Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

1
va E
2
) orasidagi fazalar siljishini shartli 
ravishda ulanishlar guruhi bilan ifodalash qabul qilingan. 
Uch fazali transformatorlarning chulg’amlarini turlicha ulash yoʻli bilan 
ulanishlarning oʻn ikkita turli guruhini olish mumkin, bunda chulg’amlarni yulduz-
yulduz sxemasida ulashda istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruhni, yulduz-uchburchak 
yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 tok guruhni 
hosil qilinadi. 
Chulg’amning ulanish sxemasi belgisining oʻng tomoniga uning ulanish 
guruhi yoziladi.
Chulg’amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg’am 
neytrali yerga tutashtirilishi zarur boʻlgan holda 
qoʻllaniladi. YuK chulg’ami 330 kV va undan 
yuqori kuchlanishli transformatorlar va hamma 
avtotransformatorlarda 
YuK 
chulg’amlari 
neytralini yerga samarali tutashtirnsh shart. 110, 
150 va 220 kV li tizimlar ham neytrali yerga 
samarali tutashtirilgan holda ishlaydi, biroq bir 
fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun 
transformatorlar neytralining bir qismi yerga 
ulanmaydi. Chunki, chiqarilgan nol simlar 
izolyatsiyasi, odatda, toʻla kuchlanishga hisoblanmaydi, shuning uchun neytrali 
yerga ulanmagan ish rejimida hosil boʻlishi ehtimoli bor oʻtakuchlanishlarni 
transformatorning nol nuqtasiga ventilli razryadniklarni biriktirish yoʻli bilan 
kamaytirish mumkin (2.3-rasm). Shuningdek, toʻrt simli 380/220 va 220/127 V 
tarmoqlarni ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg’amidagi neytral 
ham yerga tutashtiriladi. 10-35 kV li kuchlanishdagi chulg’amlar neytrali yerga 
ulanmaydi yoki sig’im toklarini kompensatsiya qilish uchun yoy soʻndiruvchi 
g’altak orqali yerga ulanadi. 
Kuch 
transformatorlari 
va 
avtotransformatorlarning 
asosiy 
texnik 
2.3-rasm. Transformator chulg‘am-
lari: a-konsentrik; b-almashlanadigan. 


38 
ma’lumotlari, ularning ulanish guruhlari sxemalari amaldagi standartlar bilan 
belgilangan. 
Yuqori kuchlanishli quvvatli transformator murakkab qurilma boʻlib, koʻp 
sonli konstruktiv elementlardan tashkil topadi, ulardan asosiylari quyidagilar: 
magnit tizimi (magnit oʻtkazgich), chulg’amlar, izolyatsiya, chiqqichlar, bak, 
sovitish qurilmasi, kuchlanishni rostlash mexanizmi, himoyalash va oʻlchash 
qurilmalari hamda aravachalar. 
Magnit oʻtkazgich transformatorning konstruktiv va mexanik asosi 
hisoblanadi. Magnit oʻtkazgich bir-biridan izolyatsiyalangan elektrotexnik 
poʻlatdan tayyorlangan alohida-alohida listlardan yig’iladi. Transformatorning 
poʻlat listlari bir-biridan puxta izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Hozir 0,01 mm 
qalinlikda lak surkab listlarni izolyatsiyalash keng qoʻllanilmoqda. Lak pardasi 
listlar orasida yetarli darajada ishonchli izolyatsiya hosil qiladi, magnit 
oʻtkazgichning yaxshi sovishini ta’minlaydi qizishga chidamliligi yuqori va yig’ish 
paytida buzilmaydi.
Magnit oʻtkazgich va uning konstruktiv detallari transformator asosini 
tashkil etadi. Asosga chulg’am oʻrnatiladi va chulg’am bilan kirish simlari 
oʻtkazgichlar yordamida ulanib, asosga mahkamlanadi va bu bilan 
transformatorning aktiv qismi hosil qilinadi. 
Transformatorlarning chulg’amlari konsentrik yoki navbatma-navbat 
keluvchi boʻlishi mumkin. Birinchi holda PK va YuK chulg’amlari silindrlar 
koʻrinishida tayyorlanib, sterjenda bir-biriga nisbatan konsentrik joylashtiriladi 
(2.3-rasm, a). Koʻpchilik kuch transformatorlarida chulg’amni shunday tayyorlash 
qabul qilingan. Ikkinchi holda YuK va PK chulg’amlari bir xil diametrli qisqa 
silindrlar koʻrinishida tayyorlanib, sterjenda biri ustiga ikkinchisi joylashtiriladi 
(2.3-rasm, b). Bunday chulg’amda kavsharlash ishlari nihoyatda koʻp, ixcham 
emas va maxsus elektr pechi transformatorlari yoki quruq transformatorlar uchun 
qoʻllaniladi, chunki chulg’amlarning sovish sharoitini yaxshilaydi. 
Transformatorlarning 
chulg’amlari 
yetarli 
elektrik 
va 
mexanik 
mustahkamlikka ega boʻlishi kerak. Chulg’amlar va ulardan chiqqan simlar 


39 
izolyatsiyasi kommutatsiya va atmosfera oʻtakuchlanishlariga buzilmasdan 
chidashi kerak. Chulg’amlar qisqa tutashuv toklari oʻtishida hosil boʻlgan 
elektrodinamik kuchlarga chidashi kerak. Izolyatsiya yoʻl qoʻyilganidan ortiq qizib 
ketmasligi uchun chulg’amlarni ishonchli sovitish tizimi koʻzda tutilishi lozim. 
Chulg’am oʻtkazgichlari mis yoki alyuminiydan qilinadi. Ma’lumki, mis 
kichik elektr qarshilikka ega, kavsharlash onson, mexanik jihatdan mustahkam, bu 
esa transformator chulg’amlarini tayyorlashda misni keng qoʻllashga imkon beradi. 
Alyuminiy arzon, zichligi kichik, ammo solishtirma qarshiligi katta, chulg’amni 
tayyorlashda yangi texnologiya talab etadi.
Hozirgi transformatorlarda chulg’am uchun parallel bog’lam tarzidagi 
alohida oʻtkazgichlar oʻz holatini davriy oʻzgartirib turadigan transpozitsiyalangan 
sim qoʻllaniladi. Bu elementar oʻtkazgichlar qarshiligining bir xil boʻlishini 
ta’minlaydi, mexanik mustahkamligini orttiradi, izolyatsiya qalinligini va magnit 
oʻtkazgich oʻlchamlarini kichraytiradi. 
Transformatorning izolyatsiyasi uning eng muhim qismidir, chunki 
transformatorning ishonchli ishlashi asosan uning izolyatsiyasining ishonchliligiga 
bog’liq. Izolyatsiyaning konstruksiyasi «Yuqori kuchlanish texnikasi» kursida 
batafsil oʻtiladi. 
Moyli transformatorlarda asosiy qismi izolyatsiya boʻlib, qattiq dielektriklar: 
qog’oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.. 
Kuchlanishni rostlash uchun moʻljallangan qayta ulagich qurilmalar va 
transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning 
asosiy qismlari - devorlar, tagi va qopqoqdir. Bak qopqog’idan kirish simlarini, 
chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi elementlarni, termometrlar va 
boshqa detallarni oʻrnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga sovitgich 
qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi. 
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib 
tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog’ini olish, soʻngra 
aktiv qismini bakdan koʻtarish zarur boʻladi. 
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq boʻlsa, bu holda uni 


40 
bakning tubiga oʻrnatiladi, soʻngra bakning qoʻng’iroq shaklli yuqori qismi bilan 
yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi ajraladigan bunday transformatorlarning 
aktiv qismini chiqarish uchun og’ir yuk koʻtaruvchi qurilmalarga hojat yoʻq, 
chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi koʻtarilsa, chulg’am 
va magnit oʻtkazgichlarga bemalol qoʻl yetadi. 
Oqim sochilishidan hosil boʻladigan isrofni kamaytirish uchun poʻlat baklar 
ichki tomonidan elektrotexnik poʻlat paketi yoki magnitsiz materiallardan 
tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi. 
Transformatorning kengaytirgichi bak bilan quvur orqali tutashtirilgan 
silindrik idishdan iborat boʻlib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini 
kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan toʻlatilgan 
boʻlib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining oʻzgarishi kengaytirgichdagi moy 
sathining oʻzgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib 
chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich 
atmosfera bilan toʻg’ridan-toʻg’ri tutashgan boʻlsa, unda havoning nami moyga 
oʻtib, uning izolyatsion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun 
kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog’langan. 
Selikagel soʻrilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin oʻzgarsa, 
selikagelli filtr havoni toʻliq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo 
namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moy namlanishini oldini olish 
uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qoʻllaniladi yoki kengaytirgichdagi 
erkin boʻshliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan toʻldiriladi. 
Moy-havo chegarasida maxsus parda 
- membrana qoʻllash mumkin. 
Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin. 
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-oʻlchash va 
himoya qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va 
termometr kiradi. Moy koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning 
qopqog’iga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz 
relesi kiradi. 
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari 


41 
izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (INQ) va yuqori kuchlanishli germetik 
kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling