Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
Kristallografiya fani. Tabiatdagi mavjud hamma minerallar asosan
uch ko‘rinishda: gaz (metan), suyuq (toza simob) va qattiq (kvars, topaz, korunda va h.k.) ko‘rinishda uchraydi. Hamma minerallarning 98 protsentga yaqini kristallangan holda uchraydi. Shu bilan birga ba’zi minerallar ham borki (opal, yantar va boshqalar), ular kristallanmagan bo‘ladi. Kristall deb ma’lum shaklga ega bo‘lgan ko‘p qirrali jismga aytiladi. Tabiatda kristallar eritma qotishmalarning sovishi, qattiq moddalarning qayta kristallanishidan, gaz va bug‘larning ma’lum sharoitda bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi jarayonida hosil bo‘ladi. Kristallarni tashkil qilib turgan atom va molekulalar bir-birlari bilan qonuniy ravishda joylashgan bo‘ladi va ana shu joylashish natijasida ma’lum ko‘rinishga ega bo‘lgan kataklarni vujudga keltiradi. Atom yoki molekula turgan nuqta katak- larni birlashtirib turuvchi tugunlarga o‘xshaydi. Tugunlardagi zarrachalar xarakteriga qarab kristall kataklari uch holatda bo‘lishi mumkin. Birin- chi holatda panjara tugunlarida faqat atomgina joylashgan bo‘ladi. Ikkinchi holatda kristall kataklarning panjara tugunlarida faqat ionlar joylashgan bo‘ladi, uchinchi holatda, panjara tugunlarida molekula joylashgan bo‘ladi. Ana shu kristall kataklarining tuzilishi va katak tugunlaridagi zarrachalarning bir-biriga yaqin yoki uzoq joylashishi u yoki bu kristallning fizik, mexanik, optik xususiyatlariga ta’sir qiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda, tugunlardagi zarrachalar bir-birlariga qanchalik yaqin, zich joylashgan bo‘lsa, u kristall shuncha qattiq hamda yuqori hajm og‘irlikka ega bo‘ladi. Yoki tugunlardagi zarrachalar bir- biridan qanchalik uzoq bo‘lsa, u kristall shuncha yumshoq va kichik hajm og‘irlikka ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash kristall panjaralari tugun- larining gorizontal va vertikal tomonga bo‘lgan masofalarning ham har xil bo‘lishi kristallarning xossa va xususiyatlarining ham har xil bo‘li- shiga sababchi bo‘ladi. Tabiatda to‘g‘ri geometrik shakldagi kristallar juda kam uchraydi. Ko‘pincha noto‘g‘ri geometrik shaklda bo‘ladi yoki boshqacha qilib aytganda, bir qirrasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi-yu, boshqa qirrasi yaxshi rivojlanmagan, to‘mtoq bo‘ladi, ammo bunday kristallarning tashqi ko‘rinishi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmasa ham, ularning ichki tuzilishi atom, ion, molekulalarning o‘zaro joylashishi ma’lum qonuni- yatga bo‘ysungan holda bir-birlari bilan ma’lum uzoqlikda joylashgan va shu kristallga xos umumiy xossa va xususiyatlarni o‘zida saqlagan bo‘ladi. Umumiy qilib shuni aytish kerakki, kristallografiya fani yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kristallarni, ularning paydo bo‘lishi, tashqi shakli va ichki tuzilishini, ya’ni atom, ion, molekulalarning joylashish qonuniyat- larini o‘rganadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling