Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Kirish 
 
Hozirgi davrda Jahon miqyosida ishlab chiqarish sohalarining, madaniy 
hayotning yuqori suratlarda rivojlanib borishi bilan energiyaga boʻlgan talab ham 
keskin oshib bormoqda. An’anaviy organik yoqilg’ining zahiralari keskin kamayib 
bormoqda. Bunday sharoitlarda energiyaga boʻlgan talabni qondirish uchun 
energiya resurslaridan samarali foydalanish, muqobil energiya manbalarini izlab 
topish va ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish muammosi muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan energiyadan 
oqilona foydalanish – uni uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida yuqori 
darajadagi energiya samaradorligini ta’minlash dolzarb masalalaridan biri boʻlib 
qolmoqda.
Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasida birinchi navbatda amalga 
oshirilishi kerak boʻlgan asosiy ishlar Respublika Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamisining keyingi yillarda qabul qilingan bir qator buyruq, qaror, farmonlari 
va boshqa hujjatlarda oʻz aksini topgan. Ushbu Qonun hujjatlarida qayd etilib, 
yaqin kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan birinchi navbatdagi tadbirlar doirasida 
Respublikamizda mavjud bir qator issiqlik elektr stansiyalarida agregatlarni yuqori 
samaradorlikka ega boʻlgan bug’-gaz qurilmali agregatlarga almashtirish, quyosh 
va shamol stansiyalarini qurish va ishlatish, mini va mikro GESlarni qurish va 
ishlatish, issiqlik va gidroelektr stansiyalarini modernizasiyalash, podstansiyalarni 
zamonaviy yuqori samaradorlikka ega boʻlgan qurilma va jihozlar hisobiga 
modernizasiyalash, elektr tarmoqlarini rivojlantirish – yangi podstansiyalar va 
elektr uzatish liniyalarini qurish va ishlatish, elektr va issiqlik energiyalarini ishlab 
chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishning samarali usullarini yaratish va 
joriy etish boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. 2030 yilga borib 
Respublikamizda bir yil davomida ishlab chiqariluvchi elektr energiya miqdorini 
hozirga davrdagiga nisbatan taxminan ikki martaga oshirish rejalashtirilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga 
moʻljallangan harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotning barcha sohalarida energiya 



va resurs sig’imini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga 
energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya 
manbalaridan foydadanishni kengaytirish koʻzda tutilgan. Bu masalalarni hal etish 
bilan bog’liq boʻlgan dolzarb muammolardan biri ularni yechishning samarali 
usullarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.
Iqtisodiyotning koʻpgina boshqa tarmoqlaridagi singari energetikada ham 
samaradorlikni ta’minlash ikkita yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Birinchisi yangidan ishga tushiriluvchi jihozlarni takomillashtirish
energetika tizimi parametrlari va tuzilmasini takomillashtirishga asoslangan. 
Bunday tadbirlar katta miqdordagi xarajatlarni talab qilib, faqat yangidan ishga 
tushirilayotgan qurilma va ob’ektlarning holatlariga ta’sir etadi. 
Ikkinchi yoʻl uzatiluvchi elektr energiyaning sifati va miqdorini ta’minlagan 
holda, energetika tizimining holatini optimallash orqali maksimal darajada 
iqtisodiy samarani olishdan iborat. 




Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling