Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
Generatorlarning nominal parametrlari. Generatorni ishlab chiqaruvchi
zavod uni ma’lum ruxsat etilgan uzoq muddatli ish rejimiga moʻljallaydi va bu rejim nominal rejim deb ataladi. Bu ish rejimi generatorning nominal ma’lumotlari degan nom bilan yuritiladigan va uning yorlig’ida hamda mashina pasportida koʻrsatiladigan parametrlar bilan harakterlanadi. Generatorning nominal kuchlanishi-nominal rejimda stator chulg’amining liniya (fazalararo) kuchlanishidir. Normal sovitish parametrlari (sovituvchi gaz va suyuqlikning harorati, bosimi hamda sarfi) da va generator pasportida koʻrsatilgan quvvat hamda kuchlanishning nominal qiymatlarida generatorning uzoq muddat normal ishlashiga ruxsat etiladigan tok qiymati generator statorining nominal toki deb ataladi. Generatorning toʻla nominal quvvati quyidagi formuladan aniqlanadi (kVA): , 3 NOM NOM NOM I U S (1.2) 12 generatorning aktiv nominal quvvati uning turbina bilan komplektda uzoq muddat ishlashi uchun moʻljallangan eng katta aktiv nominal quvvatdir. Aktiv nominal quvvat quyidagi ifodada aniqlanadi (kVt): NOM NOM NOM S P cos , (1.3) Turbogeneratorlarning nominal quvvati standartlardagi quvvatlar qatoriga toʻg’ri kelishi kerak. Yirik gidrogeneratorlarning nominal quvvatlari shkalasi standartlashtirilmagan. Rotorning nominal toki - generatorning eng katta qoʻzg’atish toki boʻlib, statorning kuchlanishi nominal miqdoridan 5% atrofida oʻzgarib turganida va nominal quvvat koeffitsiyentida generator shu tokka nominal quvvat bera oladi. Nominal quvvat koeffitsiyenti standartga muvofiq 125 MVA va undan kichik quvvatli generatorlar uchun 0,8; quvvati 588 MVA gacha boʻlgan turbogeneratorlar va 360 MVA gacha boʻlgan gidrogeneratorlar uchun 0,85; ancha quvvatli mashinalar uchun 0,9 qabul qilinadi. Kapsulali gidrogeneratorlar uchun, odatda, cos 1 . Har qanday generator nominal yuklama va nominal quvvat koeffitsiyentidagi FIK bilan harakterlanadi. Hozirgi generatorlarda nominal FIK 96,3—98,8% atrofida oʻzgarib turadn. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling