjud. Bunday ko`llar kichik, sayoz bo`lib, yomg`ir jala tariqasida yoqkanda yoki bahorgi qorlar tez eriganda hosil bo`lib, so`ngra yana qo`rib qoladi, ba`zan esa bir necha yillar mobaynida suvga to`lmay qurib yotadi. O`zbekistonning tekislik qismida eski daryo o`zanlarida ko`llar xam vajud. Bunday ko`llar Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo kabi daryolarning quyi qismidagi qadimiy o`zanlarida joylashgan. Bu turdagi ko`llarning suvi agar daryodan tamomila, ajralmagan bo`lsa, chuchuk bo`ladi, agar daryodan ajralib qolsa, sho`r bo`ladi. Bunday turdagi ko`llarning rejimi daryo rejimiga bog`liqdir. O`zbekiston hududining tekislik qismida so`nggi yillarda odamlar tomonidan vujudga keltirilgan ko`llar soni ortib bormoqda. Bu turdagi ko`llar ekin dalalaridan oqib chiqayotgan zovur suvlarini ekin ekiladigan maydondan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga tashlash oqibatida vujudga kelmoqda. Sug`oriladigan maydonlardan chiqarib tashlanadigan zovur suvlarining to`planishidan vujudga kelgan ko`llar (Sariqamish, Aydar, Arnasoy, Dengizko`l, Qoraqir. va boshqalar) esa o`ta sho`r bo`lib, tarkibida har xil kimyoviy zaharli moddalar uchraydi. Bu ko`llarning suv sathi ekin dalalarini sug`orish davrida ko`tarilib, qishda ancha pasayib qoladi. O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko`l, Somonko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, Qoraqir, Hojiobko`l; Farg`ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudochhe, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km2 gacha yyetadi. O`zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo`l bilan vujudga kyolgan ko`l — Orol dengizidir.Orol dengizi — Turkistondagi eng katta ko`l bo`lib, suv satxi 53,4 m. bo`lganda maydoni 66,1 ming kv. km, o`rtacha chuqurligi 16,1 m., eng chuqur yyeri 69,0 m, eng uzun yyeri 492 km, eng keng joyi 292 km, o`rtacha sho`rligi 10—11°/oo, suv hajmi 1062 km3 edi. Orol ko`lining hamma qirg`oqlari bir xil emas. Uning shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari tekis va past. Aksincha, g`arbiy qirg`og`i baland va tik. Chunki Orolning g`arbiy qirgoriga Ustyurt balandligini sharqiy jarligi (chinklari) tik tushgan. Ba`zi yyerlarda Ustyurtning chinklari Orol dengizidan 190—195 m. balandlikda turadi. Orol dengizining shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari past, egribugri bo`lib, qo`ltiqlari, kichik orollar juda ko`p. Orolda 313 dan ortiq katta va kichik orollar mavjud. Ularning eng kattalari — Ko`korol, Vozrojdeniye, Borsakelmas orollaridir. Bu orollarning maydoni Orol suv sathining pasayishi munosabati bilan kattalashib bormoqda. 1961 yili Ko`korolning maydoni 273 km2, Vozrojdeniye oroliniki 216 km2, Borsakelmas oroliniki 135 km2 edi. 1961 yilgacha (suv sathi 53,4 m bo`lganda) Orol dengiziga Amudaryo—38,6 km3 va Sirdaryo—13,2 km3, binobarin har ikki daryo birgalikda 51,8 km3 suv olib kelib quyar edi. Orol yuzasiga tushayotgan yog`inlardan esa yiliga 5,8 km3 suv vujudga kelar edi. Shunday qilib, Orolga yiliga 57,8 km3 suv kelib, 8,6 km3 suv bug`lanar edi. So`nggi yillarda Orol havzasida sug`oriladigan yyerlar maydonining muttasil ortib borishi, yangi shaharlar, sanoat obyektlariniig vujudga kelishi, aholining o`sishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo yil sayin Orolga kam suv quya boshladi. Agar 1960 yili Amudaryo va Sirdaryo Orolga 58,3 km3 suv quygan bo`lsa, 1975 yilga kelib 10,6 km3 (shuni 10 km3 Amudaryo zimmasiga, 0,6 km3 Sirdaryo zimmasiga to`g`ri kelgai), 1985 yili 2,4 km3 (1980 yildan 1988 yilgacha Sirdaryo umuman suv quymagan), 1986 yili 0,4 km3 suv quyilgan. Oqibatda 1961 yildan boshlab Orol suv sathi yiliga 40—70 sm. atrofida pasaya boshladi va 1992 yilga kelib uning suv yuzasi 15,3 m. ga pasaydi, suv hajmi qisqarib 302,0 km3 ga tushib, aksincha sho`rligi ortib, 34—37%o ga ko`tarildi. Shunday qilib, 1961 yildan 1992 yilgacha Orol dengizining 759 km3 suvi burlanib ketdi, natijada dengiz qirg`oqlari ba`zi qismida 50—100 km gacha chekinib, suvdan bo`shagan yyerlar sho`rxokka aylanib qoldi. Amudaryo va Sirdaryo havzasida xalq xo`jaligining turli, Orol dengiziga suv kam kelishi munosabati bilan maydonniig qisqarib, qirg`oq chizig`ining o`zgarishi a—1960 yili suv sathi 53,0 m. bo`lgandagi holati b—1974 yili suv sathi 51,0 m. bo`lgandagi holati v—1985 yildagi holati: g—1989 yildagi holati: d—yaqin kelajakdagi holati vohalarida, ayniqsa, qishloq xo`jaligida suvni tejab, ma`lum qismini zudlik bilan Orolga oqizilmasa yaqin kelajakda (2000 yilga borib) uning suv sathi 20 m. ga pasayib, maydoni 23,3 ming km2 ga tushib, ko`lda atigi 162 km3 suv koladi. SHo`rligi esa 77%o ga ko`tariladi. Natijada hozirgi Orol o`rnida sayoz va o`ta sho`r kichik ko`l vujudga keladi. Orol suv sathining pasayishi quyidagi salbiy oqibatlarga olib keldi: bu hol tegara iqlimiga salbiy ta`sir etmokda.. 3961 yil Mo`ynoqda yanvarning o`rtacha harorati—4,4° edi, hozir esa —8,3°. Natijada Orol bo`yida bahorgi sovuq tushish 10—12 kun,ga cho`zshshb, kuzgi sovuq tushish 10—12 kun erta boshlanmoqda, yyer osti suv sathi pasayib, sho`rligi ortib, to`qayzorlar maydoni kisqarib, ko`llar qurib, qayta cho`llashish jarayoni tezlashmoqda. Orol atrofidagi suv tagidan chiqib qolgan yyerlardagi tuzlar ko`chib ularni shamol 500 km ga uchirib ketmoqda. Natijada Quyi Amudaryoning sug`oriladigan yyerlarining har gektariga 0,5—1,0 tonnagacha chang aralash tuz tushmoqda. Orol dengizi suv sathining pasayishi sababli u transport ahamiyatini deyarli yo`qotdi. Orol dengizidan yiliga 500 ming t.gacha baliq ovlanar edi. Endilikda baliq deyarli ovlanmaydi, natijada, baliq xo`jaligi yiliga 18,9 mln, so`m (1986 yilgi ma`lumot) foydadan mahrum bo`ldi. Amudaryo va Sirdaryo deltasidagi qamishzorlar va to`qaylarning qurib qolishi sababli mo`ynali xayvon ondatra juda kamayib ketdi. Natijada yiliga 4,7 mln. so`mlik daromad yo`qotilmoqda. Download 37.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling