Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Generatorlarning sovitish tizimlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
1.3. Generatorlarning sovitish tizimlari Sinxron generatorning ishlash vaqtida uning chulg’amlari va aktiv poʻlati qiziydi. Stator va rotor chulg’amlarining yoʻl qoʻyiladigan qizish harorati birinchi navbatda, foydalaniladigan izolyatsiya materiallari va sovituvchi muhit haroratiga bog’liq standartlarga koʻra V sinfidagi izolyatsiya materiallari (asfalt - bitum asosidagi lok) uchun stator chulg’amining yoʻl qoʻyiladigan harorat(harorat)si 13 105°C, rotor uchun esa 130°C chegarasida boʻlishi kerak. Stator va rotor chulg’amlari izolyatsiyasining issiqqa chidamliligi yuqori, masalan, F va N sinfida boʻlganida yoʻl qoʻyiladigan qizish haroratining chegarasi ortadi. Generatorlarni ishlatish protsessida chulg’amlarning izolyatsiyasi asta-sekin eskiradi. Buning sababi izolyatsiyaga qator faktorlarning: kirlanish, namlanish, havo kislorodi ta’sirida oksidlanish, elektr maydoni hamda elektr yuklamaning va boshqalarning ta’sir etishidadir. Biroq izolyatsiyaning eskirishiga asosiy sabab uning qizishidir. Izolyatsiyaning qizish harorati qancha yuqori boʻlsa, u shuncha tez eskiradi, ishlash vaqti shuncha qisqaradi. V sinfidagi izolyatsiyalarning xizmat qilish muddati qizish harorati 120°C gacha boʻlganida 15 yilga yaqin, 140°C gacha qiziganida esa ikki yilgacha qisqaradi. Qizish harorati 105°C gacha (ya’ni standartlarda koʻrsatilgan chegarasida) boʻlganda xuddi oʻsha izolyatsiya ancha sekin eskiradi va xizmat qilish muddati ortib, 30 yilgacha boradi. Shuning uchun ishlatish vaqtida generatorning ishlash rejimining qanday boʻlishidan qat’i nazar, uning chulg’amlari qizish haroratining ruxsat etilgan qiymatlardan ortishiga yoʻl quymaslik shart. Qizish harorati ruxsat etilgan qiymatlardan ortmasligi uchun elektr stansiyalaraing hamma generatorlari sun’iy sovitiladigan qilib tayyorlanadi. Stator va rotorning qizigan chulg’amlaridan issiqlikni olib ketish usuliga qarab bilvosita va bevosita sovitish boʻladi. Bilvosita sovitishda rotor toretsiga oʻrnatilgan ventilyator yordamida sovituvchi gaz (havo yoki vodorod) generator ichiga yuboriladi va havo oralig’i hamda ventilyatsiya kanallari orqali haydaladi. Bunda sovituvchi gaz stator va rotorning chulg’amlarining oʻtkazgichlariga tegmay oʻtadi va ular ajratayotgan issiqlik gazga katta «issiqlik 1.4 – rasm. Turbogeneratorlarning havo bilan sovitishning berk tizimi 14 toʻsig’i»-chulg’amlarning izolyatsiyasi orqali oʻtadi. Bevosita sovitishda sovituvchi modda (gaz yoki suyuqlik) izolyatsiya va tishlarning poʻlatiga tegmasdan, generator chulg’amlari oʻtkazgichlariga bevosita tegib oʻtadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling