Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim. Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim
6.3. Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim. Sabr vaqtsiz notanlovchan tokli
kesim Elektr energetika tizimlarining bosh qismlarining himoyalariga tezkorlik boʻyicha juda katta ahamiyat beriladi. Ushbu holat parallel ishlayotgan sinxron generatorlar hamda energetika tizimini turg’un ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bosh liniyalardagi oʻtkazgichlardan kesim yuzasining kattaligi hisobiga, liniyaning boshi va oxiridagi qisqa tutashuv toklari kam miqdorda farqlanganligi sababli tokli kesimlarni qoʻllash doimo samarali boʻlmaydi. Natijada tokli kesimning ma’qul boʻlgan ish zonasi va tanlovchanligini ta’minlash 167 imkoni boʻlmaydi. Bundan hollarda notanlovchan tokli kesimni qoʻllash mumkin. Notanlovchan tokli kesim – bu maksimal turdagi tokli himoya boʻlib, nafaqat oʻzining ta’sir zonasidagi shikastlanishlarga, balki ta’sir zonasidan tashqarida boʻladigan shikastlanishlarda ham ishga tushadi. Notanlovchan tokli kesimning tanlovchanligiga sabr vaqt yoki boshqa qoʻshimcha texnik vositalarni qoʻllash evaziga erishiladi. Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim Tokli kesimning nazorat ostidagi hududini oshirish maqsadida qoʻshni liniyalardagi qisqa tutashuvlarda ishga tushishiga yoʻl qoʻyish mumkin (6.13 – rasm). Ushbu holatda notanlovchan tokli kesimning tanlovchanligiga ishlash zonasini cheklash orqali erishish mumkin. Ishlash zonasini cheklash, keyingi liniyaning tezkor himoyasining ishlash chegarasigacha ishlashi hamda uncha katta boʻlmagan sabr vaqt orqali erishiladi. 6.13 – rasm. Notanlovchan tokli kesimli tarmoq sxemasi va qisqa tutashuv toklarining diagrammasi 168 Koʻrinib turganidek, L1 liniyada tezkor sabr vaqtsiz tokli kesimni (TK1) oʻrnatish samarali emas, chunki uning ishlash zonasi juda ham cheklangan (kichik ishlash zonasi l tk1 ). Ushbu holatda L1 liniyaning himoyasi uchun notanlovchvn tokli kesimni (NTK) qoʻllash maqsadga muvofiq, bunda notanlovchan tokli kesimni tok hamda vaqt boʻyicha L2 liniyaning tokli kesimidan (TK2) rostlash lozim: . 1 . 2 . 1 . 2 . 1 . 2 yoki ; t ish ntk ish tk ish ntk z ish tk ish ntk ish tk I I I k I t t , (6.11) bu yerda . 2 ish tk I - L2 liniyadagi TK2 tokli kesimning ishlash toki; z k - noselektiv tokli kesimning zaxira koeffitsiyenti; . 2 ish tk t - TK2 tokli kesimning ishlash vaqti, . 2 t 0,1 s ish tk ; t - tanlovchanlik pog’onasi, 0,4 0,6 s t . Notanlovchan tokli kesimning sabr vaqti odatda 0,3 0,8 sekund oralig’ida boʻladi. Ushbu vaqt oralig’ida qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisi toʻliq soʻnadi, shuning uchun relening turidan qat’i nazar zaxira koeffitsiyenti 1,1 1,2 oralig’ida olinadi. Shuningdek ushbu sabab tufayli (sabr vaqt) kuch transformatorlarining magnitlovchi tokning sakrashidan sozlashga zaruriyat tug’ilmaydi. Oʻrnatmalarni bunday tanlashda L2 liniya umumiy ishlash zonasi l umum paydo boʻladi. Ushbu zonadan tashqarisida lekin l tk2 zonaning ichidagi qisqa tutashuvlarda (K2 nuqta), faqatgina TK2 tokli kesim ishga tushib shikastlangan L2 liniyani oʻchiradi. Umumiy zonadagi (l umum ) qisqa tutashuvlarda (K1 nuqta) ikkala tokli kesim ishga tushadi: tanlovchan tokli kesim TK2 va notanlovchan tokli kesim TNK ishga tushadi, lekin liniyaning oʻzini tokli kesimi TK2 tezroq ishlashdi (sabr vaqtsiz) va faqat shikastlangan liniya L2 oʻchiriladi. Notanlovchan tokli kesim ishga tushishga ulgurmasdan boshlang’ich holatga qaytadi. L1 liniyadagi qisqa tutashuvlarda notanlovchan tokli kesim NTK1 ishga tushadi. 169 6.14 – rasm. Ikki fazali va ikki releli sabr vaqtli tokli kesim Notanlovchan tokli kesimga kerak boʻladigan sabr vaqtni KT1 vaqt relesi orqali hosil qilinadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling