Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish. Bunday transformatorlar 
«quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha 


43 
belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali tayyorlanganida C3; germetik 
tayyorlanganida CГ. 
«Quruq» transformator chulg’ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan 
yoʻl qoʻyiladigan oshish chegarasi izolyatsiyaning qizishga chidamliligi sinfiga 
bog’liq va standartlarga muvofiq A sinfi uchun 60
o
C; E sinfi uchun 75
o
C; V sinfi 
uchun 80
o
C; C sinfi uchun 100
o
C; N sinfi uchun 125
o
C dan koʻp boʻlmasligi kerak. 
Sovitishning bu tizimi kam samarali boʻlganligi sababli kuchlanishi 15 kV 
gacha, quvvati 1600 kVA gacha boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi. 
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli 
transformatorlar uchun qoʻllaniladi. Bunday transformatorlarda chulg’am va 
magnit oʻtkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak 
va radiator quvurlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator 
yuklamasi nominal boʻlganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida 
±95
o
S dan oshmasligi kerak. 
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga 
qarab, qovurg’alar, sovitish quvurlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi. 
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyash yoʻli bilan sovitish (Д) quvvati katta 
transformatorlarda qoʻllaniladi. Bu holda radiator quvurlaridan tashkil topgan 
osma sovitgichlarga ventilyator oʻrnatiladi. Ventilyator pastdan havoni soʻradi va 
trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va 
toʻxtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab, 
avtomatik 
amalga 
oshirilishi 
mumkin.
Moyni puflash va moyni 
havo 
sovitgichlar 
orqali 
majburiy sirkulyatsiyalash yoʻli 
bilan sovitish (ДЦ) quvvati 
63000 kVA va undan katta 
boʻlgan transformatorlar uchun 
qoʻllaniladi. 
2.4-rasm. ДЦ tizimi sovitgichning prnsipial sxemasi: 1–
transformator baki; 2-elektr nasosi; 3- adsorb filtr; 4-sovitkich; 5-
puflash ventilyatori. 


44 
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar 
tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari 
moyning sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyatsiyasini hosil qiladi (2.4-
rasm). 
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va 
jadal puflash hisobiga sovitgichlar issiqlikni koʻp uzatadi va ixchamdir. 
Sovitishning bunday tizimiga oʻtish transformatorlarning oʻlchamlarini ancha 
kamaytirish imkoniyatini beradi. 
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning 
baki yonidagi alohida poydevorga oʻrnatilishi mumkin. 
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy-suvli sovitish (Ц) prinsipial 
jihatdan ДЦ tizimiga oʻxshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar 
trubalardan iborat boʻlib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasida esa moy yuradi. 
Transformatorging moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy 
sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2 
N/sm
2
) ga ortiq boʻlishi kerak. Sovitishniig bu tizimi samarali, biroq konstruksiyasi 
jihatidan ancha murakkab boʻlib, gidrostansiya va yopiq xonalarga oʻrnatiladigan 
(100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi. 
ДЦ va Ц sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan 
sirkulyatsiyalash qurilmasi transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik 
ulanishi va transformatorning yuklanishidan qat’i nazar uzluksiz ishlashi kerak. 
Shu bilan birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning 
yuklanishisiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar moyning va sovituvchi 
suvning sirkulyatsiyalanishini toʻxtatish, ventilyatorni toʻxtatish kerakligi haqidagi 
signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak. 
Shuni ham aytib oʻtish kerakki, hozir chulg’amlari juda ham past 
haroratgacha sovitiladigan transformatorlarning yangi konstruksiyalari ishlab 
chiqilmoqda. Metall past haroratda oʻta oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlib, 
chulg’am kesimini keskin kamaytirish imkonini beradi. Oʻta oʻtkazuvchanlik 
prinsipidagi transformatorlar kriogenli transformatorlar quvvati 1000 MVA va 


45 
undan yuqori boʻlishiga qaramay kichik og’irlikka ega. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling