Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Seysmotektonika. Geologiyaning bu bo‘limi zilzilalarning vujudga
kelish tarixiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganadi, tahlil etadi, kerakli ilmiy va amaliy xulosalar chiqaradi. Bu bo‘limning asosiy tadqiqot obyekti bo‘lib mezozoy va kaynozoy geosinklinal oblastlarida 1 vujudga kelgan alp geosinklinallari, epigeosinklinallar 2 , epipatforma 3 va materiklar, 1 Geosinklinal oblastlari — bu Yer tarixiy taraqqiyotining ma’lum davrlarida, uning ma’lum qismlarining cho‘kishi va pasayishi oqibatida vujudga kelgan juda katta qalinlikdagi (10—20 km) cho‘kindi tog‘ jins qatlamlari yig‘ilgan yirik botiq sath. Bu sath, yer osti harakatlari natijasida jiddiy bukilmalarni vujudga kelishi, qayta-qayta cho‘kishi va ko‘ta- rilishi, magmatik harakatlarining turli-tumanligi bilan ajralib turuvchi dengiz ichida yoki materikda paydo bo‘lgan yer qobig‘ining asosiy geotektonik elementlaridan biri bo‘lib, nihoyatda murakkab geokimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘luvchi minerallar, konlarning ham manbayi bo‘lib hisoblanadi. Arxangelskiy fikricha hozirgi zamon geo- sinklinal oblastlariga Kuril, Yaponiya, Aleut orollari, Kamchatka yarim oroli, Koreya cho‘ziq tog‘i, Tinch okeanining Osiyo chegaralariga yopishgan qismi, O‘rta Osiyoning tog‘li hududlari kiradi. 2 Epigeosinklinal oblastlari — bu yer tarixiy taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan geosinklinal oblastlari o‘rnida paydo bo‘lgan hududlar hisoblanadi. Bu hududlar ko‘tarilish oblasti — antiklinal va ular oralig‘ida ikkilamchi bukilmalar — sinklinallardan tashkil topgan bo‘ladi. 3 Epiplatforma oblastlari — bu o‘ziga xos mustaqil rivojlanishga, geologik tuzilishga, nisbatan chuqur tektonik yoriqlarga ega, ko‘tarilish va cho‘kish jarayonlarning tezligi har xil bo‘lgan yer tarixiy taraqqiyotining mezozoy-paleogen davrlari tekisliklari zami- nida vujudga kelgan oligosen to‘rtlamchi davr tog‘ va tog‘ oralig‘i hududlaridir. 1 3 okeanlardagi riftlar 1 hamda shu vaqtlarda tektonik harakatlar nihoyatda tezlik bilan yuz berayotgan hududlar hisoblanadi. Seysmotektonika yo‘nalishi respublikamizda 1960-yillardan, ayniqsa, 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin yuqori darajada rivojlandi. Geologiya yo‘nalishidagi fanlarga «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlari ham kiradi. Ushbu darslik ana shu fanlarning maq- sadi va vazifalariga, ularning o‘rganish obyektlariga, uslub va usullariga bag‘ishlanganligi tufayli, bu fanlar to‘g‘risida darslikning keyingi bob- larida mukammal to‘xtalinadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling