Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli kesim


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli kesim 
 
Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli kesim energetika tizimlarining turg’un 
ishlashini ta’minlash yoki himoyalanayotgan qurilmaning termik chidamliligini 
ta’minlash maqsadida shikastlangan qurilmalarni tezlik bilan toʻliq yoki qisman 
oʻchirish lozim boʻlganda qoʻllaniladi. Aralash tutashmalardagi qisqa 
tutashuvlarda tokli kesimning notanlovchan ishlashining oldini olishda avtomatik 
qayta ulash (AQU) yoki zaxirani avtomatik qayta ulash (ZAQU) yordamida 
amalga oshirish mumkin.
AQU qurilmasi (6.15 – rasm) L1 liniyada oʻrnatilgan boʻlib, Q1 uzgichga 
ta’sir etadi. 
Agarda qisqa tutashuv toki L2 liniyada umumiy hududda l
umum
boʻlganda 
(K2 nuqta), tanlovchan tokli kesim TK2 va notanlovchan tokli kesim NTK1 bir 
vaqtning oʻzida ishga tushadi. Natijada ikkala L1 va L2 liniyalar oʻzining 
uzgichlari tomonidan tarmoqdan uziladi. L1 liniya o`chirilgandan soʻng, AQU 
qurilmasi ma’lum bir sabr vaqtni ta’minlab Q1 uzgichni qayta ulashga xabar 
beradi. L1 liniya qaytadan tarmoqqa ulanadi va ikkinchi podstansiya (PS2) manba 


170 
bilan ta’minlanadi. Shikastlangan L2 tarmoq oʻchirilgan holatda qoladi. 
Agarda elektr tarmoqning boshlang’ich holatida qisqa tutashuv umumiy 
hududda (l
umum
) sodir boʻlmasa, lekin TK2 tokli kesimning hududida (l
TK2
) sodir 
boʻlsa (K3 nuqta), ushbu himoyaning ta’siridan faqatgina L2 liniya tezda 
oʻchiriladi. Notanlovchan tokli kesim (NTK1) ishga tushmasligi kerak va L1 liniya 
ish holatida qoladi. 
6.15 – rasm. Notanlovchan tokli kesimli tarmoq sxemasi va AQU 
L1 liniyadagi qisqa tutashuvlarda (K1 nuqta) notanlovchan tokli kesim 
(NTK1) ta’siri ostida L1 linya oʻchiriladi. AQU qurilmasi liniyani tarmoqqa 
qaytadan qoʻshgan vaqtda qisqa tutashuv oʻz turg’unligini saqlab qolgan boʻlsa 
notanlovchan tokli kesim (NTK1) L1 linyani qaytadan oʻchiradi. L1 liniyani 
tarmoqqa qaytadan qoʻshish soni (odatda bir marta) AQU qurilmasi orqali 
cheklanadi. 
Notanlovchan tokli kesimning ishlash toki uch fazali qisqa tutashuv sodir 
boʻlganda, kuchlanishning pasayishi energetika tizimlarining turg’un ishlashlarini 
buzilishigacha olib keladigan zonalarda ishonchli ishlash sharti asosida tanlanadi: 
min
.
1
0
min
3
(1 k ) z
f
ish ntk
z
t
U
I
k

  


(6.12) 


171 
bu yerda 
min
f
U
- energetika tizimining minimal ish holatidagi fazalararo 
kuchlanish, buni nominalning 0,9 0,95

ga teng deb olish mumkin; 
min
z
t
- energetika tizimning minimal ish holatidagi notanlovchan tokli kesim 
oʻrnatilgan joygacha boʻlgan toʻla qarshilik.; 
z
k
- zaxira koeffitsiyenti, 
1,1 1,2
z
k



0
k
- uch fazali qisqa tutashuvda kuchlanishning ruxsat etilgan pasayishini 
hisobga oluvchi koeffitsiyent; sinxron generatorlarning dinamik turg’unligini 
ta’minlash maqsadida taqribiy hisoblashlarda 
0
k
1,5

, sinxron motorlar uchun 
0
k
1,0


Bundan tashqari L2 liniyaning umumiy hududidagi qisqa tutashuvlarda TK2 
tokli kesimning ishlash vaqti notanlovchan tokli kesimning (NTK1) ishlash 
vaqtidan katta boʻlmasligi kerak. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling