Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
Nazorat savollari 
 
1. Turbogeneratorlar konstruksiyasining oʻziga xos tomonlari. 
2. Gidrogeneratorning konstruksiyasining oʻziga xos tomonlari. 
3. Generatorlarning nominal parametrlari. 
4. Generatorlarni ishlatish protsessida chulg’amlarning izolyatsiyasi eskirishi 
sabablari. 
5. Generatorlarning bilvosita va bevosita sovitish kamchiligi va afzalligi. 


32 
6. Generatorni havo bilan sovitish. 
7. Turbogeneratorlarni vodorod bilan bilvosita sovitish. 
8. Generatorlarni suyuqlik bilan bevosita sovitish. 
9. Qoʻzg’atgichlarning quvvati generator quvvatining qancha foyizini tashkil 
qiladi? 
10. Generatorni qoʻzg’atish tokini rostlash nimaga olib keladi? 
11. Generatorni mustaqil qoʻzg’atish deganda nimani tushunasiz? 
12. Generatorni oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish deganda nimani tushunasiz? 
13. Sinxron generatorni oʻz-oʻzidan qoʻzg’atish tizimining kamchiliklari? 
14. Generatorlarni qoʻzg’atishni avtomatik rostlashning afzalliklari? 
15. «Kompaundlash» terminini tushuntirib bering. 
16. Generatorning maydonini soʻndirish deb nimaga aytiladi? 
17. Generatorning maydonini soʻndirish nima uchun ishlatiladi? 
18. Generatorning magnit maydonini soʻndirish usullarini aytib bering. 
19. Rotor chulg’amining zanjiriga tez ishlovchi avtomatning yoy soʻndiruvchi 
panjarasini ulash usulini aytib bering. 
 


33 
2. Kuch transformatorlari 
2.1. Kuch transformatorlarning turlari va ularning nominal parametrlari 
Elektr stansiya va podstansiyalariga oʻrnatilgan kuch transformatorlari elektr 
energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga aylantirish uchun xizmat qiladi. Uch 
fazali transformatorlar eng koʻp tarqalgan, chunki ularda jami quvvati xuddi 
shuncha boʻlgan uchta bir fazali transformatorlarga qaraganda isroflar 12—15%, 
aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20—25% kam. 
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 
MVA gacha, 330 kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali 
transformatorlarni 
va 
500/110 
kV 
li, 
birlik 
quvvati 
250 
kVA 
li 
avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlar 
quvvatining chegaraviy qiymati ularni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va 
oʻlchamlari bilan cheklanadi. 
Bir fazali transformatorlar, odatda, yetarli quvvatga ega boʻlgan uch fazali 
transformator 
tayyorlash 
mumkin boʻlmagan yoki 
transportirovka 
qilish 
ancha 
qiyin 
boʻlgan 
hollardagina 
qoʻllaniladi. 
Bir fazali transformatorlar 
guruhlarining eng katta 
quvvati 
500 
kV 
kuchlanishda 1600 MVA; 
750 kV kuchlanishda 1250 
MVA ga teng. 
Har 
bir 
fazadagi 
turli 
kuchlashdagi 
chulg’amlar 
soniga 
qarab 
transformatorlar ikki chulg’amli va uch chulg’amliga boʻlinadi (2.1-rasm, a, b). 
Bundan tashqari, aynan bir xil kuchlanishdagi chulg’amlar, odatda, pasaytiruvchi 
chulg’ami bir-biridan va yerga tutashtirilgan qismlardan izolyatsiya qilingan ikki 
2.1-rasm. Transformatorlarning prinspial sxemalari:
а)-ikki chulg
‘amli
; b)-uch chulg

amli;v)-past chulg

amli 
ajratilgan ikki chulg

am. 


34 
va undan ortiq parallel tarmoqlardan tashkil topadi. Bunday transformatorlar 
ajratilgan chulg’amli transformatorlar deb ataladi (2.1-rasm, v). Yuqori, oʻrtacha 
va past kuchlanishli chulg’amlarni qisqacha YuK, OʻK va PK deb belgilash qabul 
qilingan. 
Past kuchlanishli ajratilgan chulg’amli transformatorlar bitta kuchaytiruvchi 
transformatorga bir nechta generatorlarni ulash imkonini beradi, oʻz ehtiyojini 
ta’minlash sxemalarida, shuningdek qisqa tutashuv tokining kattaligini cheklash 
maqsadida, pasaytiruvchi podstansiyalarda ham keng qoʻllaniladi.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv 
kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar 
transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi. 
Transformatorning nominal quvvati deb zavod pasportida koʻrsatilgan toʻla 
quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, oʻrnatish joyi va 
sovitish muhiti nominal boʻlgan sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan 
uzluksiz yuklash mumkin boʻladi. 
Ikki chulg’amli transformatorlarning nominal quvvati uning har bir 
chulg’amining 
quvvatidan 
iborat. 
Uch 
chulg’amli 
transformatorlar 
chulg’amlarining quvvati bir-biriga teng yoki har xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari 
har xil boʻlganda har bir alohida chulg’am ichida eng katta nominal quvvatga ega 
boʻlgan chulg’amning quvvati transformatorning nominal quvvati deb qabul 
qilinadi. 
Chulg’amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida 
birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali 
transformator uchun bu uning liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali 
transformator agar yulduz sxemasida biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga 
moʻljallangan boʻlsa, bu kuchlanish U/
3
ga teng boʻladi. Transformator yuklama 
bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg’ami qisqichlariga nominal kuchlanish 
berilganda 
ikkilamchi 
chulg’amdagi 
kuchlanish 
nominalga 
qaraganda 
transformatorda isrof boʻlgan kuchlanishning kattaligiga teng miqdorga kichik 
boʻladi. Transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti k yuqori va past 


35 
kuchlanish chulg’amlarining nominal kuchlanishlar nisbatidan iborat boʻladi: 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling