Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

PN
YuN
U
U
n

,
(2.1) 
Uch chulg’amli transformatorlarda chulg’amlarning har qaysi jufti uchun 
transformatsiya koeffitsiyenti aniqlanadi: YuK va PK; YuK va OʻK; OʻK va PK. 
Transformatorlarning nominal toklari deb, chulg’amlarning zavod 
pasportida qoʻrsatilgan toklarining qiymatiga aytilib, transformatorning ana shu 
toklarda uzoq vaqt normal ishlashiga yoʻl qoʻyiladi. 
Transformatorning istalgan bir chulg’amining nominal toki uning nominal 
quvvati bilan nominal kuchlanishidan aniqlanadi. 
Qisqa tutashuv kuchlanishi U
q.t.
-shunday kuchlanishki, transformatorning 
chulg’amlaridan biriga shu kuchlanish berilganda, boshqa chulg’amiga qisqa 
tutashgan boʻlsa, undan oʻtayotgan tok nominal miqdoriga teng boʻladi. 
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator kuchlanishining pasayish 
kattaligini aniqlab, uning chulg’amlaridagi toʻla qarshilikni harakterlaydi. 
Uch chulg’amli transformatorda qisqa tutashuv kuchlanishi uning istalgan 
bir juft chulg’ami uchun, uchinchi chulg’ami uzib qoʻyilib aniqlanadi. Shunday 
qilib, uch chulg’amli transformator u
q.t.
ning uchta qiymatiga ega boʻladi. 
Hamma transformatorlar uchun qisqa tutashuv kuchlanishi nominal 
kuchlanishga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi: 
2
2
.
.
r
a
t
q
u
u
u


,
(2.2) 
bunda u
a
-transformatorning aktiv qarshiligiga bog’liq boʻlgan qisqa tutashuv 
kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi; u
r
-transformatorning reaktiv (induktiv) 
qarshiligiga bog’liq boʻlgan qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil 
etuvchisi. 


36 
Chulg’amlarning induktiv karshiligi aktiv qarshilikka qaraganda ancha katta 
(uncha 
katta 
boʻlmagan 
transformatorlarda 2-3 marta, 
yiriklarida esa 15-20 marta) 
boʻlganligi uchun u
q.t.
asosan 
reaktiv 
qarshilikka, 
ya’ni 
chulg’amlarning 
oʻzaro 
joylashishiga, ular orasidagi 
kanalning eniga, chulg’amlar-
ning 
balandligiga 
bog’liq 
boʻladi. 
Salt 
yurish 
toki 
i
c

poʻlatdagi aktiv va reaktiv 
isroflarni harakterlaydi va poʻlatning magnit xossasiga, magnit oʻtkazgichning 
tuzilishini va uni yig’ish sifatiga, hamda magnit induksiyasiga bog’liq boʻladi. Salt 
yurish tokining kattaligi transformator nominal tokiga nisbatan foiz hisobida 
ifodalanadi. 
Sovuqlayin 
prokatlangan 
poʻlatdan 
yasalgan 
hozirgi 
transformatorlardagi salt yurish toklarining qiymati katta boʻlmaydi. 
Salt ishlashdagi ΔP
s
va qisqa tutashishdagi ΔP
q.t.
isroflar transformatorning 
tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar poʻlatning qayta magnitlanishi 
hamda uyurma toklarni hosil boʻlishidan kelib chiqadigan isroflar yig’indisidan 
iborat.
Qisqa tutashuv isrofida chulg’amlardan yuklama toki oʻtganda hosil 
boʻladigan isroflar, transformator chulg’amlari va tuzilishidan kelib chiqadigan 
qoʻshimcha isroflar kiradi. Sochilish magnit maydonlari chulg’amning chekka 
oʻramlari hamda transformator tuzilishlari (bak devorlari, yarmo balkalari va 
hokazolar) da uyurma toklar hosil qilib, qoʻshimcha isroflarni keltirib chiqaradi. 
Ularni kamaytirish uchun chulg’am koʻp tomirli transpozitsiyalangan simdan 
tayyorlanib, bak devorlari esa magnit shuntlari bilan ekranlanadi (toʻsiladi). 
Transformatorlarning chulg’amlari, odatda, yulduz Y, chiqarilgan neytralli 
2.2-rasm. Transformator va avtotransformatorlarning 
neytrallarini yerga ulash usullari: a) 110-220 kV li 
YuOR siz transformatorlarda; b) 330-500 kV li YuOR 
siz transformatorlarda; d) 110 kV li o‘rnatilgan YuOR 
li transformatorlarda; e) avtotransformatorlarda;
f) 150-220 kV li YuOR li transformatorlarda;
g) 330-500 kV li YuOR li transformatorlarda 


37 
yulduz Y va uchburchak Δ koʻrinishidagi sxemalar boʻyicha ulanadi. Birlamchi va 
ikkilamchi chulg’amlarning EYuK lari (E

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling