Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geokimyo fani.
Geofizika fani. Geofizika fani Yerning fizik xususiyatlarini, ya’ni
yerning ustki qismida va qobig‘ida yuz beradigan hodisalarning, fizik xususiyatlarini o‘rganadi. Ma’lumki, yer yuzasidan pastga qarab tog‘ jinslari, ularning qalinliklari, yotish holatlari, litologik tuzilishi, tarkibi, zichligi, qattiqligi va qator xossalari o‘zgarib boradi. Bu o‘zgarish o‘z navbatida yerning u yoki bu hududida turlicha bo‘ladi. Shuning uchun joyning geologik tuzilishini ikkinchi joyga nisbatan qanchalik o‘zgarishini yoki qanchalik farq qilishini asosan burg‘u quduqlari qazish yordamida olib borilar edi. Bu usul bilan katta-katta hududlarda geologik tekshi- rish ishlari nihoyatda qimmatga tushar edi. Hozirgi vaqtda burg‘u quduqlari faqat nihoyatda zarur uchastkalar uchungina qaziladi. Bosh- qa hududlarda tog‘ jinslarining o‘zidan elektr tokini o‘tkazish yoki qar- shilikning o‘zgarishi, to‘lqinlarning tarqalish, magnit radioaktivlik xu- susiyatlarini hisobga olgan holatda geofizik usullar qo‘llanilmoqda. Bular: elektrometriya, seysmometriya usullaridir. Hozirgi geofizik usullar gidrotexnik va boshqa inshootlar quriladi- gan joylarning geologik tuzilishini, tektonik, gidrogeologik, injener- geologik sharoitini, ya’ni yer osti suvlarining ularning oqish yo‘nalishini, kimyoviy tarkibini, tog‘ jinslarining g‘ovakligini, zichligi, qattiqligini tez va arzon yo‘l bilan aniqlashga imkon bermoqda. Bu yerda shuni ham aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi seysmologiya institutida olib borilgan geofizik tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, zilzila yuz berishidan avval ana shu yer qimirlash hodisasi yuz beradigan hududda yerning mahalliy magnit may- doni o‘zgarishi kuzatildi. Hozir bu hodisaning zilzila bilan qanchalik bog‘liqligini tekshirish ustida ish olib borilmoqda. Geokimyo fani. Geokimyo fani yer yuzasi, uning qobig‘idagi kimyoviy elementlarni, ularning paydo bo‘lish jarayonlarini, yer qatlamlari bo‘ylab joylashish, to‘planish, tarqalish qonuniyatlarini o‘rganadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling